Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#test

Ko‘p sonli talablarga muvofiq, 5-may kuni bo‘lib o‘tadigan diagnostik (repetitsion) test ishtirokchilari uchun testni ishlash texnologiyalari bo‘yicha VEBINAR.

Ona tili va adabiyot fanidan (milliy test tizimi bo‘yicha ) repetitsion test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#javob_beramiz

Agar siz OTMning kunduzgi yoki kechki ta’limida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, harbiy xizmatga chaqirilish masalasi qanday hal qilinadi?

Ushbu videoda shu savolga aniq va asosli javobni topasiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤1🔥1👏1
#tashabbus
#rektor_talabalar

“Men ham rektor bo‘laman” — talabalar rektor ish stolida

Navoiy davlat universiteti rektori Muhiddin Kalonov yaqinda universitet yotoqxonasida talabalar bilan bir kechani o‘tkazgan edi. Ana shu iliq uchrashuv davomida u talabalarni o‘z ish kabinetida suhbat qurishga taklif etishga va’da bergandi. Oradan ko‘p o‘tmay, rektor o‘z so‘zida turdi va talabalarni ish kabinetida mehmon qildi.

Uchrashuv rasmiyatchilikdan yiroq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi. Talabalar rektor kursisida o‘tirib, o‘zlarini yetakchi sifatida tasavvur qilishdi, boshqaruv, ta’lim jarayonlari va talabalik hayotiga oid o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

“Rektor bilan bir stolda o‘tirish — bu katta e’tibor va ishonch. Biz bunga loyiq bo‘lishga harakat qilamiz,” — deydi talabalar.


Muloqot davomida dasturxon atrofida suhbatlar yanada iliqlashdi. Muhiddin Kalonov o‘zining hayotiy tajribalari, boshqaruvdagi yo‘l-yo‘riqlari, muvaffaqiyat va muammolarga qanday yondashgani haqida so‘zlab, yoshlarga motivatsiya berdi va ularni faol, tashabbuskor bo‘lishga chorladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁9❤2🔥1
#ilmiy_anjuman
#akademik_Alimov_80

Ilm yoʻlida ibrat – akademik Alimov yubileyiga bagʻishlangan anjuman o‘tkazildi


Bugun, 22-aprel kuni Oʻzbekiston milliy universitetida taniqli matematik olim, akademik Shavkat Alimovning 80 yillik yubileyiga bagʻishlangan “Matematik fizikaning zamonaviy usullari va ularning qoʻllanilishi” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qongʻirotboy Sharipov ochib berdi.

“Akademik Shavkat Alimovning hayoti va faoliyati – xalqimiz maʼnaviyati hamda ilm-fan ravnaqiga bagʻishlangan, samarali mehnat bilan qadr topgan sharafli yoʻldir. Uning ilmiy izlanishlari nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon ilm-faniga ham munosib hissa qoʻshgan,” – deya taʼkidladi vazir oʻz nutqida.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/47337

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥2👏2