#aksiya
Toza qoʻl – sogʻlom hayot!
Unutmang:
🔹 Qoʻl yuvish orqali kasalliklarning 80% oldini olish mumkin. Sovun bilan qoʻl yuvish gripp, OʻRVI, diareya kabi kasalliklardan samarali himoya qiladi.
🔹 Qoʻl yuvish nafaqat sogʻliq, balki iqtisodiy foyda ham keltiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitobiga koʻra, gigiyena qoidalariga amal qilish orqali har yili milliardlab dollar tibbiy xarajatlar kamayadi.
🔹 Qoʻl yuvish bolalar hayotini saqlab qoladi. Dunyoda har yili millionlab bolalar qoʻl gigiyenasiga amal qilinmagani sababli hayotdan ko‘z yumadi.
Oliy ta’lim muassasalari ham “Toza qoʻllar” aksiyasida faol ishtirok etishmoqda:
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toza qoʻl – sogʻlom hayot!
Unutmang:
Oliy ta’lim muassasalari ham “Toza qoʻllar” aksiyasida faol ishtirok etishmoqda:
➡️ Andijon davlat tibbiyot institutining barcha qoʻl yuvish joylari zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlandi;➡️ Xalqaro innovatsion universiteti “Talabalar turar joyi”da “Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish” mavzusida “Toza qo'llar” tadbiri o'tkazildi;➡️ TDTU Termiz filiali talabalari tomonidan qo‘llarni to‘g‘ri yuvish texnikasi bo‘yicha video tavsiya tayyorlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1🥰1👏1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konferensiya
📹 “O‘zbekiston Respublikasi uchun energetika sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash” mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya jarayonlaridan videolavha
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥1
O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazish taklif qilindi
“Karmelita” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Kelgusi yilni O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilish taklifi bildirildi.
Ta’lim almashinuvi bo‘yicha “Stipendium Hungaricum” dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Shuningdek, ikki mamlakatda tan olinadigan diplomlar berish tizimini joriy etish va mamlakatimizda Vengriya oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shu ma’noda, joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazish taklif qilindi.
#Mirziyoyev #Tashrif #Vengriya #Muzokara

👍20🔥3❤1
#Tanishtiruv
Nukus davlat texnika universiteti jamoasiga yangi tayinlangan rektor tanishtirildi
20-may kuni Nukus davlat texnika universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Murot Atamuratov, Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Bayram O‘temuratov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda universitet jamoasi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich tayinlangani ma’lum qilindi va jamoaga rasmiy ravishda tanishtirildi.

Tadbirda Prezident qarori asosida mazkur universitetning tashkil etilishi mamlakatimizda muhandislik va texnologiyalar sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlashga xizmat qiluvchi muhim qadam ekani ta’kidlandi. Shuningdek, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich tayinlangani ma’lum qilindi va jamoaga rasmiy ravishda tanishtirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31🔥3🤔1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo_2025
21–23-mау kunlari Toshkent shahridagi “Zakovat” arenasida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun “TalabaExpo-2025” kasblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 700 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlar vakillari yoshlar uchun manfaatli va daromadli ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi.
O‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchilar uchun esa tijorat banklari va moliyaviy tashkilotlar mutasaddilari bilan to‘gridan to‘g‘ri muloqot imkoniyati.
3 kun davom etadigan keng masshtabli ko‘rgazma davomida:
🔸 “Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
🔸 Seminarlar;
🔸 “Biznes loyihalari” va startap loyihalar taqdimoti;
🔸 “Ochiq mikrofon” va “Talaba – talant” kreativ shousi;
🔸 MFaktor, Eduon, Deli.uz, Dekos.uz kabi kompaniyalar asoschilari bilan uchrashuvlar;
🔸 “TalabaStartUp Pitch”, “Vericase” tanlovlari;
🔸 Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!
📅 Sanasi: 21–23-may
🔘 Ochilish marosimi: 21-may, 9:30 da
📍 Manzil: “Zakovat” arena
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bitiruvchi talabalar diqqatiga!
21–23-mау kunlari Toshkent shahridagi “Zakovat” arenasida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun “TalabaExpo-2025” kasblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 700 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlar vakillari yoshlar uchun manfaatli va daromadli ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi.
O‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchilar uchun esa tijorat banklari va moliyaviy tashkilotlar mutasaddilari bilan to‘gridan to‘g‘ri muloqot imkoniyati.
3 kun davom etadigan keng masshtabli ko‘rgazma davomida:
📅 Sanasi: 21–23-may
🔘 Ochilish marosimi: 21-may, 9:30 da
📍 Manzil: “Zakovat” arena
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥2
#xalqaro_anjuman
Oʻzbekiston–Fransiya taʼlim forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
19–20-may kunlari Oʻzbekiston Milliy universiteti mezbonlik qilgan Oʻzbekiston–Fransiya taʼlim forumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ikki kunlik forumda har ikki mamlakatning oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiya sohasidagi yetakchi muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning yopilish marosimida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev, Fransiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Aureliya Bushe xonim hamda ikki davlatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro anjuman doirasida qizgʻin, foydali va oʻzaro manfaatli fikrlar almashinuvi boʻlib oʻtdi. Ikkala tomondan ham oliy taʼlim jarayoniga oid qator muhim fikrlar va yangi gʻoyalar ilgari surildi.
Forumning eng muhim yangiligi sifatida 2025/2026-oʻquv yilidan Oʻzbekistonda Oʻzbek–Fransuz universiteti oʻz faoliyatini boshlashi belgilab olindi.

👍13👏2🔥1