“Dolzarb 90 kun” doirasida Buxoro viloyatida tadbirlar yuqori saviyada o'tkazilmoqda
Buxoroda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi. Viloyatning eski shahar qismidagi «Poyi kalon» majmuasi, «Shahriston» maydoni, «Ark» qo‘rg‘oni atrofida tashkil etilgan loyiha, ko‘rgazma va dasturlarlar doirasida 15 mingdan ziyod yoshlar ishtiroki ta’minlandi.
Oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida Talabalar kibersport o‘yinlari viloyat bosqichi musobaqa o‘tkazildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lmoqda. To‘garaklar, sport musobaqalari, ilmiy va ijodiy tanlovlar, seminar-treninglar orqali talabalar nafaqat bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab bormoqda, balki bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘z qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Osiyo xalqaro universitetida yoshlar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, shuningdek, jamoaviylik ruhini shakllantirish maqsadida “Intellektual maydon” loyihasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. universitet binolari bo’ylab “Stol tennisi” musobaqasi, “Kino time”, laboratoriya xonalarida har xil to’garaklar va psixologlar tomonidan har xil seminar-treninglar tashkil qilindi. Buxoro musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan "Buxoroga sayohat" nomli komedik spektaklni tomosha qilishdi va unda faol ishtirok etishdi.
Buxoro davlat universiteti "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik g'oyasini anglash" mavzusida debat o'tkazildi. Debatda universitet rahbariyati, pedagog xodimlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Buxoro shahridagi favvoralar maydonida yoshlar uchun universiteti san’atshunoslik va pedagogika fakultetining iqtidorli talabalari va Milliy cholg'ular ansambli hisobot konsert dasturi tashkil etildi.
Buxoro davlat pedagogika institutida harbiy ta’lim fakultetida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.
Buxoro davlat texnika universiteti talabalari o‘rtasida sun’iy intellekt sohasiga qiziqishni oshirish, texnologik tafakkurni rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “UNICORN-AI” Rektor Kubogi musobaqasi o'tkazildi.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lmoqda. To‘garaklar, sport musobaqalari, ilmiy va ijodiy tanlovlar, seminar-treninglar orqali talabalar nafaqat bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab bormoqda, balki bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘z qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Bizni
kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27🔥6🤔3😁2🥰1
Forwarded from Innovatsion rivojlaniş agentligi
#diqqat_tanlov
Eslatib o‘tamiz, e’lon qilingan quyidagi tanlovlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda!
📥 Seysmologiya sohasidagi muammolarni birga hal qilamiz! Muddat: 16.07.2025
📥 “Oʻzbekiston-Xitoy” xalqaro qoʻshma Muddat: 16.06.2025
📥 Xalqaro reyting va indekslarni birga tadqiq etamiz! Muddat: 10.07.2025
📥 ShHT: qoʻshma loyihalar tanlovi Muddat: 30.06.2025
📥 Elektrotexnika sohasidagi innovatsion loyihalar tanlovi Muddat: 01.08.2025
📥 Farmatsevtika yoʻnalishidagi amaliy loyihalar tanlovi Muddat: 15.07.2025
📥 “Oʻzbekiston-Rossiya” xalqaro qoʻshma tanlovi Muddat: 15.07.2025
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Eslatib o‘tamiz, e’lon qilingan quyidagi tanlovlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍2🔥2
#marifat_maydoni2025 #final
🗣 Xorazmda “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
🔷 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning ochilish marosimi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida bo‘lib o‘tdi. Unda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov hamda TTA Urganch filiali direktori Rashid Ruzibayev so‘zga chiqib, jamoalarga omad tiladi.
✔️ Shundan so‘ng jamoalarning “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya” sharti bo‘yicha chiqishlari boshlandi.
🗣 Bugun tanlovning ikkinchi kuniga Urganch davlat universiteti mezbonlik qilmoqda. Ikkinchi kun bellashuvi “Tezkor savol-javob” sharti bilan boshlandi. Ushbu shartda ishtirokchilar o‘zbek adabiyotining mashhur namoyondalari hayoti, ijod yo‘li, asarlari, ular yaratgan qahramonlari haqida chuqur bilimlarini namoyish etdi. Ayni paytda jamoalar so‘nggi “Adiblar hayoti” sharti bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov goliblari vazirlik tomonidan I, II, III darajali diplom hamda 1-o‘rin 40 million so‘m, 2-o‘rin 25 million so‘m, 3-o‘rin 20 million so‘m, 4-o‘rin 10 million so‘m va 5-o‘rin 5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🟪 Final bosqichi ishtirokchi jamoalari:↪️ O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi↪️ Samarqand davlat tibbiyot universiteti↪️ Namangan davlat pedagogika instituti↪️ Samarqand davlat universitetining Urgut filiali↪️ Termiz davlat pedagogika instituti↪️ Qarshi xalqaro universiteti↪️ Toshkent davlat yuridik universiteti↪️ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti↪️ Buxoro davlat tibbiyot instituti

❤12👍2