Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston delegatsiyasi ShHT davlatlari taʼlim vazirlarining toʻqqizinchi yigʻilishida faol ishtirok etdi

2025-yil 13-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlarining toʻqqizinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Anjumanda SHHTga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlari va rahbar delegatsiyalari taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaviy strategiyalar, hamkorlik istiqbollari hamda raqamli taʼlimni rivojlantirishga masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov SHHT vazirlar yigʻilishida soʻzga chiqib, mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida taʼlim sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Vazir SHHT doirasida quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi:
✅ taʼlimni raqamli transformatsiya qilish va yangi formatda tashkil etish,
✅ barqaror rivojlanish va “yashil” koʻnikmalarni rivojlantirish,
✅ universitetlarni innovatsiya va iqtisodiyot rivoji markazlariga aylantirish,
✅ akademik mobillikni kengaytirish va oʻzaro kvalifikatsiyalarni tan olish mexanizmlarini yaratish.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/53875

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2🔥2
#Final #Live #TalabalarTeatrStudiyalari

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi boshlandi

Tanlovning 2025-yilgi mavsum final bosqichi 14–16-may kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadi. Bugungi Final bellashuvida quyidagi oliy ta’lim tashkilotlarining teatr jamoalari mavsum g‘olibligi uchun o‘zaro bellashmoqda:

🏛 Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
🏛 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
🏛 Andijon davlat pedagogika instituti;
🏛 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti.

Ertaga, 15-may kuni Qarshi davlat texnika universiteti,Termiz davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Farg‘ona davlat universiteti jamoalari o‘z chiqishlari bilan qatnashadi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TopshiriqIjrosi #IjtimoiyHimoya #AbituriyentgaQulaylik

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari bepul tayyorlov kurslarida oʻqitilmoqda

Urganch davlat universiteti
tomonidan Xorazm viloyatining Bogʻot, Gurlan va Qoʻshkoʻpir tumanlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda jami 171 nafar bitiruvchi sinf oʻquvchilariga 11 ta fandan universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlov kurslari olib borilmoqda.

Ushbu tayyorlov kurslari orqali abituriyentlarni oliy ta’limga tayyorlashdan asosiy maqsad – ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, iqtidorli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan yoshlarning universitetlarga kirish imkoniyatini oshirish, bilim darajasini yanada mustahkamlashga yordam berishdan iboratdir.

Ma’lumot uchun, Prezident raisligida 2024-yil 13-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar berilgan edi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤3🔥2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #AbituriyentgaQulaylik
Endi diagnostik test natijalarini onlayn bilish imkoniyati yaratildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun elektron shakldagi diagnostik testlar taklif etilmoqda.

Endilikda diagnostik testlar yangilandi hamda ularning natijalarini onlayn tarzda bilish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Bu esa abituriyentlar uchun qulaylik va o‘z bilim darajasini tezkor baholash imkonini yaratadi.

📹 Batafsil videoyo‘riqnoma bilan tanishing (👆).

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤1🔥1
#Memorandum #TarmoqKorxonaOliygoh

Neft va gaz sohasida ta’lim-ilm-fan hamkorligi

“O‘zbekneftgaz” AJ hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida neft va gaz sanoatini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish, ilmiy izlanishlar va innovasion g‘oyalarni amaliyotga joriy etishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54076

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤2🎉1