Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_taʼlim #oshpazlik_qandolatchilik

Tanishing, Akbar G‘afurov – muvaffaqiyat sari oshgan yurtdoshimiz!

Akbar G‘afurov – Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi bitiruvchisi. U o‘z kasbiga bo‘lgan mehri, tinimsiz izlanishlari va mehnatsevarligi bilan bugungi kunda Yevropaning nufuzli restoranlaridan biri — “Oliy oshxona”ning katta oshpazi.


Bugungi kunda u o‘zidan keyingi avlod — bo‘lajak oshpazlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, tajribasi va maslahatlari bilan o‘rtoqlashmoqda. Akbar yoshlar uchun ilhom manbayi bo‘lib, har qanday orzu va maqsadga faqat ilm, mehnat, sabr va qat’iyat bilan erishish mumkinligini amalda isbotlamoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

✅✅✅✅✅✅

📣Pivot-RP platformasi bo‘yicha amaliy seminar-treningga taklif etamiz!

📌 2025-yil 23-aprel kuni Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasidan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.

Sana: 23.04.2025.
Vaqti: 11:30.

Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)

✅ Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Batafsil ma'lumot uchun: @csti_murojaat_bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
✅✅✅ 🏆🏆🏆

📣Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” tanlovi o‘tkazilmoqda

🔺TANLOV UCH BOSQICHDA BO‘LIB O‘TADI!
1⃣- bosqich - aprel oyining 25-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari miqyosida;
2⃣- bosqich - may oyining 25-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) miqyosida;
3⃣- bosqich - iyun oyining 25-sanasigacha respublika miqyosida.

Raqamli ta’lim resurslari tarkibi amalda o‘qitilayotgan fan (modul), o‘quv amaliyotlarining namunaviy o‘quv dasturidagi mavzular asosida umumkasbiy va maxsus fanlari mavzulari 2 soatga bo‘lingan holda, o‘quv amaliyotlari 6 soatga bo‘lingan holda ishlab chiqiladi.

Mavzular bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan mavzular to‘plami;
✅Mavzular to‘plami;
✅Fanning ta’lim texnologiyalari;
✅Media (audio, video va animatsion) materiallar;
✅Vizual-didaktik resurslar;
✅Taqdimot materiallari;
✅Glossariy (atamalar lug‘ati);
✅Baholash vositalari (nazorat savollari, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashqlar, masalalar to‘plami va boshqalar).


✅Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi.

⚡️Tayyor dasturiy mahsulot tayyorlash video yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan.
🔽
📺video yo‘riqnoma ustiga bosing.

❌Materiallar Word, Excel, PDF, JPG va boshqa ko‘rinishda alohida-alohida fayllar sifatida qabul qilinmaydi.

🏆 75 ball to‘plagan eng yuqori 3 ta raqamli ta’lim resurslari va ularning muallifi g‘olib deb topiladi.

🖥Tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi.

🏆Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari nominatsiyalar bo‘yicha tegishli darajadagi diplom, shuningdek:

🥇-o‘rin – BHMning 20 baravari;
🥈-o‘rin – BHMning 15 baravari;
🥉-o‘rin – BHMning 10 baravari hisobidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🤝Hamkorlikda ishlab chiqilgan va respublika bosqichida qatnashib, g‘olib bo‘lgan hammualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.


Sohalar bo‘yicha tanlovning respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.


📎Tanlov materiallari bilan tanishish uchun batafsil:

Qo‘shimcha ma’lumot


📞712464456 📞977920048

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3🔥1
#Xotin_qizlar

Xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish masalasi muhokama qilindi


2025-yilda 250 ming nafar xotin-qizni oliy taʼlim bilan qamrab olish maqsadida joriy yil 22-aprel kuni videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova raislik qildi.

Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar, taʼlim sohasidagi mutaxassislar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Xotin-qizlarni oliy taʼlimga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalar muhokama qilindi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov yigʻilish ishtirokchilariga Prezident rahbarligida olib borilayotgan davlat siyosati doirasida xotin-qizlarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/47475

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥1
#press_tur

Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, OAV vakillari!

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan hamkorlikda “Muhandislik oyligi” doirasida press-tur tashkil etilmoqda.

🗓Sana: 23-aprel, chorshanba soat: 09:00
📍Uchrashish joyi: “O‘zbekiston” mehmonxonasi

Sizlarni ushbu muhim va mazmunli tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Birgalikda muhandislik sohasidagi ilmiy-amaliy ishlar, innovatsiyaviy yondashuvlar va ta’lim jarayonlarining yaqindan guvohi bo‘lamiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6🔥1
#vazir_yoshlar #el_yurt_umidi

Oliy taʼlim vazirligida “El-Yurt Umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan amaliy muloqot boʻlib oʻtdi

22-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov “El Yurt Umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Mazkur amaliy muloqot doirasida yosh mutaxassislarning xorijda orttirgan bilim va tajribalarini mamlakat iqtisodiyoti, ilm-fan hamda taʼlim sohalariga tatbiq etish, ularning shaxsiy rivojlanish va karyera rejalariga doir yoʻl xaritalarini belgilab olish, ilmiy loyihalar va startaplarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot tarzida, savol-javoblar tarzida oʻtdi. Stipendiatlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar va takliflarni bildirishdi. Ularning savollariga vazir Q.Sharipov va vazirlik masʼullari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view47493

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥1
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

23-aprel kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_muhandislari

⚡️Tuproq namligini o‘lchaydigan ishlanma!

“Kelajak muhandislari” festivalida Elyorbek Sunnatov taqdim etgan qurilma dehqonlar uchun chinakam yengillik yaratdi.

Endi tuproq namligini, tuz va mineral miqdorini o‘lchash, suv berishni avtomatik boshqarish – barchasi bir qurilmada.

U qanday ishlaydi?
— Tuproqdagi namlikni o‘lchaydi
— Ildizgacha suv yetganda avtomatik suvni o‘chiradi
— Tuz va minerallar miqdorini aniqlaydi
— Sug‘orishni o‘zi boshqaradi
— Faqat yerga sanchish kifoya!

Germaniyada narxi 550$, bizda esa bor-yo‘g‘i 80$.
Qahramonimiz allaqachon 1000 ta buyurtma olgan.

Bunday innovatsiyalar bilan kelajak bizniki!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43🔥7❤2🤩2