Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Konferensiya #YoshlarBandligi

O‘zbekiston energetikasi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasi muhokama etildi

20-may kuni Toshkent shahridagi “MEI” Milliy tadqiqot universiteti filialida “O‘zbekiston Respublikasi uchun energetika sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi, Rossiya Federatsiyasi elchixonasi vakillari, soha korxonalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyaning maqsadi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishishga qaratilgan.

Anjuman doirasida talabalarning ish beruvchilar bilan uchrashuvi hamda ko‘rgazmali qurilmalar namoyishi ham tashkil etildi. “O‘zbekgidroenergo”, “Milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ kabi yirik korxonalar bilan talabalar bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda “MEI” filialida 7 ta kunduzgi va 6 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 596 nafar talaba tahsil olmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥1
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Batirbek Tulepbergenovich Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

B.Kaipbergenov bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍65👏6❤4🎉4🔥3
#ikkinchi_kun #forum

O‘zbekiston–Fransiya oliy ta’lim forumi davom etmoqda

Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston va Fransiya oliy ta’lim tizimi vakillari ishtirokida “O‘zbek–Fransuz universiteti: istiqbollari va taraqqiyot” mavzusida forumning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur anjumanda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlari, olimlar, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonda yangidan tashkil etilayotgan O‘zbek–Fransuz universitetining konsepsiyasi, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Forum doirasida, shuningdek, “Fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘rganish magistratura dasturi: maqsad va istiqbollari” mavzusida muhim uchrashuv o‘tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤2