Edu.uz
✔
143K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣

“Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston–2030 strategiyasi” IV Xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi

23–24-oktabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston–2030 strategiyasi” mavzusidagi IV Xalqaro forum o‘tkaziladi.

Ushbu an’anaviy forum xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalar hamda amaliy tajriba almashinuvi uchun samarali platforma yaratishga qaratilgan.

Forumda Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Xitoy, Indoneziya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Rossiya, Yaponiya, Malayziya, Qozog‘iston, Hindiston, Qirg‘iziston va Misr kabi davlatlardan taniqli iqtisodchi olimlar va ekspertlar, shuningdek mamlakatimizning yetakchi iqtisodchilari ishtirok etadi.

Tadbir doirasida 3 ta ilmiy-amaliy konferensiya, master-klasslar, tematik ko‘rgazmalar hamda xalqaro yoshlar festivali o‘tkaziladi. Shuningdek, talabalar va yosh olimlar o‘rtasida startap va ilmiy maqolalar tanlovlari, fan olimpiadalari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Forum haqidagi batafsil ma’lumotlar strategy2025.tsue.uz saytida, shuningdek universitetning rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

#Forum #TSUE #Oʻzbekiston2030

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumi

Ayni paytda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rektorlar forumi” o‘z ishini olib bormoqda.

Ushbu nufuzli anjumanda respublika bo‘yicha 200 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, sohaning yetakchi mutaxassislari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

– Bugun dunyoning ilg‘or universitetlari taʼlim samaradorligini oshirish, talabalarning o‘quv faoliyatini tahlil qilish, dars jarayonini individuallashtirish, akademik halollikni taʼminlash kabi vazifalarda sunʼiy intellektdan amaliy yordamchi sifatida foydalanmoqda,

– dedi H. Umarova.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov fikriga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston oliy taʼlim tizimi uchun eng ustuvor vazifalardan biri – universitetlarni sunʼiy intellekt sohasida bilim, tajriba va ilmiy izlanishlar markaziga aylantirishdir.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110553

#live #forum #sunʼiy_intellekt

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍10🤔4😁3😱2
#live #forum #sunʼiy_intellekt

Tadbir davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Vazirlik huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Bahodir Ahmedovning maʼruzalari tinglandi.

Maʼruzachilar sunʼiy intellektni oʻquv jarayoniga integratsiya qilish, talabalar ehtiyojiga moslashtirilgan taʼlim modellarini rivojlantirish, taʼlim jarayonini boshqarishda katta maʼlumotlar tahlilidan foydalanish, shuningdek, akademik halollikni taʼminlashda ilgʻor intellektual texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha oʻzaro tajriba va amaliy yechimlarni taqdim etdilar.

Shundan soʻng, forum oʻz ishini “Oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish”, “Sunʼiy intellekt savodxonligi: etik meʼyorlar va amaliy koʻnikmalar”, “Oliy taʼlimda raqamli transformatsiya”ga bag‘ishlangan panel sessiyalarda davom ettirmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍7😁1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#forum #sunʼiy_intellekt

Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar
forumidan video lavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍10👏3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#forum #sunʼiy_intellekt

Rektorlar forumi ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markazida

“Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rektorlar forumi” doirasida tadbir ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110668

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤11👏3🔥1🎉1
#Forum

"IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” bo‘lib o‘tdi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Turizm kafedrasi tashabbusi bilan "21-fevral – Butunjahon turizm gidlari kuni" munosabati bilan "IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” tashkil etildi.

Forumda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari, Xorazm viloyati Turizm boshqarmasi mas’ullari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida mehnat qilayotgan gidlar, Urganch davlat universiteti Turizm kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turizm gidlari faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy gidlik standartlari, xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda gidlarning o‘rni, milliy madaniy merosni targ‘ib etish hamda xorijiy sayyohlar bilan ishlash madaniyatini oshirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.


Tadbir yakunida samarali faoliyati olib borayotgan gidlar turli nominatsiyalar bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining sertifikati va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤5🥰1🤩1
#Forum #xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi oʻtkazildi


Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 13-mart kuni Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tadbir ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

S. Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida boʻlib oʻtgan forumda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi rahbarlari, ikki mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Rahim Saidzoda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ergash Shoismatov ishtirok etdilar. Forum doirasida ikki davlat oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy-tadqiqotlar hamda innovatsion rivojlanish masalalari muhokama qilindi.

Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov oʻz nutqida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida oliy taʼlim hamkorligi soʻnggi yillarda izchil rivojlanib borayotganini taʼkidlab, 2018-yilda ikki davlat hukumatlari oʻrtasida oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanishi ushbu yoʻnalishdagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqanini qayd etdi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/142404

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤6🔥1👏1
#Forum #xalqaro_hamkorlik #vazir

Oʻzbekiston va Tojikiston taʼlim vazirlari uchrashuvida hamkorlikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilindi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Rahim Saidzoda bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida Tojikistonda oʻzbek tilini oʻqitishni rivojlantirish, ikki davlatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish hamda akademik almashinuvni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/142519

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2🔥1
#Forum #xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Tojikiston oliygohlari rektorlari pedagogik taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va raqamli texnologiyalar boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida bir qator muhim mavzularga bagʻishlangan seksion yigʻilishlar tashkil etildi. Ularda ikki mamlakat universitetlari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etib, taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Jumladan, pedagogik taʼlim va gumanitar fanlarga bagʻishlangan shoʻba yig'ilishida pedagog kadrlar tayyorlashni modernizatsiya qilish, qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish, til siyosati hamda akademik mobillikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu yoʻnalishda universitetlar oʻrtasida tajriba almashish va qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/142520

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍5🔥2👏1
#Forum #xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Tojikiston universitetlari oʻrtasida 60ga yaqin hamkorlik hujjatlari imzolandi

Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida ikki mamlakat universitetlari oʻrtasida keng koʻlamli hamkorlikni nazarda tutuvchi qator hujjatlar imzolandi.

Forum davomida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish hamda akademik mobillikni kengaytirishga qaratilgan 60 dan ortiq shartnoma, kelishuv va memorandumlar qabul qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/142518

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤11👏2
#Forum #xalqaro_hamkorlik

Dushanbeda O‘zbek tili va madaniyati markazi ochiladi

Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida Sotim Ulugʻzoda nomidagi Xalqaro chet tillar universitetida Oʻzbek tili va madaniyati markazini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamda Sotim Ulugʻzoda nomidagi Xalqaro chet tillar universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuvga muvofiq, kelgusida universitet huzurida Oʻzbek tili va madaniyati markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/142569

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍5🔥2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat bozori va taʼlim integratsiyasiga bagʻishlangan Xalqaro ish beruvchilar forumi boʻlib oʻtdi

Toshkent shahrida “2026-yilda mehnat bozori: ish beruvchilar talablari va kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi” mavzusida Xalqaro ish beruvchilar forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti hamda Oʻzbekiston ish beruvchilar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Forumni Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov ochib berib, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish, taʼlim sifati va mehnat bozori talablari oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni taʼminlash bugungi kundagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri ekanini taʼkidladi.


#Forum

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/149740

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2
#xalqaro_hamkorlik #forum

O‘zbekiston – Qirg‘iziston III Rektorlar forumi o‘z ishini boshladi


Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi o‘z ishini boshladi. Nufuzli xalqaro muloqot maydonida ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda akademik hamjamiyat vakillari ishtirok etmoqda.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Qirg‘iziston Respublikasi fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri Gulzat Isamatova hamda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Ulan Mamatkanov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar xususida fikr bildirdi.


Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/199052

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
👍9❤6🔥1
#xalqaro_hamkorlik #forum

O‘zbekiston – Qirg‘iziston III Rektorlar forumida talabalarning startaplari namoyish etildi


O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida ikki mamlakat talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar va startaplar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma yoshlarning zamonaviy bilim va texnologiyalarni amaliy yechimlarga aylantirish, ilmiy-innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish borasidagi salohiyatini namoyish etish uchun muhim platformaga aylandi.


Ko‘rgazmada Toshkent davlat transport universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari va boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, texnologik yechimlar va amaliy loyihalar taqdim etilib, ularning yaratilish g‘oyasi, texnologik imkoniyatlari hamda amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/199052

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤9👍4👏1
✅✅✅✅

I Markaziy Osiyo talabalar sporti forumi oʻtkaziladi


Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Ederning Oʻzbekistonga tashrifi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekistonning talabalar sporti sohasidagi ilgʻor tajribasini butunjahon sport hamjamiyatiga tanitish va boshqa davlatlarda qoʻllash maqsadida 2026-yil 29-sentabrdan 2-oktabrgacha
I Markaziy Osiyo talabalar sporti forumi boʻlib oʻtadi.

Forum doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda xalqaro universitet sporti tashkilotlari vakillari ishtirokida talabalar sportini rivojlantirish, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va oʻzaro hamkorlik istiqbollarini belgilashga qaratilgan uchrashuv hamda tadbirlar tashkil etiladi.

Tadbirda Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) rahbariyati, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va Turkmaniston talabalar sporti federatsiyalari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

👉 На русском
👉 In English

#MarkaziyOsiyo #TalabalarSporti #Forum #FISU

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥5👍1😁1
Vazir FISU va AUSF rahbariyati vakillari bilan uchrashdi

2026-yil 29-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) va Osiyo universitetlar sporti federatsiyasi (AUSF) rahbariyati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda FISU prezidenti Leonz Eder, Xalqaro universitet sporti federatsiyasi bosh kotibi oʻrinbosari Fernando Silva Parente, Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi prezidenti Qayrat Qayrullinovich, Moʻgʻuliston talabalar sporti federatsiyasi bosh kotibi Jargalsayxan Dorjsuren hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumini yuqori saviyada tashkil etish, Oʻzbekistonda talabalar sportini rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish hamda universitetlar sporti sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/226056

👉 На руском
👉 In English

#Forum #Talabalar_sporti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👏3😱1
#xalqaro_hamkorlik #forum

O‘zbekiston va Ozarbayjon oliygohlari rektorlarining II forumi bo‘lib o‘tmoqda


Xonkendi shahrida Ozarbayjon va O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida II rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Ta‘lim va ilm-fan vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta‘lim vazirligi hamkorligida tashkil etilib, unda ikki mamlakatdan 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/233943

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤8👍5
#Forum #StudyInUzbekistan #Taʼlim

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi


“Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum Prezidentimizning 2025-yil 15-sentyabrdagi yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.


Forumda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari, xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami 1 500 dan ortiq ishtirokchi kutilmoqda.

Asosiy maqsad: Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.

Dasturda:
➖ rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
➖ taʼlim vazirlarining davra suhbati;
➖ parallel sessiyalar;
➖ “Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.


Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.

forum.edu.uz

📅 28-oktabr, 2026-yil
📍 Toshkent, “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

👉 На русском 
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤15🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum #StudyInUzbekistan #Taʼlim

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi


28-oktabr kuni “Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tashkil etilmoqda.


Forumda Özbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari, xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami 1 500 dan ortiq ishtirokchi kutilmoqda.

Asosiy maqsad: Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.

Dasturda:
➖ rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
➖ taʼlim vazirlarining davra suhbati;
➖ parallel sessiyalar;
➖ “Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.


Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.

forum.edu.uz

📅 28-oktabr, 2026-yil
📍 Toshkent, “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

👉 На русском 
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤12👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum | #Study_in_Uzbekistan

“Study in Uzbekistan” körgazmasi ötkazildi

Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi doirasida Özbekistonning ta’lim salohiyatini xalqaro miqyosda keng tarğib etiş, mamlakatimiz oliy ta’lim taşkilotlarining imkoniyatlarini namoyiş qiliş hamda xorijiy talabalarni Özbekistonda ta’lim olişga jalb etish maqsadida “Study in Uzbekistan” körgazmasi taşkil etildi.

Körgazmada mamlakatimiz oliy ta’lim taşkilotlarining ta’lim dasturlari, xalqaro hamkorlik yönalişlari, talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar hamda xorijiy abituriyentlar uçun mavjud imkoniyatlar namoyiş etildi.

Mazkur körgazma Özbekistonning xalqaro ta’lim makonidagi nufuzini mustahkamlaş, oliy ta’lim muassasalarining xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini kengaytiriş hamda mamlakatimizning mintaqaviy ta’lim markazi sifatidagi mavqeyini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍1🔥1