Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #vazir #ishchi_guruh

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasining loyihalari ko‘rib chiqildi

Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘istondagi oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, ishchi guruh rahbari Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida oliy ta’lim muassasalarini har tomonlama rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi loyihalari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34186

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤7🔥1🥰1🎉1
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi

“Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-23-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.


🔰Qarorga ko‘ra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

✔️ Muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

✅ Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

🔹2025/2026-o‘quv yilidan ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralari ko‘riladi.

🔸2026/2027-o‘quv yiligacha Universitetning kamida ikkita bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi ta’minlanadi.

🗓 2025-yildan yirik ishlab chiqarish korxonalari Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

📕 Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46👏3❤2🔥2🎉1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #xizmat_safari #ishchi_guruh

Vazirning birinchi o‘rinbosari Termiz davlat universiteti kampusida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi


Jarayonda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyevga universitetning 2025-yilda kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi xususida axborot berildi.

Ushbu dasturga asosan universitetda:
– o‘quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirish;
– ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish;
– ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, talaba yoshlarda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
– moddiy-texnik ta’minot, o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash;
– xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olingan.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5👍44❤8🔥1🤔1
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi

“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-24-son, 25.01.2025 y.) qabul qilindi.


🔰 Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi.

📌 Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:

➡️muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;

➡️o‘quv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish.

📝 Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.

🗓 2025/2026-o‘quv yilidan Universitetda ta’lim jarayoni ta’lim sohasida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan, shuningdek, o‘z yo‘nalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.

✔️Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi.

▪️Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤7😁4🔥2
✅#Olimlar_minbari
20-26.01.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Investitsiyalar – iqtisodiy taraqqiyotimiz drayveri” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;

“Millat manfaati uchun kurashchi” — Sherzodxon QUDRATXO‘JA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor;

“Zamindan koinot qadar yuksalayotgan tafakkur yoki fikr qulligidan qutqazilgan avlod haqida” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori;

“Yashil” energiya sohasida o‘zaro manfaatli aloqalar” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

“Kelajak ilmlari qanday egallanadi” — Shavkat SHARIPOV, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

“Ta’lim taraqqiyoti sari dadil qadam” — Sobitxon TURG‘UNOV, Namangan davlat universiteti rektori, professor;

“Maqsad faqat til o‘rgatish emas” — Rivojiddin KARIMOV, Namangan davlat chet tillar instituti rektori, dotsent;

“Tinch, xavfsiz va barqaror muhit-muqobil energiya samaradorligiga asosdir” — Ibrohimjon FOZILJONOV, Toshkent xalqaro universiteti dekani;

«Экологические аспекты зеленой экономики» — Аброр КУЧАРОВ, профессор ТГЭУ, Мукаддасхон ШОМАЛИЕВА, ассистент кафедры ТГЭУ;

“Moziy haqiqatning tarozusidir” — Bahodir KARIMOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori;

«Реформы во имя свободы: как Узбекистан меняет подход к правам человека» — Фирюза МУХИТДИНОВА, профессор ТГЮУ, доктор юридических наук;

“Biri xalq ko‘zini ochdi, ikkinchisi ko‘zgu tutdi” — Halim SAIDOV, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori;

«Практика преподавания языка» — Феруза ФАИЗОВА, доцент кафедры Национального университета Узбекистана, PhD;

“Behbudiyning qalb daftari” — Sayyora HALIMOVA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti;

“Jadidchilik ilmiy maktabi” — Nilufar NAMOZOVA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti;

«Узбекистан как модель социального государства XXI века: синергия традиций, инноваций и глобальных трендов» — Шахобжон КУБАТОВ, старший преподаватель кафедры Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана, PhD;

«Говорить как на родном: успехи и препятствия в обучении молодежи иностранным языкам» — Раъно АБДУМАЖИТОВА, старший преподаватель кафедры Ташкентского государственного аграрного университета;

“Ular aytgan fikrlar bugun ham dolzarb” — Nigora ELMURODOVA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti doktoranti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤3🤩3🔥1😁1