#Kasbiy_taʼlim #malaka_oshirish #worldskills
Worldskills musobaqalariga tayyorlanish maqsadida 6 ta kasb bo‘yicha 84 nafar pedagogning malakasi oshirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “Worldskills Uzbekistan” ishchi kasblar assotsiatsiyasi hamkorligida koreyalik xalqaro ekspertlar tomonidan respublikamizdagi kasbiy ko‘nikmalar markazlari va kasbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Buxoro va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan treninglarda jami 84 nafar pedagog ishtirok etib, ular bilan 6 nafar koreyalik xalqaro ekspert o‘z kasb mahoratlari bo‘yicha tajriba almashishdi.
O‘zbekistonda yoshlarni kasbiy tayyorgarligini yangi darajaga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va uni rivojlantirishga qaratilgan mazkur treningda xalqaro ekspertlar 4 kun davomida Raqamli tokar, Raqamli frezerlash, Raqamli muhandislik, Zargarlik, Novvoy hamda Quruq qurilish va suvoq ishlari kasblari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.
Treninglar yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍12❤4🔥2
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi #laboratoriya
Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Tomat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi
Ushbu zamonaviy laboratoriya joriy yilning 20-iyun kuni davlat rahbari boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda belgilangan vazifalardan biri sifatida tashkil etilib, muhandislik yo‘nalishidagi ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi maqsad qilingan.
Laboratoriyada “Kimyo-muhandisligi”, “Oziq-ovqat texnologiyasi” va “Biotexnologiya” yo‘nalishlaridagi 150 dan ortiq amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. Bu yerda talabalar tomat mahsulotlarini, shuningdek, jem, murabbo va tomat pastasini qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari bilan tanishish va nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Mas’ullarga ko‘ra, ushbu laboratoriya negizida spin-off shaklidagi korxona tashkil etish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ishlari boshlangan.

👏23👍8🔥2❤1
#xalqaro_anjuman #vazir
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligi munosabati bilan “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer, YUNESKO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakili Regina Maria Kastillo ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar inson kapitalini rivojlantirish hamda ta’lim taraqqiyotning asosi va ta’lim tizimining yuragi o‘qituvchilar ekanligiga katta urg‘u berishdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27720

👍21❤4🔥1
#xalqaro_anjuman #ilmfan
O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasida yangi ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi
16-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston-Xitoy: madaniy-tarixiy, ilmiy-iqtisodiy aloqalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, XXRning O‘zbekistondagi elchixonasining fan va ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chji Chjulin va boshqa rasmiy vakillar ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasida yangi ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari, shuningdek, universitetlararo hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi, ushbu yo‘nalishlarda faoliyatni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27719

👍14🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayrog’im_faxrim
Yurt bayrog’i — milliy g’urur, tinchlik, hamjihatlik timsoli
18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Marafon Navoiy davlat universiteti hamda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda talabalar, professor o‘qituvchilar, ichki ishlar xodimlari, harbiylar hamda vatanparvar yurtdoshlarimiz hamrohligida shahar bo‘ylab bayroq bilan yurish marafoni barchaga ko‘taringilik bag’ishlab, dillarda shukronalik, milliy g’urur, faxr va iftixor tuyg’ularini mujassam etdi.

👍18❤4🎉4🔥3