Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#QonunchilikYangiliklari

☄️Texnikumlar uchun namunaviy shtat birliklari tasdiqlandi

Kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida akademik litsey va texnikumlar uchun boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qo‘shma qarori asosida tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 3119-4-son (25.03.2025-y.) bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu hujjatga asosan:
➡️texnikumlar uchun yangi shtat birliklari tasdiqlandi;
➡️xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlarda “Xalqaro ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” tashkil etiladi (5 ta shtat birligi ajratiladi);
➡️boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda “Harbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbari” va “Jismoniy tarbiya rahbari” lavozimlari saqlab qolinadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41925

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_akademiyasi #Assambleya

“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi jarayonlaridan videolavha.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏15❤2🔥1🥰1🤔1
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

26-mart kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2
#XalqaroHamkorlik #Vazir #Uchrashuv

O‘zbekiston va Qirg‘iziston: Ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda

25-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tomonlar ta’lim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidlashdi.

Muloqotda davomida hamkorlikning muhim yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilib, o‘tgan davr mobaynida qator amaliy ishlar qilinganligi e’tirof etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41963

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤2🔥1🎉1
#Eʼlon #MatbuotAnjumani

Bugun, 26-mart kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati ishtirokida “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍24🔥2❤1
#LIVE #Matbuot_anjumani

Ayni vaqtda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorining mazmun-mohiyati va vazirlikning 2024-yilgi faoliyati haqida ma’lumot berilmoqda.

Anjuman “UzReport TV”, “O‘zbekiston” telekanallari va AOKA hamda vazirlikning feysbukdagi rasmiy sahifalarida jonli efirga uzatilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤1🔥1🤔1
#Jarayon #RektorYoshlar

☄️Talabalar turar joyida rektor bilan ochiq muloqot

Namangan davlat chet tillari instituti rektori Rivojiddin Karimov talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari, muammolari va takliflarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda turar joy sharoitlarini yaxshilash, ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlash va talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, mavjud muammolar bo‘yicha savollar berdilar.

“Talabalar fikri biz uchun muhim. Ularning ehtiyojlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish va sharoitlarini yaxshilash ustuvor vazifalarimizdan biri,” – deya ta’kidladi rektor.


Muloqot davomida institutda yangi talabalar turar joyi qurilishi rejalashtirilayotgani ta’kidlanib, talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash hamda ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤5🥰4🔥3🎉3
#Matbuot_anjumani

“Oliy taʼlimda grantlar: yangi tartib va imkoniyatlar hamda vazirlikning 2024-yilgi faoliyati” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

26-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori mazmun-mohiyati, shuningdek, vazirlikning 2024-yilgi faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Press-konferensiyada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda departament boshligʻi Abduvali Xoliqov ishtirok etdi.

Qarorga koʻra, oliygohlarda davlat granti kvotalarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash amaliyoti joriy etildi. Endilikda ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan, oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan ijtimoiy faol talabalarga taʼlim granti toʻliq va toʻliq boʻlmagan shakllarda taqdim etiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42114

➡️На русском
➡️In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤6👏2😁2🔥1