Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#ChDPU_nashr

Chirchiq davlat pedagogika universiteti muassisligida “Ta’lim ziyosi” gazetasining birinchi soni chop etildi


Nashrning ilk sonidan rektor Gofurjon Muhamedovning universitet jamoasiga yoʻllagan tabrigi joy olgan. Shuningdek, maqolada universitet strategiyasi orqali talabalarga yaratilgan imkoniyat haqida soʻz boradi.

“Ta’lim ziyosi” faqat universitet hayotini yoritibgina qolmay, jiddiy mavzulardagi esse, maqola va nuqtayi nazarlarni chop etadigan, talabalar qadriyatlari, madaniyat va ilm-fanni targʻib qiladigan, oliygoh jamoasining faol ijodiy faoliyatini koʻrsatib beradigan nashr hamdir.

👉Gazetani elektron shaklda oʻqish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤5👏2🔥1🎉1
#Mirziyoyev #videoselektor #investitsiya #eksport

Investitsiya va eksport bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤5🔥1
#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish

24 nafar professor-o‘qituvchiga Finlandiya ta’lim tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma malaka oshirish kursi sertifikatlari topshirildi

16-yanvar kuni sertifikatlarni topshirish tadbirida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov, Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33150

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍48🔥3❤2🤔2😁1
4️⃣4️⃣4️⃣

📣 “Kreativ Inkubator 2025” uchun logotip va mahsulot dizayni yaratish bo‘yicha tanlov

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, IT Park O‘zbekiston hamda Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti tomonidan “Kreativ inkubator” dasturi uchun logotip va mahsulot dizayni yaratish bo‘yicha kraudsorsing tanlovi e’lon qilindi.

☝️Talabgorlar:
Dasturning innovatsion va kreativ ruhini ifodalovchi unikal va ta’sirchan logotip va mahsulot dizaynini yaratishlari lozim. Bunda iste’dod va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastur maqsad-mohiyatini ifodalovchi dizaynlarga ustuvorlik beriladi.

Tanlovda kimlar ishtirok etadi?
➡️17 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan barcha talabgorlar.

Qanday ishtirok etish mumkin?
🔹Yangi ishga tushirilgan Crowdsoucing Platform — www.crowd.uz saytiga tashrif buyuring;
🔸 Logotip va mahsulot dizayni uchun tanlovni toping va qo‘shiling;
🔹 Kraudsorsing platformasi orqali dizayningizni yuboring;
🔸 Dizayn konsepsiyangizning qisqacha tavsifini kiriting.

⏳Tanlov uchun yaratilgan dizaynni taqdim etishning oxirgi muddati: 2025-yil 24-yanvar.

🔗Batafsil bu yerda: https://uz.crowd.uz/logo-design

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📱+998903715999
📧 yu.paramonova@wiut.uz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🤩1
4️⃣4️⃣4️⃣

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabi
– arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
🔵 tinglab tushunish
🔵 o‘qish
🔵 gapirish
🔵 so‘z boyligi va grammatika
🔵 yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 10-fevralga qadar ro‘yxatga olinadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service

📍 Imtihon 12-fevral kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi.

📞 Murojaat uchun: 95 515-68-68

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥1😁1
#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish

Ingliz tili fani o‘qituvchilari AQSHga malaka oshirish uchun yuboriladi 

Xalqaro miqyosda zamonaviy metodikalar va samarali yondashuvlarni qo‘llagan holda xorijiy til o‘qituvchilari tajribasini oshirish maqsadida 2024-yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining AQShga xizmat safari davomida Atens shahrida joylashgan “GATESOL” tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi imzolangan edi. 

Ushbu hamkorlik shartnomasi doirasida Termiz davlat pedagogika institutining 10 nafar xorijiy til o‘qituvchisi AQSHning Vestklif universiteti (Westcliff University)da malaka oshirish kursiga o‘qishga yuborish uchun saralandi. 

Bugun, 17-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev xorijga yuboriladigan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, ularga malaka oshirish kursida o‘qish yo‘llanmasini topshirdi. Tadbirda institut rektori Azizbek Hasanov va hamkor tashkilot mas’ullari ishtirok etdi. 

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33285

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤7🔥6👏1