Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Olimpiada #IT #TATU #Informatika

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Respublika olimpiadasi: Boʻlajak IT mutaxassislari TATUda bellashdilar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida informatika va axborot texnologiyalari sohasining eng iqtidorli yoshlari jamlandi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Respublika fan olimpiadasi qizgʻin oʻtkazildi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun 82 nafar talabgor ariza topshirgan boʻlib, ulardan 52 nafar talaba olimpiadada ishtirok etdi. Qizgʻin bahslar va sinovlar natijasida 9 nafar talaba yuqori ball toʻplab, 2- bosqichga oʻtdi. Yakuniy bosqichda esa oʻz bilim va mahoratini toʻliq namoyon etgan 3 nafar talaba gʻolib deb topildi!

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60390

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍6🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

Bolgariya Prezidenti O‘zbekistonning sanoat va innovatsion salohiyatini yuqori baholadi

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamrohligida Toshkent shahridagi Texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/729118

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍7😁3🔥2🤔2
🔹🔹🔹🔹

🗣“Dolzarb 90 kun” loyihasi davom etmoqda!

✅Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni ma’naviy jihatdan boyitish maqsadida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🔘 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida voleybol bo‘yicha fakultetlararo universitet birinchiligi o‘tkazildi.

🔘 Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “ILHAQ” badiiy filmi namoyish etildi.

🔘Zamonaviy texnologiyalarga qiziquvchi o‘quvchilar uchun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tomonidan tashkil etilgan robototexnika to‘garagi katta qiziqish uyg‘otdi.

🔘Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” turnirining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

🔘Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Zukko kitobxon” mavzusida mashg‘ulotlar tashkil etildi.

🔘Guliston davlat pedagogika institutida rektor tashabbusi bilan “Haftada bir kitob o‘qing” loyihasi amalga oshirildi.

🔘Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida “Yuksalish” maktabi bilan hamkorlikda sport mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

🔘 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” respublika turnirining mahalliy bosqichi o‘tkazildi.

🔘 Jizzax politexnika institutida “Counter-Strike 2” va “PUBG Mobile” bo‘yicha kibersport musobaqalari o‘tkazildi.

🔘Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Dilbuloq” mahallasida unutilmas adabiyot va sheʼriyat kechasi tashkil etildi.

🔘 Farg‘ona davlat texnika universitetida bitiruvchi talabalar va rahbariyat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔘 Oʻzbekiston milliy universiteti tashabbusi bilan Arnasoy tumani Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida “Yoshlar festivali” tashkil etildi.

🔘 Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Kitobxon yoz – 2025” shiori ostida “Yulduzli tunlar”, “Ikki eshik orasi”, “Oybegim mening” asarlari targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.

🔘Namangan davlat chet tillari institutida “Rektor kubogi” musobaqalari tashkil etildi.


✅“Dolzarb 90 kun” – bu faqat loyiha emas, balki yoshlarning tafakkuri, salohiyati va jismoniy barkamolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi keng qamrovli harakatdir. Tadbirlar davom etmoqda!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍8🔥1