Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_qadriyatlar

🌸 Bahoriy shukuh!

Tabiatning uyg‘onishi tevarak atrofdagi g‘uncha gullarning turfa ifori kishini beixtiyor saylga chorlaydi. Termiz davlat universitetidagi bahoriy shukuh esa talabalarimizga ana shunday imkoniyatni bermoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍23🤩3🥰2🔥1
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yoʻnalishida ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda:
🥇-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta),
🥈-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yoʻllanmasi,
🥉-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar www.muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

💾 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍36🔥10👏8❤6
#PrezidentTopshirigʻiIjrosi #YoshlarBandligi

Andijondagi oliygohlar va “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi

Joriy yilning 13-mart kuni Andijon davlat universitetida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida maxsus markazning tantanali ochilishi hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi o‘tkazildi.

Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/3310

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4🔥1😁1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroKonferensiya #IlmFan #Munosabat

Yan Sharl – Sarbun universiteti tashqi aloqalar departamentining Osiyo va Afrika mamlakatlari bo‘yicha mas’ul xodimi:

“Universitetimizda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Andijon davlat chet tillari instituti va Namangan davlat chet tillari instituti vakillarini qabul qildik. Bu uchrashuv O‘zbekiston-Fransiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Kuni kecha jahon tillari universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladik.Bu hamkorlik bugun boshlanayotgani yo‘q. Avvalroq Jahon tillari universiteti bilan birgalikda Erasmus+ tashkilotining moliyaviy yordamini olish uchun Yevropa komissiyasiga ariza topshirganmiz. O‘ylaymanki, yoz oylarida ijobiy javob olamiz va oldimizga qo‘ygan loyihamizni amalga oshiramiz. Bundan tashqari, Kampus Frans tashkilotiga moliyaviy homiylik masalasida murojaat qilganmiz. Ushbu tashkilotdan ham ijobiy javob kutyapmiz. Birgalikda boshlagan loyihalarimiz amalga oshsa, bu ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi, ayniqsa, yoshlarimiz uchun manfaatli bo‘ladi. Forum va uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad ham shu edi, aslida”.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥1
#XizmatSafari #Qashqadaryo

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Qashqadaryoga xizmat safari davomida Qarshi shahridagi texnopark faoliyatini oʻrgandi.

Bu yerda Qarshi davlat texnika universiteti yosh olimlarining ilmiy tadqiqot ishlari taqdimoti oʻtkazildi. Ilmiy loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan muhim tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, universitetdagi “Muqobil energiya manbalari” oʻquv-ilmiy poligonida ham bo‘lib, keyingi yillarda amalga oshirilgan ilmiy ixtirolar, tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdi. Bu kabi ilmiy yutuqlar targʻibotini izchil yoʻlga qoʻyish, aholi oʻrtasida keng targʻib qilish haqida oʻz mulohazalarini bildirdi.

Xususan, Muborak tumani mahallalari ehtiyojidan kelib chiqqan holda quyosh nuridan biogaz olish qurilmalari, inkubator, “aqlli” issiqxonalarning samarasi, iqtisodiy afzalliklari haqida aholiga keng tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi taʼkidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥3🤔1