Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #KasbiyTaʼlim

VET4UZ loyihasining 1-bosqichi yakunlari muhokama qilindi


12-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Shveysariya hukumatining “Oʻzbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama etishga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari va hamkorlik bo‘limi rahbari Andrin Fink, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, shuningdek, vazirlik va loyiha guruhi vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60790

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6🔥1😁1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston-Polsha hamkorligi: ayollarni STEM sohalarida qoʻllab-quvvatlash


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Perspektywy Women in Tech jamgʻarmasi rahbari Bianka Sivińska bilan samarali uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar ilmiy va texnik yoʻnalishlarda ayollar ishtiroki hamda ularning salohiyatini rivojlantirish borasidagi qator muhim tashabbuslarni muhokama qildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60819

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍3🔥2
🔹🔹🔹🔹

“Dolzarb 90 kun” doirasida – ilm, ijod va tashabbus ruhi!

✅Yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida talabalar va yoshlar uchun turli ilmiy-amaliy, ijodiy va tashkiliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

🔹Namangan davlat chet tillari institutida xodimlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Tibbiyotning dolzarb muammolariga innovatsion yondashuvlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

🔹Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan Chirchiq shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun  "Sehrli kitobcha" didaktik o’yinlar majmuasi taqdim etildi. Universitet talabalari bog‘cha bolalariga bu kitoblardan foydalanish jihatlarini yuzasidan qiziqarli treninglar o'tkazilmoqda.

🔹Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Dolzarb 90 kun” davomida qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

🔹O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida yozgi taʼtil davrida talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir nechta to’garak va klublar o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

🔹Guliston davlat universitetida talaba-yoshlar uchun “Atlant” va “Pediatr” fan to‘garaklari faoliyati olib borilmoqda.

🔹Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Dolzarb 90 kun – O‘zgarish sari birinchi qadam!” shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda.

🔹I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialida “Dolzarb 90 kun” doirasida kafedra kunlari doirasida seminarlar o‘tkazildi.

🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakultetida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi.

🔹Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida talabalar bo‘sh vaqtini samarali nazorat qilish va ko‘maklashish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

🔹Jizzax politexnika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Arxitekturaviy loyihalash kafedrasi tomonidan ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.

🔹Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan loyiha va tadbirlar yuzasidan qisqacha dayjest tayyorlandi.

🔹O‘zbekiston farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari o‘quv yili davomida olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlashmoqda.

🔹Navoiy innovatsiyalar universitetida professor-o‘qituvchilar va xodim ayollar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talaba-qizlar o‘rtasida “Ittifoq oltin to‘pi” voleybol musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.

🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali sport maydonchasida mahalla yoshlari ishtirokida “Chim ustida xokkey” sport turi bo‘yicha mashg‘ulot tashkil qilindi.

🔹Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasining filial bosqichi o‘tkazildi.


✅“Dolzarb 90 kun” – loyihasining hududlarda izchil amalga oshirilayotgani, xususan to‘garak mashg‘ulotlari, sport musobaqalari, ilmiy anjumanlar, ijodiy tanlovlar, kengashlar, seminar va treninglar orqali talabalarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanib, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini bermoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍4🔥1🎉1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Estoniya: ta’lim va ilm-fan sohasida yangi bosqich


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Estoniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yap Orani qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida oliy taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/60818

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍3🔥1