Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroHamkorlik

Yaponiyaning Kibi International University vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

14-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Yaponiyaning Kibi International University prezidenti Yuki Kake boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda universitet faoliyati bilan tanishish, O‘zbekistonda filial ochish imkoniyatlari, akademik almashinuvlar, qo‘shma tadbirlar tashkil etish va ta’lim sohasiga investitsiya jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdilar va istiqbolli yo‘nalishlarda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OgohlikDavrTalabi

❗️Diqqat, YouTube’dagi diniy ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib etuvchi nashidalardan ogoh bo‘ling!

Boisi ulardan foydalanish va tarqatish ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📹 Batafsil videolavhada

📌Hurmatli talaba-o‘quvchilar, o‘zingiz tushunmagan, ma’nosini anglamagan nashidlarni eshitish, saqlash va tarqatishdan yiroq bo‘ling!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19😁6❤1🔥1🎉1
#XalqaroHamkorlik

Oliy ta’lim bo‘yicha Xalqaro maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

13-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Xalqaro maslahat kengashi (XMK) vakillari – Alfrid Guzzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda XMK tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishi hamda Yevropa universitetlari bilan ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuvlar, qo‘shma tadqiqotlar va dolzarb global yo‘nalishlarda loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54079

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥2
#tayinlov

Sirdaryo viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Mingboyev Sohaddin Muhiddinovich
– Guliston agrotexnologiyalar texnikumi direktori lavozimiga;

Rahmonov Husniddin Davriyevich – Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi direktori lavozimiga;

Boyto‘rayev Dilshod Karomatullayevich – Sirdaryo transport texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥3
#Xalqaro_hamkorlik

Perm politexnika
milliy tadqiqot universiteti bilan bir qator ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi

14-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Perm politexnika milliy tadqiqot universiteti rektori Anton Petrochenkov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar Perm politexnika milliy tadqiqot universiteti va O‘zbekistonning turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54085

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥1