Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.66K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#IT_talabalari_Hakaton_2021

TALABALAR UCHUN YILNING ENG KATTA HAKATONI!

12–14-noyabr kunlari BEPRO va Toshkent shahridagi Amity universiteti bilan hamkorlikda “STUDENTHACK2021” IT musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

#Hackathon — IT-loyihalari yoki gʻoyalari boʻlgan jamoalar uchun musobaqa boʻlib, malakali mutaxassislar loyihalarning toʻliq prototipga aylanishiga yordam beradi.

🏆 Bosh mukofot: Dubayga sayohat.

👨🏻🎓Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Bunda, respublika OTM talaba-yoshlari yakka ishtirokchi yoki 4 kishilik jamoa bo‘lib: loyiha menejeri, dasturchi, dizayner, tahlilchi ishtirok etishlari mumkin.

⚠️ MUAMMO emas, agar:

✅ Jamoadagi rollarning tarkibi bizning tasavvurimizdan farq qilsa, sizning jamoangiz va gʻoyalaringiz bilan tanishishga tayyormiz.

✅ Jamoangiz yoʻqmi? Biz uni siz kabi yosh ixlosmandlardan shakllantiramiz.

👉 Roʻyxatdan oʻting
☝️ Gʻolib boʻling!

📞Telefon: 71-277-55-44; 93-509-08-09
💬Telegram: @beproedu

👉На русском:
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhandislik #IT #topshiriq_ijrosi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy muhandislik maktabi tashkil etildi

Qayd etish joizki, universitetda tarmoq korxonalari bilan hamkorlikda 14 ta o‘quv laborotoriyalari tashkil etilgan bo‘lib, ularga qiymati 7 mlrd so‘mga teng mag‘lag‘lar hisobidan zamonaviy texnologiyalar keltirilgan.

📹 Batafsil videoreportajda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍38❤5🔥3😱2🤔1
#IT_Community

“
IT Community Roadshow”ni Olmaliq va Gulistonda kutib oling!

Ayni kunlarda hududlarda IT sohasida karyera qilishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda “Roadshow” spikerlari va yuqori IQ darajasiga ega IT mutaxassislari ishtirokida kasb tanlash va axborot texnologiyalari sohasiga kirib borish va orzudagi ish topish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ular o‘z tajriba hamda maslahatlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Roadshow dasturida:

🎤karyera qilish va uni rivojlantirish, startapni ishga tushirish, sun’iy intellekt, “LinkedInda” professional brend va shaxsiy samaradorlik bo‘yicha mahorat darslari;
🔥 netvorking sessiyasi va faol ishtirokchilar uchun sovrinli viktorina.


📌 Tadbirga bot orqali ro‘yxatdan o‘tiladi: https://t.me/itcomuzbot. Ishtirok etish mutlaqo bepul!

Olmaliq shahrida:
16-noyabr (shanba), “Metallurg” madaniyat saroyi.

Guliston shahrida:
17-noyabr (yakshanba), Alisher Navoiy Shoh ko‘chasi, 260A (Prezident maktabi).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #IT #Smart_class

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Koreya Respublikasining nufuzli kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy “Smart Class” laboratoriyasi ochildi.


Hancom kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan ushbu loyiha ochilish marosimida ikki tomonlama hamkorlik kelishuv shartnomasi ham imzolandi.

Ushbu hujjatga asosan universitet talabalarining zamonaviy IT, koreys va ingliz tillari bo‘yicha ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsad qilinmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16
#IT #natija #taqdirlash

“Huawei ICT Competition 2024/2025” mintaqaviy finalida o‘zbekistonlik o‘qituvchi va talabalar taqdirlandi


Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Huawei ICT Competition 2024/2025” AKT bo‘yicha mintaqaviy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Toshkent shahridagi Inha universitetining 6 nafar talabasi “Huawei ICT Academy”ning 10 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan final bosqichi va tadbirlarida ishtirok etishdi.

“Huawei ICT Competition 2024/2025” AKT tanlovining final bosqichida TATUning 3 nafar talabasi tomonidan taqdim etilgan “Sahiya” loyihasi 1-o‘rinni egalladi va hakamlar hay’ati tomonidan raqamli inklyuziyadagi innovatsiyalar uchun taqdirlandi.

Shuningdek, tanlovning amaliyot bellashuvida ishtirok etgan TATU va Inha universiteti talabalaridan iborat jamoa 3-o‘rinni egallab, mukofotlandi.

Marosimda TATU o‘qituvchisi Azamat Qodirov “Outstanding new instructor” nominatsiyasida “Huawei ICT Academy”ning 50 dan ortiq talabalarini o‘qitgani, HCIA xalqaro sertifikatini olganligi va Akademiyaning universitetdagi AKT faoliyatining ajoyib natijalari uchun mukofotlandi.

👉Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤7🔥2
#Xushxabar #XalqaroMusobaqa #IT

TATU talabalari Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada faxrli 3-o‘rinni egalladi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition 2024–2025 xalqaro musobaqasining global finalida ishtirok etib, Innovatsion trek yo‘nalishida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi va 4 ta medal bilan taqdirlandi.

Musobaqa 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalarni qamrab olib, 2000 dan ziyod kollej va universitetlardan 210 mingdan ortiq talabalar va o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazildi. Yakuniy bosqichda 48 mamlakat va mintaqadan 179 ta eng kuchli jamoalar bellashdi.

TATU jamoasi global finalda eshitish qobiliyati cheklangan foydalanuvchilar uchun sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan “Sahiya” nomli innovatsion ilova bilan ishtirok etdi. Ilova ijtimoiy ahamiyati va texnologik yechimi bilan e’tirof etilib, hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

Mazkur yutuq mamlakatimizda AKT sohasi bo‘yicha yoshlargav ta’lim berish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlarning samarasidir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍9🎉4🔥3
#Olimpiada #IT #TATU #Informatika

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Respublika olimpiadasi: Boʻlajak IT mutaxassislari TATUda bellashdilar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida informatika va axborot texnologiyalari sohasining eng iqtidorli yoshlari jamlandi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Respublika fan olimpiadasi qizgʻin oʻtkazildi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun 82 nafar talabgor ariza topshirgan boʻlib, ulardan 52 nafar talaba olimpiadada ishtirok etdi. Qizgʻin bahslar va sinovlar natijasida 9 nafar talaba yuqori ball toʻplab, 2- bosqichga oʻtdi. Yakuniy bosqichda esa oʻz bilim va mahoratini toʻliq namoyon etgan 3 nafar talaba gʻolib deb topildi!

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60390

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍6🔥1
#Mirziyoyev #taqdimot #IT #talim

Raqamli taʼlim orqali yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli taʼlim ekotizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda 2030-yilgacha raqamli iqtisodiyotning yangi yo‘nalishlarida yana 500 mingta ish o‘rni yaratish, 5,5 million nafar yoshni an’anaviy va masofaviy shakllarda o‘qitishga qaratilgan yondashuvlar koʻrib chiqildi.

Asosiy yo‘nalishlar:
✅sun’iy intellekt, robototexnika, dasturlash va kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha ta’limni kengaytirish;
✅oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash va talabalarning amaliy loyihalardagi ishtirokini oshirish;
✅onlayn ta’lim platformalari va qisqa muddatli raqamli kurslarni rivojlantirish;
✅“Raqamli yoshlar” platformasi orqali yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mehnat bozori bilan bog‘lash;
✅chekka hududlarda raqamli ta’lim markazlarini tashkil etish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

Shuningdek, raqamli ta’limga xalqaro texnologik kompaniyalarni jalb qilish va grantlar hajmini oshirish vazifalari belgilandi.

Prezident ta’lim sifati, yoshlarning amaliy ko‘nikmalari va ularning ish bilan ta’minlanishini raqamli ta’lim samaradorligining muhim mezonlari sifatida qayd etdi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥5👍1