Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#ilm_fan #anjumanlar_taqvimi

⏱2025-yilda jami 1 265 ta xalqaro va respublika miqyosida ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar o‘tkaziladi

Shu jumladan, 665 ta xalqaro va 600 ta respublika miqyosida bo‘lib, tadbirlar 252 ta tashkilot tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✅ Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar ro‘yxati

✅ Respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar ro‘yxati

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🎉1
#xizmat_safari #vazir #muhandislik

Jizzaxda muhandis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi qay holatda?

15-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Jizzax politexnika institutida bo‘lib, institut registrator ofisi va yangidan tashkil etilayotgan Muhandislik maktabi bilan yaqindan tanishdi.

Mas’ullar tomonidan berilgan axborotga ko‘ra, institutda “Yashil energetika muhandisligi” hamda “Mexatronika va robototexnika” oliy muhandislik maktablari tashkil etilmoqda. Muhandislik maktablarining umumiy qiymati taxminan 8 mlrd so‘mni, binosining umumiy maydoni 2 000 m.kv. ni tashkil etadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32992

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤6👏3😁2🔥1
#xizmat_safari

15-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy xizmat safari davomida uchta qurilish obyektini ko‘zdan kechirdi va sayyor qabul o‘tkazdi.

✅Dastavval, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialidagi 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32989

✅Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida davlat-xususiy sheriklik asosida qad rostlayotgan 400 o‘rinli yotoqxona qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32990

✅Bundan tashqari, Qoraqalpoq davlat universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32993

✅So‘ng, Qoraqalpoq davlat universitetining talaba-yoshlari, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilarning murojaatlari tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32988

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤4🔥1
4️⃣4️⃣4️⃣

☄️Kreativ inkubator dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda!

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, IT Park O‘zbekiston hamda Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti hamkorlikda “Kreativ inkubator” dasturi uchun ochiq tanlov e’lon qildi. Tanlovdan o‘tgan dastur ishtirokchilariga kreativ sanoat tarmoqlari sohasida o‘z loyihasini ishga tushirish, boshqarish va muvaffaqiyatga erishishlarida koʻmaklashiladi.

▪️Dastur davomida ishtirokchilar:
➡️yakkama-yakka murabbiylik maxsus darslari;
➡️dastlabki moliyalashtirish mablag‘ini yutib olish va o‘z fikrlaringizni soha yetakchilariga taqdim etish imkoniyati;
➡️sarmoyador, ustoz va yetakchi soha mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlar bilan muloqot;
➡️amaliy, malaka oshirish mashg‘ulotlari hamda haqiqiy sanoat korxonalariga tashriflar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

📝 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
✔️18–35 yoshdagi g‘oyalar va boshlang‘ich bosqichdagi loyiha egasi bo‘lgan ijodkorlar;
✔️san’at, dizayn, texnologiya, biznes va hokazo soha talabalari, bitiruvchilari va mutaxassislari;
✔️ilg‘or peshqadamlik qilish va kamol topishga tayyor ishtiyoqmand shaxslar.

🗓Dasturning boshlanish sanasi: 2025-yil 6-fevral

📍Joylashuv: InnoWIUT, Toshkent, Istiqbol ko‘chasi, 12-uy

⏳ Ariza topshirish muddati: 2025-yil 31-yanvar. (joylar soni cheklangan – 25 ta)
🔗 Arizalar ushbu havola orqali yuboriladi:
👉 https://forms.gle/DrEuhG1rGPYA6DkT8

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inklyuziv_taʼlim #munosabat

Istardimki men kabi yoshlar davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishsin.


Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi Mahmud G‘ofurjonov ta’lim olishlari uchun institutda yaratilgan zarur sharoitlar haqida so‘zlab berdi.

Ma’lumot uchun, institutda 97 nafar nogironligi bor talabalar tahsil olmoqda. Oliygohda to‘siqsiz ta’lim olish uchun qulay infratuzilma shakllantirilgan bo‘lib, binolar kirish qismida maxsus panduslar va ko‘zi ojizlar uchun Axborot resurs markazida 13 nomda 92 nusxada Brayl yozuvidagi adabiyotlar mavjud.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥1👏1