Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Vazir Xitoydagi universitetlar rektorlari va talabalar bilan uchrashdi


O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Xitoyga tashrifi doirasida Uxan politexnika va Sinszyan tibbiyot universitetlari rahbariyati bilan uchrashdi. Muhokamalarda qo‘shma loyihalar, akademik almashinuv va ilmiy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Xitoydagi o‘zbek talabalari bilan uchrashuvlarda ularning ta’lim sharoitlari va takliflari tinglandi. Vazir talabalarni ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ko‘prigi, deya e’tirof etdi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/54815

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥1😁1
#Karyera #Mehnat_yarmarkasi

“Karera kuni” mehnat yarmarkasi: bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan muhim qadam


O‘zbekiston Milliy universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – universitet bitiruvchilarining mutaxassisliklariga mos ish o‘rinlariga joylashishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Tadbirda universitet rektori Inom Madjidov ishtirok etdi hamda yarmarkada qatnashayotgan tashkilot, korxona vakillari hamda bitiruvchi talabalar bilan muloqot qildi.

Yarmarkada respublika, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi 100 dan ortiq tashkilot, muassasa, korxona va yirik tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Ular o‘zlarining 10 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari va tashkilotlari haqida ko‘rgazmali hamda tarqatma materiallar bilan qatnashdi. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini ham namoyish etdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8🔥2🤔2❤1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Belarus ta’lim vazirlari Xitoyda uchrashdi


Xitoyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Belarus Respublikasi ta’lim vaziri Andrey Ivanes o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Suhbatda qo‘shma ta’lim muassasalari faoliyati, kasbiy malakalarni oshirish, ta’limning amaliyotga yo‘naltirilgan usullarini joriy etish, pedagoglar tayyorgarligi va zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥1