Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Vazir_Xorazmda #xizmat_safari

Xorazm viloyatining har bir tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda OTFIV Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazishdi.

Yig‘ilish Xorazm viloyatining har bir tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27738

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤3🔥3😱1
#Madaniy_meros #Berlin_tadbir

O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Berlindagi elchixonada madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi


15-noyabr kuni Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan “O‘zbekistonning bebaho merosi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Elchixona bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir 2025-yili Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi, iqtidorli talabalari, O‘zbekiston elchixonasi vakillari, Germaniyadagi o‘zbekistonliklar va tahsil oluvchi o‘zbek yoshlari, nemis ekspertlari, nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbirni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida hamkorlik, ta’lim sohasidagi aloqalar, shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosi haqida to‘xtalib o‘tdi.


Batafsil 👉 https://nuu.uz/ozmu-berlin-elchixonada-madaniy-tadbir/

👉 На русском
👉 In English

Bizni
kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤6🔥1
🖐 Joriy yilning 16-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetining sport maydonida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida poytaxtimizdan saralanib chiqqan 61 ta oliy ta’lim muassasalarining jamoalari o‘rtasida “Stritbol” sport turi bo‘yicha Toshkent shahar final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Natijalarga ko’ra o'g'il bollar jamoalari o'rtasida:

🥇o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🥈o‘rin: Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti;
🥉o‘rin: M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali.

Qizlar jamoasi o'rtasida:

🥇o‘rin: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🥈o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🥉o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi.

🔸G‘olib bo‘lganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍22❤10🔥5👏2🎉1