#Qiziqarli_faktlar
🔹Birinchi kompyuter sichqonchasining yaratilish tarixi
➖1968-yil 9- dekabrda ixtirochi Duglas Engelbart jahonda birinchi bo‘lib kompyuter sichqonchasini ixtiro qildi.
🗒U shu oyning o‘zida San Fransiskoda “Hisoblash texnikasi” konferensiyasida dunyoda birinchi bo‘lib, kompyuter sichqonchasini qanday ishlashini namoyish etdi va bu “texnologiya asri” ni yana bir yuqori pog‘onaga olib chiqdi.
👉 Batafsil
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yilligi munosabati bilan yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi
27-28-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur anjuman “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi: qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot” mavzusiga bag‘ishlanadi.
Konferensiya ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan va shu yo‘nalishga qiziqish bildirgan barcha darajadagi tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarni birlashtirish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha turli nuqtai nazarlarni o‘rganishga qaratilgan.
Batafsil ma’lumot va qaysi soha/mavzularda maqolalar qabul qilinishi hamda ularga qo‘yiladigan talablar haqida ushbu havolada tanishishingiz mumkin:
👉https://jdpu.uz/talimni-rivojlantirish-strategiyasi-qadriyatlarga-asoslangan-taraqqiyot/
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤7🔥1
Talabalar V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining chempioniga aylanishdi!
Joriy yilning 8-14-sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda 85 davlatdan 2 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Quvonarlisi, mazkur Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining belbog‘li kurash musobaqalarida oliy ta’lim muassasasi talabalari munosib ishtirok etib, faxirli o‘rinlarni egallashdi hamda jonajon Vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishdi.
👇Chempionlarimiz bilan tanishing:
🥇 oltin medal – Farangiz Abdunabiyeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
🥇 oltin medal – Mirodil Mirodullayev, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi;
🥇 oltin medal – Otabek Hasanov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi.
Chempionlarimizning kelgusidagi faoliyatiga omad va yanada ulkan muvaffaqqiyatlar tilaymiz! Ularning zafarli yurishlari davomiy bo‘lsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤4🔥1
“Bir yo‘l, bir makon” tashabbusi doirasida o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Xitoy va O‘zbekiston hamkorligi o‘rnatilmoqda
Joriy yilning 11-13-sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekiston va Xitoyning professional ta’lim bo‘yicha hamkorligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro tadbirlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi a’zolari bevosita, shuningdek, vazirlik Professional ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i va xodimlari hamda 15 ta professional ta’lim muassasasi direktorlari onlayn qatnashdi.
Uchrashuvlar davomida Xitoy kollejlari rahbarlari va xitoylik ishlab chiqarish korxonalari vakillari tomonidan O‘zbekiston professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirildi.
Kelajakda axborot-texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, qurilish va shaharsozlik, yashil energiya, elektron tijorat, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21596
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤2🔥2👏1
#talabaga_qulaylik
#TTJ_ochilishi
14-sentyabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida davlat xususiy-sheriklik asosida yangi barpo etilgan 600 o‘rinli talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, viloyat hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, institut jamoasi va faxriylar ishtirok etdi.
Binoda yoshlarga qulaylik yaratish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Registrator ofisi” bo‘limi, “Galereya”, “Psixolog”, “Yoshlar yetakchisi”, “Koordinatorlar”, “Maʼnaviyat xonasi”, “Oshxona”, “Kir yuvish xonasi”, “Besh tashabbus”, “Til markazi” xonalari tashkil qilingan.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21600
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#TTJ_ochilishi
Yana bir oliygohda DXSH asosida qurilgan yangi yotoqxona foydalanishga topshirildi

👍24🔥15❤3