Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#live #Prezident #muloqot #yoshlar

Sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida “Oliygoh kubogi” o‘tkaziladi

Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika
, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu labaratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda.

Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi.

Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida "Oliygoh kubogi"ni e’lon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥3❤1
#live #Prezident #muloqot #yoshlar

“Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi

Bugungi kunda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqachon kibermakonga ko‘chib o‘tgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ular yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar ta’sirida shakllanishini oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi ta’kidlandi.

Shu bois mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Nuroniylarimiz ishtirokida “Ajdodlar merosiga munosib avlod” g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan "Yoshlik” jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5
#live #Prezident #muloqot #yoshlar

“Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yiladi


Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish bo‘yicha 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan “Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

“Vatan tayanchi" otryadlari o‘rtasida “maktab – tuman – viloyat – respublika" darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.

Shu kabi har bir mahallada yoshlar o‘rtasida “mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika” darajasida “Shijoat va g‘ayrat” sport o‘yinlari o‘tkaziladi. G‘olib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan ta’minlanadi.

“Vatan tayanchi” hamda “Shijoat va g‘ayrat” musobaqalari g‘oliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#o‘quv_kursi

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining devonxona mudirlari hamda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limlari boshliqlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev tomonidan topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36150

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20👏5❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Universiada #Kurash #TalabalarSporti #Chempionlar

Qizg‘in musobaqa yakuniga yetdi

11–13-fevral kunlari Qarshi davlat universitetida kurash bo‘yicha “Universiada-2024” respublika musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 200 dan ortiq sportchi talaba ishtirok etdi.

O‘g‘il bolalar 7 ta, qizlar esa 8 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqib, o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdilar.

☄️Qizg‘in bahslar yakunida umumjamoa hisobida:
🥇-o‘rin: Xorazm viloyati – 3 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza;
🥈-o‘rin: Qashqadaryo viloyati – 3 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza;
🥉-o‘rin: Sirdaryo viloyati – 3 ta oltin, 1 ta bronza.

G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu musobaqa nafaqat kuchli sportchilarni saralash, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik va ahillikni mustahkamlashga ham xizmat qildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #talabalar_sporti #tayyorgarlik

Surxondaryolik polvonlar Universiada musobaqalariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda


Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan joriy yilgi Universiada musobaqalarining Dzyudo sport turi bo‘yicha bahslari 24–27-fevral kunlari Termiz shahrida o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5
#Vazir #Uchrashuv #Energetika #EWA #ACWAPower #Muhandislik

Vazir “EWA” direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi

13-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Energiya va suv akademiyasi (“EWA”) direktorlar kengashi raisi Tamer Al-Sharxan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Shirin energetika texnikumi, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi hamda “EWA” akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Jumladan, Shirin energetika texnikumida xalqaro ta’lim dasturlari asosida ichki va tashqi mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida texnikumning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, zamonaviy muhandis kadrlarni tayyorlash va bitiruvchilarni “ACWA Power” kompaniyasining O‘zbekistondagi elektr stansiyalariga ishga joylashtirish kafolatlanganligi alohida e’tirof etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36247

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #muloqot #yoshlar #tashabbuslar

📹 Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularni yangi marralar sari ruhlantirdi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🤩5❤4😁1
#seminar

14-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Hisob palatasi va Bosh prokuratura hamkorligida vazirlik hamda oliy taʼlim muassasalarining moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektorlari, bosh hisobchilari, ichki audit xizmati, moliya-reja va komplayens-nazorat boʻlimlari masʼullari uchun onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda Prezidentning 2024-yil 25-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi PQ–455-son Qarorida belgilangan sohaga ajratilgan byudjet mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi, byudjet mablagʻlari ijrosini monitoring qilish bilan bogʻliq vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36261

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#targʻibot #turizm #taʼlim #YUNESKO

Kambodjada “O‘zbekiston madaniy merosi va islohotlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi va Qoraqalpoq davlat universiteti vakillari tomonidan Paragon xalqaro universitetida “O‘zbekiston madaniy merosi va islohotlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida o‘tkazildi.

Tadbir davomida ajdodlarimizdan qolgan boy madaniy merosimiz, milliy urf-odatlarimizni aks ettiruvchi hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi taqdim etildi.

So‘zga chiqqanlar YUNESKO 43-sessiyasining Samarqandda o‘tkazilishi xalqaro madaniy va ilmiy hamjamiyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidlashdi. Uchrashuv doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, madaniy merosni asrab-avaylash hamda targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, ushbu tadbirlar O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini dunyoga tanitish, ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥2
#dayjest #Bobur_542

14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

🔹Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

🔹TKTI Yangiyer filiali;

🔹Termiz davlat universiteti;

🔹Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi;

🔹“University of Business and Science”;

🔹Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔹Toshkent davlat pedagogika universiteti;

🔹Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🔹Qarshi davlat universiteti;

🔹Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti;

🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

🔹Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti;

🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

🔹O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

🔹Andijon iqtisodiyot va pedagogika universiteti;

🔹Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti;

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔹Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;

🔹TATU Urganch filiali;

🔹O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

🔹TTA Termiz filiali;

🔹Buxoro davlat pedagogika instituti;

🔹Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔹O‘zbekiston milliy universiteti;

🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

🔹Toshkent xalqaro universiteti;

🔹“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti;

🔹TDTU Olmaliq filiali;

🔹Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

🔹Ma’mun universiteti;

🔹Urganch davlat pedagogika instituti;

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🔹Renessans ta’lim universiteti;

🔹Osiyo texnologiyalar universiteti;

🔹Andijon davlat chet tillari instituti;

🔹Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔹SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

🔹SamDU Urgut filiali;

🔹Turon xalqaro universiteti;

🔹Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

🔹Andijon davlat tibbiyot instituti;

🔹Toshkent gumanitar fanlar universiteti;

🔹Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;

🔹Urganch davlat universiteti;

🔹Nukus innovatsion instituti;

🔹Andijon davlat universiteti;

🔹TDIU Samarqand filiali;

🔹Buxoro davlat tibbiyot instituti;

🔹Toshkent farmatsevtika instituti;

🔹O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi;

🔹Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔹TTA Urganch filiali;

🔹Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔹Buxoro davlat texnika universiteti;

🔹Namangan davlat pedagogika instituti;

🔹O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

🔹Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔹Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

🔹Toshkent shahridagi Inha universiteti;

🔹Qoʻqon davlat pedagogika instituti;

🔹Milliy estrada san’ati instituti;

🔹RANCH texnologiya universiteti;

🔹Toshkent davlat stomatologiya instituti;

🔹Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔹Termiz davlat pedagogika instituti;

🔹OʻzMU Jizzax filiali;

🔹“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

🔹TTA Termiz filiali;

🔹Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

🔹Qoraqalpoq davlat universiteti;

🔹Toshkent davlat transport universiteti;

🔹Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔹Nordik xalqaro universiteti;

🔹TDTU Qoʻqon filiali;

🔹Jizzax politexnika instituti;

🔹Navoiy davlat universiteti;

🔹Guliston davlat pedagogika instituti;

🔹Samarqand davlat chet tillar instituti.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34❤6🔥2🤔1