Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #live #Qabul2026

❗️Bugundan 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi

Test sinovlari respublika bo‘ylab belgilangan hududlarda tashkil etilib, ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi.

Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi.


Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar.

Jizzax politexnika instituti;
Buxoro davlat universiteti;
Namangan davlat texnika universiteti;
Samarqand davlat texnika universiteti;
Farg‘ona davlat universiteti;
Qoʻqon davlat universiteti;
Guliston davlat universiteti;
Namangan davlat pedagogika instituti;
Urganch davlat universiteti:


🎓 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Test sinovi jarayoni test2026.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, har bir abituriyent imtihon kuni, vaqti hamda manzili haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥3👏2🤔2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #BuxoroTalabaExpo_2026

Ayni damda qadimiy va navqiron Buxoro shahri yurtimizning eng yirik kasb va taʼlim koʻrgazmalaridan biri — “Talaba Expo–2026”ni yuksak saviyada kutib olishga shay!

Bu nafaqat koʻrgazma, balki minglab yoshlarning orzulari, maqsadlari va kelajak kasbi sari tashlaydigan muhim qadami boʻladi.

Bugun Buxoro bilim va kelajak sari intilayotgan yoshlarni kutmoqda. Har bir tashrif buyuruvchi oʻz salohiyatini namoyon etish, yangi yoʻnalishlarni kashf etish va ertangi muvaffaqiyatga yoʻl ochish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20🔥4👍3👏2
#live #TalabaExpo_2026 #Buxoro

Buxoroda “Talaba Expo–2026” kasb koʻrgazmasi – kelajak sari muhim qadam!

Ayni damda Buxoro shahrida yoshlarning kasb tanlashi, zamonaviy taʼlim yoʻnalishlari va kelajak imkoniyatlarini namoyon etuvchi “Talaba Expo–2026” kasb koʻrgazmasi qizgʻin ruhda davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Baxtiyor Adilov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda “Kelajakka qadam” loyihasi rahbari Elmurod Hoshimov soʻzga chiqib, yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/195875

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5
#TalabaExpo_2026 #Nukus #live

Nukusda️ “TalabaExpo — 2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlanish arafasida


Bugun, Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo-2026” kasbiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Hozirgi vaqtda tadbir ishtirokchilari va mehmonlar koʻrgazma boʻlib oʻtadigan hududga kelib, oʻz oʻrinlarini egallamoqda.

Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥2👍1🥰1🎉1
#TalabaExpo_2026 #Nukus #live

Nukusda️ “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlandi


Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling!


Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤9👍3🥰2👏1🎉1
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live

Urganchda “TalabaExpo — 2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlanish arafasida

Bugun Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo-2026” kasbiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Hozirgi vaqtda tadbir ishtirokchilari va mehmonlar koʻrgazma boʻlib oʻtadigan hududga kelib, oʻz oʻrinlarini egallamoqda.

Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live

Urganchda️ “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlandi


Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Aziz bitiruvchilar, keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling!


Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤13👍1🔥1
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #Live

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev hamda "O‘zmilliybank" AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan muhim tashabbuslar haqida fikr bildirdilar.


Ko‘rgazma doirasida talaba-yoshlar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes seminarlari hamda seminar-treninglar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar tadbirkorlik asoslari, karyerani rejalashtirish, shaxsiy brendni shakllantirish va professional tarmoqlarda samarali faoliyat yuritish bo‘yicha tajribali tadbirkorlar hamda soha mutaxassislaridan amaliy tavsiyalar oldilar.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤11👏4👍1🔥1
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live

Urganchda “TalabaExpo—2026”: Bitiruvchilar va ish beruvchilar yuzma-yuz!


Urganch shahrida bitiruvchi talaba-yoshlarni ish bilan ta'minlashga qaratilgan “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi qizg'in davom etmoqda.

Mazkur ommaviy tadbirda viloyatimizning 100 dan ortiq nufuzli tashkilot va yirik korxonalari o'zlarining 1500 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etib, yoshlarga to'g'ridan-to'g'ri ish taklif qilmoqda.

Jarayon davomida bitiruvchilar nafaqat mavjud vakansiyalar bilan tanishishlari, balki amaliyot va stajirovka dasturlari, o'z startap loyihalarini taqdim etish hamda “Oʻzmilliybank” tomonidan yoshlarga beriladigan imtiyozli kreditlar bo'yicha to'liq ma'lumot olishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17👍3🔥2🥰1👏1
#LIVE

“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining 1-kuni boshlandi

Bugun, Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining birinchi kuni — “Eng yaxshi g‘oya” yo‘nalishi bo‘yicha bahslar boshlandi.

Quyidagi havola orqali tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

👉https://youtube.com/live/LDarenrRvtk?feature=share

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7
#LIVE

Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining ikkinchi kuni — “Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishi bo‘yicha bahslar boshlandi.

Quyidagi havola orqali tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

👉https://youtube.com/live/k03SXAUxEpc?feature=share

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤2
#LIVE

Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining uchinchi kuni — “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi bo‘yicha bahslar boshlandi.

Quyidagi havola orqali tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

👉 https://youtube.com/live/hrj-b05owJs?feature=share

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

🏆 38-Xalqaro informatika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “IOI-2026” doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh dasturchilar Toshkentda jam bo‘ldi.

🗣Olimpiadaning ochilish marosimini quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli kuzatishingiz mumkin:

🌐 https://youtube.com/live/ArDnzvUIJe4?feature=share

🔴 https://www.facebook.com/share/v/1CuKadGfhx/

🌐 https://youtube.com/live/WJ_917PpVmI?feature=share

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
#Matbuot_anjumani #LIVE

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

Unda qabul jarayonlarining yakuniy natijalari, test sinovlari ko‘rsatkichlari, ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi o‘tish ballari, grant va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar haqida ma’lumot berilmoqda.

Shuningdek, mandat natijalaridan so‘ng abituriyentlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar, super-kontrakt asosida o‘qish shartlari hamda qabul jarayoniga oid dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar beriladi.

Quyidagi havola orqali matbuot anjumanini to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

👉 https://youtube.com/live/n-S5HkLO5o4?feature=share
❤10👍5
#KelajakTadbirkori_2026 #live

Jizzaxda “Kelajak tadbirkori–2026” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda


Bugun, 10-sentyabr kuni Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining ta’lim yo‘nalishlari, innovatsion loyihalari, startaplari va boshqa imkoniyatlarini ko‘rgazma orqali namoyish etmoqda.

Yarmarka doirasida yoshlarga kasb va tadbirkorlik bo‘yicha amaliy imkoniyatlar, bandlik masalalari hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayni vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Til bilimdonlari” hamda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤9🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni daqiqalarda Toşkent davlat agrar universitetida “Kelajak tadbirkori – 2026” yirik kasb körgazmasi bölib ötmoqda

🟢Körgazma doirasida iştirokçilar böş iş örinlari, amaliyot dasturlari, tadbirkorlik imkoniyatlari va moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari bilan tanişişlari mumkin.

✅Barça talabalar, yoşlar va iş izlayotgan fuqarolarni faol iştirok etişga çorlaymiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026
#Live

“InnoWeek–2026” oçiliş marosimi yaqin daqiqalarda boşlanadi!

Bugun “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi öz işini boşlaydi.

CAEx majmuasida ötkaziladigan oçiliş marosimida faxriy mehmonlar, mahalliy va xorijiy hamkorlar, olimlar, innovatorlar, investorlar hamda soha vakillari iştirok etadi.

“Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar”

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥8❤4👍2👏1
#InnoWeek_2026 #Live

✅InnoWeek-2026 innovatsion ğoyalar xalqaro haftaligining rasmiy oçiliş marosimini Innovatsion rivojlaniş agentligining YouTube’dagi rasmiy sahifasi orqali töğridan töğri kuzatişingiz mumkin.

👉 https://www.youtube.com/live/2cNHDlRbtFQ?si=XSSIvXaaHvX4fGXq

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Xalqaro_forum #Oçiliş_marosimi

Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi öz işini boşlaşga tayyor

Birozdan söng Toşkent şahridagi “Özbekiston” xalqaro forumlar saroyida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumining rasmiy oçiliş marosimi boşlanadi.

Nufuzli tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim sohasi rahbarlari, xorijiy delegatsiyalar vakillari, oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari va xalqaro ekspertlar iştirok etadi.

Forum ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda yagona ta’lim makonini rivojlantirişga qaratilgan.
—

Международный образовательный форум Центральной Азии готовится к началу работы

Через несколько минут во Дворце международных форумов «Узбекистан» в городе Ташкенте начнётся официальная церемония открытия Международного образовательного форума Центральной Азии.

В престижном мероприятии примут участие руководители образовательных ведомств стран Центральной Азии, представители зарубежных делегаций, ректоры высших учебных заведений и международные эксперты.

Форум направлен на расширение регионального сотрудничества в сферах образования, науки и инноваций, а также развитие единого образовательного пространства.
—

The Central Asian International Education Forum Is Set to Begin

In a few minutes, the official opening ceremony of the Central Asian International Education Forum will begin at the Uzbekistan International Forums Palace in Tashkent.

The prestigious event will bring together heads of education authorities from Central Asian countries, representatives of foreign delegations, rectors of higher education institutions, and international experts.

The forum aims to expand regional cooperation in education, science, and innovation, as well as to advance the development of a common educational space.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥11❤8👏3🎉1🤩1