Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi

Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan Xorazmdagi oliygohlarda Respublika ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda


25-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov boshchiligidagi ishchi guruh Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida hududdagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari yigʻilish oʻtkazdi.

Shundan soʻng, vazir Q. Sharipov Urganch davlat universitetining yangi barpo etilayotgan Axborot resurs markazining qurilish ishlari bilan tanishdi. Vazir kutubxona loyihasi bilan tanishar ekan, u yerda olib borilayotgan ishlarning sifatiga alohida eʼtibor qaratdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34136

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤7🔥6🤔2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya #Padarkush

Mahmudxoʻja Behbudiy ʻʻPadarkush” dramasi bilan oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi. Bu asar 1911-yilda yozilgan boʻlib, unda ilmsizlikning qanday fojiali oqibatlarga olib kelishi ifoda etilgan. Drama ilm-maʻrifatni targʻib qilishda juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Buyuk maʼrifatparvar bobomiz shu qisqagina asar orqali xalq koʻzini ochib, ilmning moddiyatdan ustunligini sahnada koʻrsatib beradi.


📹Batafsil videolavhada tanishing👆

📹“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥1
#dayjest #Prezident_topshirigʻi_ijrosi
#ishchi_guruh_faoliyati

Prezident topshirigʻi boʻyicha Respublika ishchi guruhlarining OTMlarda olib borayotgan oʻrganish ishlari boʻyicha dayjest


➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali;

➡️Urganch davlat pedagogika instituti;

➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali;

➡️Nukus davlat pedagogika instituti;

➡️Farg‘ona politexnika instituti;

➡️Jizzax politexnika instituti;

➡️Andijon davlat pedagogika instituti;

➡️Samarqand davlat chet tillar instituti;

➡️Farg‘ona davlat universiteti;

➡️Urganch davlat universiteti;

➡️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;

➡️Andijon davlat universiteti;

➡️Toshkent davlat agrar universiteti;

➡️Samarqand davlat universiteti Kattaqo’rg’on filiali.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31❤8😁2🤔2🔥1
Vazir "Uztransgaz" AJning o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tajribasi bilan tanishdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda "Uztransgaz" AJning boshqaruv raisi Askar Isakov Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif doirasida vazir va boshqaruv raisi o‘quv markazining moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayoni va xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan imkoniyatlarni o‘rganishdi. Ushbu markaz zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlangan bo‘lib, unda gaz transporti sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida texnikumlarda kadrlar tayyorlash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida kadrlar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quv dasturlarini yangilash va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarni joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘quv markazining tajribasi mamlakatning boshqa hududlarida ham amaliyotga joriy etilishi mumkinligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤3😁3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onamizni asraylik va vaqtning qadriga yetaylik!

Qo'qon universiteti Andijon filiali talabalaridan ibratli rolik.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
4👍156🔥21❤17👏10🥰5
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi

“Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-22-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.


🔰Qarorga ko‘ra, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

📌 Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

🖥 Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

✅ 2025/2026-o‘quv yilidan:

➡️Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi;

➡️Universitet professor-o‘qituvchilari va doktorantlari yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi;

➡️Yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;

➡️2026-yil 1-yanvardan Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍33🔥8❤6👏4