Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Munozara #Final

Xorazmda “Munozara” respublika turnirining final bosqichi boshlandi

11–13-iyun kunlari Urganch davlat pedagogika institutida oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Turnir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan.

Unda mamlakatning turli hududlaridan saralangan 18 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bahslar mantiqiy fikrlash, nutq madaniyati va ijtimoiy dolzarb mavzular asosida olib borilmoqda.

Turnirning ilk kunida guruh bosqichi yakunlandi. 12-iyun kuni chorak va yarim final bahslari o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biologiya #Olimpiada #Final

Jizzaxda biologiya fanidan Respublika fan olimpiadasi boshlandi


12-iyun kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida biologiya fanidan Respublika fan olimpiadasi boshlandi. Bellashuvda mamlakatdagi turli oliy ta’lim muassasalarining 50 ga yaqin iqtidorli talabalari ishtirok etmoqda.

Olimpiada ikki bosqichda o‘tkazilmoqda: birinchi bosqichda nazariy bilimlar sinovdan o‘tkazilsa, ikkinchi bosqich amaliy topshiriqlarga asoslangan. Bellashuvlar ilmiy tahlil, mantiqiy fikrlash va ijodiy yondashuvni talab qiladigan kompleks topshiriqlar orqali tashkil etilgan.

Tadbir uchun barcha tashkiliy va texnik shart-sharoitlar yaratilgan. Ishtirokchilarning ota-onalari uchun kutish zallari tayyorlangan bo‘lib, ular olimpiada jarayonini jonli efir orqali kuzatish imkoniga ega.

Olimpiada g‘oliblari magistraturaga davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👏4👍2🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan 20 mln AQSH dollari qiymatidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyildi


Ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tayotgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Hilton” mehmonxonasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari – “ACWA Power” va “DataVolt” rahbarlari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng boʻlgan loyihalarni oʻz ichiga oladi.

➡️Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60547

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏8❤3👍3🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarbiya oiladan boshlanadi

— Axlatchilar keldi, aka.
— Axlatchilar?! Yo‘q. Ular tozalovchi. Bizni tozalashadi. Haqiqiy axlatchi bizmiz ukam...


#IjtimoiyRolik #EkofaolTalabalar

©️TDTU Olmaliq filiali talabalari ijodi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36🔥13❤11😁1🤩1
O‘zbekiston delegatsiyasi Chengduda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-texnologik konferensiyada ishtirok etdi

11-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi Ikkinchi xalqaro ilmiy-texnologik almashinuv konferensiyasi hamda fan, texnologiyalar va innovatsiyalar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yirik anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Konferensiyada 91 davlat va 17 xalqaro tashkilotdan 1500 nafardan ortiq delegat qatnashdi. Xususan, vazirlar yig‘ilishida 42 ta davlat vakillari ishtirok etib, global muammolarga qarshi ilmiy yondashuv va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Anjuman doirasida vazir o‘rinbosari O.Mahkamov Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Shu bilan birga, ushbu xalqaro anjumanda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iUNRC (Tadqiqot hamkorligi uchun universitetlar tarmog‘i) a’zoligiga rasman qabul qilindi. Bu orqali universitet O‘zbekiston nomidan iUNRCda ishtirok etuvchi ilk oliygohga aylandi.

#XalqaroAnjuman #OliyTaʼlim #Hamkorlik #Eʼtirof

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍2🔥1🤔1