Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#kelajak_muhandislari #ishlanma

Kelajak shu yerda – insondek harakat qiluvchi robotlar bilan!


Robot-gumanoid – bu inson shaklida yaratilgan aqlli robot bo‘lib, u:
✔️ inson harakatlarini taqlid qiladi,
✔️ sensorlar orqali atrof-muhitni sezadi,
✔️ suhbat qurishga qodir.


Bunday robotlar sun’iy intellekt yordamida mustaqil fikrlashi va qaror qabul qilishi mumkin. Ular tibbiyotdan tortib xizmat ko‘rsatish sohalarigacha keng qo‘llanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤1🔥1
#Xizmat_safari

Qoraqalpogʻistonda texnikumlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

Joriy yilning 3-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi texnikumlar faoliyati hamda ularda mavjud muammolarni muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida oʻtgan yigʻilishda taʼlim sifati, pedagog kadrlar salohiyati, infratuzilmadan samarali foydalanish, dual taʼlimni joriy etish, xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shu kuni vazir Elikqal’a Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Elikqal’a tuman politexnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U ta’lim jarayoni, laboratoriya va amaliy mashg‘ulot xonalarining jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, texnik ta’lim muassasalarini mutaxassis kadrlar tayyorlashning strategik markazlariga aylantirish lozimligini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/51527

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤3🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Koreya: agrar taʼlim va ilmiy hamkorlikka yangi surʼat berilmoqda


2025-yil 3-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Koreya Respublikasining Chungnam Milliy universiteti prezidenti Jong Kyum Kim oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Toshkent davlat agrar universiteti va Chungnam Milliy universiteti oʻrtasida bir necha yillardan buyon samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ayniqsa, 2021–2028-yillarga moʻljallangan “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi muhitini yaxshilash hamda professional kadrlarni tayyorlash” loyihasi bu hamkorlikning muhim natijasi hisoblanadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/51559

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🤔4🔥2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi "INSON" nomli filmni taqdim etdi

Mehr-oqibat, inson qadr-qimmati haqidagi filmning premyerasi Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Inson uchun" ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Zaldagilar uni ko‘z yoshlari bilan tomosha qilishdi. Tomoshadan so‘ng ko‘pchilik o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bu film ularni hayotga boshqa nazar bilan qarashga, oddiy insoniy qadriyatlarni qayta his etishga undaganini ta’kidlashdi.

Filmni tomosha qilish: https://youtu.be/Q_cSANKQGHc

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥2
#KasbiyTalim

Yangiyo‘lda kasblar festivali

Yangiyo‘l shahar 1-son politexnikumida “Men tanlagan kasb – kelajagim, faxrim mening” shiori ostida kasblar festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

Festivalda politexnikum yo‘nalishlari taqdim etilib, amaliy mashg‘ulotlar va ijodiy chiqishlar namoyish qilindi. O‘quvchilar kasblar bilan yaqindan tanishib, o‘z savollariga javob oldilar.

Tadbirni boshqarma rahbari Nasiba Kulbekova ochib berdi va yoshlarga to‘g‘ri kasb tanlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6🔥3