Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_forum

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston-2030 strategiyasi” forumi bo‘lib oʻtmoqda

2024-yil 17-18-oktyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida keltirilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalari hamda ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratish hamda ilmiy asoslangan natijalarni keng jamoatchilikka yoyish maqsadida “III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi tashkil etildi.

Forumni oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Shohrux Daliyev ochib berdi.

Xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalari hamda ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratishga qaratilgan mazkur Forumda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlari, xususan, Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Xitoy, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Chexiya, Avstriya, Gretsiya va Hindiston kabi davlatlardan kelgan 20 dan ortiq xalqaro toifadagi ekspertlar, tadqiqotchilar, shuningdek, yurtimizning iqtisodchi olimlari, professor-o‘qituvchilari o‘larining ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Forum davomida bir qator tadbirlar, xususan, 4 ta ilmiy-amaliy konferensiya va talabalar festivali o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning dekabr oyida forum doirasidagi 2 ta konferensiya Marokash shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍15🔥1👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ 🟦🟦🟦 ⚖👨‍💻👩‍💻💬

“Saylovlar demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va yangilangan konstitutsiyani amalda tatbiq etishning yangi bosqichi sifatida” mavzusida konferensiya o‘tkazildi


👉 Batafsil va FOTOlar...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11😁3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Edfix grantlari” minimarafoni


❤️❤️❤️❤️❤️ - 20 ga yaqin zamonaviy kasblarni o’z ichiga olgan onlayn bilimlar makoni.


210 million so‘mlik “Edfix grantlari” oyligi minimarafoni WikiStipendiya va Edfix.uz bilan hamkorlikda — zamonaviy kasblarni o‘rganishga qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan loyiha.

G‘oliblarga zamonaviy kasblar bo‘yicha 6 oylik bepul o‘quv kurslari uchun “Edfix grantlari” maxsus g‘oliblik sertifikati beriladi.

Marafon shartlari:
— Har bir ishtirokchi o‘zbekcha Vikipediyada kamida 200 so‘zdan iborat sifatli maqola yozishi kerak;
— Maqola kamida 2 ta nufuzli manbaga asoslangan bo‘lishi lozim;
— Boshqa tildagi Vikipediyalarda mavjud, ammo o‘zbekcha Vikipediyada yo‘q maqolalarni ham yaratish mumkin;
— Individual tarzda ishtirok etiladi.


Marafon 16-oktabrdan 16-noyabrgacha davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @EdWiki_bot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤1🔥1👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi hamda g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev ishtirok etib, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlash, xalqaro miqyosdagi mavqesini oshirish, tilimiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Shundan so‘ng final bosqichining “Erkin mavzuda badiiy chiqish” sharti bo‘yisha ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi she’r va qo‘shiqlar tinglandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

🥇1-o‘rin: Rinka Yagane (Yaponiya) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Emodi Nesar Ahmad (Afg‘oniston) Termiz davlat universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Vang Chao Yuan (Xitoy) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi.

Ta’kidlash joizki, xorijlik talabalarning tilimiz jilosini madh etuvchi chiqishlari davlat tilimizga hurmatning o‘ziga xos ifodasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari mos ravishda diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40, 30 va 20 barobari miqdorida pul mukofotlari, faol ishtirokchilar esa sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


➡️Jarayondan fotolavhalar
📺YouTube orqali ko‘rish

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🎉4❤2🔥2👏1
#xalqaro_hamkorlik

Oliygohlar huzuridagi “Karyera markazlari” faoliyatini takomillashtirishda Turkiya bilan hamkorlik qilinadi

18-oktabr kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi prezidenti Selim Atay va Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot davomida ikki mamlakat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan oliy ta’lim, fan va innovatsion texnologiyalar sohasida hamkorlik istiqbollari, muhandis kadrlar tayyorlash borasida ishlarni yangi bosqichga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24720

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31👏3❤2🔥2