Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026

Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?


Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz.

🟡 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalikda ishtirok eting!

Bu yerda siz:
🔤eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz;
🔤mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz;
🔤ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz;
🔤investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz;
🔤xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz.


🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

📍27–29-oktabr | CAEx

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤7🔥1
#InnoWeek_2026

Joriy yilning 27-29-oktabr kunlari “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida InnoWeek–2026 — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi bölib ötadi.


Mazkur haftalikda siz:
🔤eng sönggi innovatsion işlanmalar bilan tanişasiz;
🔤mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kaşf etasiz;
🔤ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga boğlaydigan yangi yeçimlarni körasiz;
🔤investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yölga qöyasiz;
🔤xalqaro ekspertlar iştirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnaşasiz.

😄Hoziroq röyxatdan öting va innovatsiyalar kelajagining bir qismiga aylaning!

❗️Röyxatdan ötganlar tadbirda ishtirok etganlaridan söng elektron sertifikat yuklab olishlari mumkin.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤12🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing #InnoWeek_2026

InnoWeek-2026 — “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar”


Joriy yilning 27–29-oktabr kunlari poytaxtimizdagi CAEx xalqaro körgazmalar majmuasida InnoWeek-2026 — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi bölib ötadi.

Unda:
1. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot taşkilotlariga 50 ta traktor bepul topşiriladi. InnoWeek–2026 doirasida Koreyada işlab çiqarilgan, siqilgan tabiiy gazda işlaydigan ekologik toza zamonaviy traktorlar taqdim etiladi.

2. Salkam 380 nafar hamyurtimiz taqdirlanadi. Haftalik doirasida olimlar, ixtiroçilar, tadqiqotçilar, startapçilar va innovatsion loyiha mualliflarining yutuqlari e’tirof etiladi. Jumladan, 32 nafar hamyurtimizga “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni topşiriladi.

3. 30 ta davlatdan 200 nafar xorijiy mehmon iştirok etadi. Uç kun davomida 21 ta tadbir, jumladan, xalqaro va mahalliy forumlar, konferensiyalar, taqdimotlar va ilmiy muloqotlar ötkaziladi. Taşrif buyuruvçilar soni 15 ming nafardan oşişi kutilmoqda.

4. Körgazmada 750 ta innovatsion mahsulot namoyiş etiladi. 265 ta mahalliy va xorijiy iştirokçi öz işlanmalarini taqdim etadi. Körgazmada mahalliy ilmiy taşkilotlar, startaplar, spin-off kompaniyalar hamda xorijiy hamkorlarning zamonaviy texnologiyalari örin oladi.

5. Xalqaro biznes hamkorlik va yangi loyihalar uçun maydon yaratiladi. B2B uçraşuvlar orqali mahalliy korxonalar xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar örnatiş, qöşma loyihalarni muhokama qiliş va innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş imkoniyatiga ega böladi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍3😱3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026
#Live

“InnoWeek–2026” oçiliş marosimi yaqin daqiqalarda boşlanadi!

Bugun “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi öz işini boşlaydi.

CAEx majmuasida ötkaziladigan oçiliş marosimida faxriy mehmonlar, mahalliy va xorijiy hamkorlar, olimlar, innovatorlar, investorlar hamda soha vakillari iştirok etadi.

“Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar”

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥7❤4👍2👏1
#InnoWeek_2026 #Live

✅InnoWeek-2026 innovatsion ğoyalar xalqaro haftaligining rasmiy oçiliş marosimini Innovatsion rivojlaniş agentligining YouTube’dagi rasmiy sahifasi orqali töğridan töğri kuzatişingiz mumkin.

👉 https://www.youtube.com/live/2cNHDlRbtFQ?si=XSSIvXaaHvX4fGXq

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1🔥1
#InnoWeek_2026

“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligiga start berildi

Poytaxtimizda Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida taşkil etilgan “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi rasman oçildi.

Uç kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli işlanmalar va yangi biznes ğoyalar namoyiş etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar örtasida tajriba almaşiş va yangi loyihalarni yölga qöyiş uçun imkoniyatlar yaratiladi.

Haftalikning oçiliş marosimida vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot taskilotlari rahbarlari, xalqaro hamda mahalliy ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizimi vakillari, yoş innovatorlar, ixtiroçilar, tadbirkorlar hamda investorlar iştirok etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/238737

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026

InnoWeek-2026 — O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026|#1_kun

🧪 InnoWeek-2026: Kimyo möjizalari va innovatsion kaşfiyotlar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍11🔥5
#Innoweek_2026

Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konferensiyasi ötkazildi


“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga bağişlangan “Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konferensiyasi” bölib ötdi.

Konferensiyani Innovatsion rivojlaniş agentligi direktorining örinbosari Javlonbek Abdujalilov oçib berdi. Tadbirda Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikning istiqbollari, qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya doirasida raqamli iqtisodiyot, ilğor işlab çiqariş texnologiyalari, avtomatlaştiriş, sun’iy intellekt, yaşil energetika, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, energiya samaradorligi, aqlli mobillik, logistika, barqaror infratuzilma va texnologiyalar transferi yönalişlarida hamkorlik imkoniyatlari körib çiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/238778

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026|#1_kun

Endi şifokorlar bemorning oğriq darajasini ölchab davolay oladi

Stomatologik muolajalar vaqtida bemor va şifokor örtasidagi muloqotni yaxşilaşga qaratilgan uşbu innovatsion loyiha Dental Algometer qurilmasi orqali bemorlarga oğriq yoki noqulaylik sezganida tezkor signal beriş imkonini yaratadi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥5❤2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026 | #1_kun
#Xorijlik_mehmonlar

Oliver Tian — Osiyo-Tinç okeani yordamçi robototexnika assotsiatsiyasi (APARA) faxriy maslahatçisi va murabbiyi
:

Avvalo, ajoyib InnoWeek bilan Özbekistonni tabriklayman. 2023-yilda ham InnoWeek’ga kelgan edim, bugun esa haftalik yana bir katta qadam taşlaganini körib, juda hayratdaman. Markaziy Osiyo dunyo uçun tobora muhim bölib bormoqda, Özbekistonni esa uning gavhari deb bilaman.

Men a’zo bölgan alyansga 20 ga yaqin davlat kiradi, biz sun’iy intellekt va robototexnika böyiça xalqaro loyihalar ustida işlaymiz. Menimça, hamkorlikda uçta narsaga e’tibor qaratiş kerak. Birinçisi, iste’dodlarni rivojlantiriş. Yoş muhandislar çet elda Xitoy, Koreya, Yaponiya texnologiyalarini örganib, qaytib kelib bilimini ulaşsa, xorijiy mutaxassislar esa bu yerda seminarlar ötkazsa, juda yaxşi bölardi.

Ikkinçisi, Özbekistonga aynan nima kerakligini tuşuniş. Kerak bölmagan mahsulotni olib keliş vaqtni behuda sarflaşdir. Uçinçisi, malaka va standartlarni şakllantiriş, buning uçun esa köproq tajriba almaşiş kerak.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥6❤2👍1
#InnoWeek_2026| #1_kun

Toşkentda Xalqaro ilmiy-fan kengaşining Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari uçun mintaqaviy ofisi oçildi


“InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida Xalqaro ilm-fan kengaşining (International Science Council — ISC) Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari uçun mintaqaviy ofisining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.

Oçiliş marosimida Fanlar akademiyasi prezidenti Şavkat Ayupov hamda Xalqaro ilm-fan kengaşi boş ijroçi direktori doktor Salvatore Arico qatnaşdi. Şuningdek, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari fanlar akademiyalari, ilmiy taşkilotlar hamda xalqaro tuzilmalar vakillari iştirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/239001

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5
#InnoWeek_2026

Innovatsion ğoyalar — yangi imkoniyatlar sari!

2026-yil 29-oktabr kuni “InnoWeek-2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida INNOLAB startap akseleratsiya dasturining Demo Day tadbiri bölib ötadi.

Tadbirda yoş innovatorlar öz startap loyihalarini keng jamoatçilikka taqdim etiş imkoniyatiga ega böladilar. Taqdim etilgan loyihalar mutaxassislar tomonidan tijoratlaştiriş salohiyati, investitsion jozibadorligi va bozor talablariga mosligi asosida baholanadi. Tadbir yakunida iştirokçilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Sizda ham innovatsion ğoya bormi? Uni namoyon etiş va yangi imkoniyatlar sari qadam taşlaş vaqti keldi!

🔗 Röyxatdan öting va innovatsiyalar olamiga qöşiling!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026|#1_kun

Özbekistonda raqamli tölovlar sohasida yangi yeçim — Afin platformasi taqdim etilmoqda

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍11❤4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026 |#2_kun

“InnoWeek–2026” ikkinchi kun: yangi hamkorliklar, investitsiyalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish sari muhim qadamlar

“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining ikkinchi kuni doirasida qator xalqaro forumlar, biznes uchrashuvlari va hamkorlik muloqotlari oʻtkaziladi.

Shuningdek, kun tartibidan xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli loyihalarni muhokama qilish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ilmiy tadqiqot loyihalarini tijoratlashtirishga qaratilgan kelishuvlarga erishish masalalari oʻrin olgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍5🔥2🤩2👏1
#InnoWeek_2026 |#2_kun

NamDTU va Vengriya kompaniyasi örtasida 1 million dollarlik şartnoma imzolandi


27–29-oktabr kunlari Toşkent şahrida ötkazilayotgan “Innoweek-2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida Namangan davlat texnika universiteti hamda Vengriyaning “GeoGold Kárpátia Environmental and Engineering Expert Ltd.” kompaniyasi örtasida qiymati 1 million AQŞ dollariga teng ilmiy tadqiqot va işlanmalar böyiça şartnoma imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/239263

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026 | #2_kun
#Xorijlik_mehmonlar

Ko Seongho, Janubiy Koreyaning “Korion” (Korion Agricultural Machinery) kompaniyasi rahbari:

InnoWeek’da ikkinçi marta, Özbekistondagi xalqaro körgazmalarda esa jami uçinçi marta qatnaşyapman. Kompaniyamiz yem-xaşak ekinlarini yiğib maydalaydigan kombaynlar, göng va suyuq öğit sepkiçlar hamda tirkamalar işlab çiqaradi. Texnikani Özbekiston şaroitiga moslab, maxsus tayyorlay olamiz.

Asosiy mahsulotimiz traktorga örnatiladigan em-xaşak kombayni. Ilgari u faqat makkajöxorini örib maydalagan bölsa, endi sudan öti va boşqa barça ötlarni ham maydalay oladi. Kiçik traktorlar uçun 3 qatorli, katta traktorlar uçun 6 qatorli modellar bor.

Özbekistonga mos modelni 2020-yilda yaratdik va 2024-yilgaça sinovlarni yakunladik. 2025-yildan boşlab texnikani Özbekiston talablariga yana bir bor moslab, sotuvga çiqarmoqdamiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3🔥1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Innoweek_2026|#2_kun

InnoWeek-2026 — O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar


InnoWeek–2026: ikkinchi kunidan

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤9😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026

“Aqlli qozon”: 35 milliard sömlik aylanma daromad keltirayotgan innovatsion işlanma

Qöqon davlat universiteti dotsenti, texnika fanlari böyiça falsafa doktori Zafarjon Töyçiyev energiya tejamkor va ekologik toza “Aqlli qozon” loyihasi bilan “InnoWeek-2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligida iştirok etmoqda.

Işlanmaning asosiy afzalligi — köp qavatli turar joy binolarida suv aylaniş tizimini avtomatik boşqariş va yoqilği yonişi natijasida hosil böladigan zararli gazlarni uç bosqiçda filtrlaş imkoniyatidir. Maxsus suvli kimyoviy moddalar va elektr analizatorlardan foydalaniladigan tizim zararli gazlarni 97 foizgaça tozalaş imkoniyatiga ega. Bu esa atmosferaga çiqariladigan zararli moddalar miqdorini kamaytirişga xizmat qiladi.

Loyiha bugun nazariya yoki laboratoriya sinovlari bilan çeklanib qolmagan. U Qöqon davlat universitetining töqqiz qavatli talabalar turar joyida, şuningdek, Qöqon şahridagi bir qator boğça, maktab va korxonalarda joriy etilgan.

Işlanmaning iqtisodiy samarasi ham e’tiborga molik. Muallifning ma’lum qilişiça, “Aqlli qozon”ni qöllaş va işlab çiqariş bilan boğliq faoliyatning aylanma daromadi 35 milliard söm atrofiga yetgan.

Yana bir muhim jihat — universitetda ilmiy işlanmani amaliyotga tatbiq etiş va tijoratlaştiriş maqsadida spin-off korxona taşkil etilgan. Tadbirkor sarmoyasi va universitet olimlarining ilmiy salohiyati birlaşib, işlanmani real iqtisodiy natija beradigan mahsulotga aylantirişga zamin yaratgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥5❤3👍3
#InnoWeek_2026 | #3_kun

Xotin-qizlarning 100 ta eng yaxşi innovatsion loyihasi taqdirlandi

“InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida xotin-qizlar örtasida ötkazilgan “Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihasi” tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Tadbirda Ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi raisining birinçi örinbosari Umida Abdullayeva iştirok etdi.

Mazkur tanlov Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi hamkorligida taşkil etildi. Uning asosiy maqsadi xotin-qizlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini röyobga çiqariş, istiqbolli ğoya va loyihalarini qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etişga kömaklaşişdan iborat.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/239825

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5🔥4👍1