Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#PrezidentTopshirigʻiIjrosi
#dual_ta’lim

Andijonda dual ta’lim tajribasi o‘rganilmoqda


Toshkent shahridagi texnikum direktorlaridan iborat delegatsiya Andijon viloyatida bo‘lib, dual ta’lim tizimi joriy etilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Delegatsiya “K&M Motors”, “Uz Dong Won Co”, “ADM Electrics”, “Asaka Tekstil”, “Uz Austem” va “Yaque” kabi korxonalarda bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliyot jarayonlari va ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasining amaliy jihatlarini o‘rgandi.

Tashrif davomida ishtirokchilar dual ta’limning samarali yo‘lga qo‘yilishi, talabalarning ishlab chiqarish muhitidagi tajriba orttirishi, kadrlar tayyorlashdagi yangi yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu tajriba boshqa hududlar uchun ham amaliy ahamiyatga ega.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥3👏2😱1🤩1
#talabaga_qulaylik #TTJ

3-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “To‘rtko‘l fakulteti” hududida 400 o‘rinli talabalar yotoqxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshabayev, TDIU prorektori Sh.Sindarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Kaipbergenov, To‘rtko‘l tuman hokimi o‘rinbosari U.Allaberganov va tuman soha mutasaddilari ishtirok etishdi.


TDIU tomonidan bunyod etilayotgan talabalar yotoqxonasida zamonaviy kutubxona, kompyuter sinfi va beshta muhim tashabbus doirasida mashgʻulotlar uchun imkoniyat yaratiladi.

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤6🔥6👏2😁1