Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Forum #XalqaroHamkorlik #OliyTaʼlim

O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi

Ma’lumki, joriy yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Fransiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida O‘zbekistonda O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo kelishuv imzolangan edi.


Forum dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Departament rahbari Odil Abdurahmonov va Fransiya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Anne-Mari Deskot, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi mas’ullar ushbu universitet joylashadigan obyektni borib ko‘rdilar.

Qayd etilganidek, 1-sentabrdan ish boshlashi kutilayotgan O‘zbek-Fransuz universiteti dastlabki bosqichda Toshkent davlat texnika universiteti binosida joylashadi. Mazkur oliygohda dastlab gumanitar fanlar fakulteti tashkil etilib, “Fransuz tili va fransuz adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Kelgusida bioinformatika va qayta tiklanadigan energiya manbalariga ixtisoslashgan muhandislik fakulteti hamda intellektual transport logistikasi va tizimlariga ixtisoslashgan transport fakulteti ham tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤2🔥2😁1🤩1
#xorijdagi_talabalar #vazir_va_yoshlar

Oʻzbekiston vazirlari Budapeshtda talabalar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Vengriyaga amalga oshirgan ishchi safari doirasida Budapesht shahrida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtdi. Talabalarga Oʻzbekistonda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik dasturlari, xorijda tahsil olayotgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qaytib kelib mehnat faoliyatini boshlashdagi koʻmak mexanizmlari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/55219

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤5🔥1
O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Budapeshtga jo‘nab ketdi

Bugun, 19-may kuni Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Budapeshtda oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rasmiylari va rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti tadbirlarida ham ishtirok etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥9👍8❤1😁1
#XalqaroHamkorlik #OliyTaʼlim #Uchrashuv

Oʻzbekiston—Fransiya: taʼlim va fan sohasida umumiy istiqbollar

“Oʻzbek-Fransuz universiteti: istiqbollari va taraqqiyot” mavzusidagi Oʻzbekiston va Fransiya oliy taʼlim forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda Fransiya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Ann-Mari Dekot xonim oʻrtasida muloqot oʻtkazildi.

Muloqot chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Jumladan, akademik almashinuvlarni faollashtirish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, oʻquv dasturlarini kengaytirish va yangi tadqiqot tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida aniq kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturlari doirasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ham hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤1
#XalqaroAnjuman #Taʼlim #Forum #London

O‘zbekiston delegatsiyasi Londondagi Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda


Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov va Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro forumning joriy yildagi 21-yig‘ilishida 110 dan ortiq davlatdan ta’lim sohasidagi 140 ta vazirlik rahbariyati, shuningdek, ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi turli xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.

Forumning dastlabki kunida O‘zbekiston delegatsiyasi ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan sessiya va yig‘ilishlarda faol ishtirok etdi. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasi ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva hamda Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vaziri o‘rinbosari Yan Bilan bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda ushbu davlatlar bilan ta’lim sohasida oliy darajada erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤3🔥2👏2
#ZoʻrYangilik #KasbiyTaʼlim

⚡️Endi kasb o‘rganishni O‘zbekistonda boshlab, Germaniyada davom ettirish mumkin!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 ta texnikumda nemis ta’lim dasturi asosida “Ausbildung” (nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni chuqur o‘rgatish) tizimi joriy qilindi.

Ushbu tizim asosida o‘qishga 17-26 yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi.

O‘qish muddati 3 yil etib belgilangan bo‘lib, o‘quvchilar birinchi o‘quv yilini O‘zbekistonda, nemis tilidan B1 til sertifikatiga ega bo‘lganlar esa qolgan ikki yil dual ta’lim asosida Germaniyada tahsil oladilar.

Dastlabki bosqichda quyidagi 6 ta texnikumda 5 ta kasb bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlanadi.

🛠 Kasblar ro‘yxati:
• Yuk avtomobili haydovchisi
• Qurilish texnikasi ustasi
• Ombor logistikasini boshqarish
• Uskunalar mexanigi
• Elektromontyor

“Ausbildung” tizimi joriy etilgan texnikumlar:
🏛 Toshkent transport texnikumi;
🏛 Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi;
🏛 Samarqand shahar 2-son politexnikumi;
🏛 Samarqand shahar 3-son politexnikumi;
🏛 Xorazm qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi;
🏛 Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi.


Batafsil ma’lumot uchun bevosita yuqoridagi texnikumlar yoki quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
📞 +998970993999
🔹 @askania_bildung
🔹 Instagram

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥6🤩2👏1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2