Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#topshiriq_ijrosi #muhandislik_maktabi

Olmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ularning sanoat hamkorlari 18-, 19-, 21- va 22-oktyabr kunlari Olmaliq Muhandislik maktabiga tashrif buyurmoqdalar. Ushbu tashrif davlat rahbarining muhandislik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘iga asosan amalga oshirilmoqda va sanoat bilan ta’lim o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyatidan vakillar ushbu tanishuv tashrifida ishtirok etadi. Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining sanoatdagi hamkori bilan birga Muhandislik maktabning o‘quv va amaliyot jarayonlari, laboratoriyalari, texnoparklari va boshqa texnik bazalari bilan tanishdi. Tashrifning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida sanoat bilan yaqin aloqada bo‘lish, talabalarga amaliy bilimlarni chuqurroq singdirish, va sanoat talablariga mos muhandislarni yetishtirishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishdir.

Shundan so‘ng, delegatsiya vakillari 3-mis boyitish fabrikasiga yo‘l oldi. Fabrika mis rudalarini boyitish jarayonlari bilan tanishtirildi, unda konlardan olib kelingan ruda yuqori texnologiyalar yordamida qayta ishlanadi. Mehmonlar boyitish jarayonining har bir bosqichi, ishlab chiqarish quvvati va sanoatga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlardan xabardor bo‘ldilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24751

👉Fotojamlanma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍24🔥3❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

Saylov – bu kelajagingizni belgilaydigan imkoniyat!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥2
#Konferensiya

“Turkistondan Onado‘ligacha bo‘lgan turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi

16-17-oktabr kunlari O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Turkiyaning Nejmettin Erbakan universiteti bilan hamkorlikda o’tkazilgan ushbu xalqaro anjumanda Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniya, Turkiya davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Institut rektori Shahzoda Negmatova barcha ishtirokchilarni tabriklab, konferensiya ishiga omad tiladi.

Batafsil: https://uzfi.uz/uz/news/content/336/

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9👏3🔥2😱1