Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston va Indoneziya hamkorligida tashkil etilgan ilk qo‘shma malaka oshirish kursi ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi

13-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi tarmoq markazida Indoneziyaning Gunadarma universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish kursining yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov, universitet rektori Ilhomjon To‘xtasinov, Gunadarma universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i I Made Wiryana, Til va madaniyat fakulteti dekani Dr. Ichwan Suyudi (onlayn), shuningdek, tarmoq markazi direktori Jamila Abdug‘aniyeva ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/61177

#MalakaOshirish #XalqaroHamkorlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥14❤13👍7👏2🤔1
#xalqaro_hamkorlik

Toshkentdagi MDU filialida yangi magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi

13-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda M.V. Lomonosov nomidagi MDUning davlat siyosati kafedrasi mudiri, professor Vladimir Yakunin hamda boshqa mas’ullar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va "Davlat siyosati va ijtimoiy-siyosiy xatarlarni boshqarish" ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi strategik hamkorlik doirasida Toshkent shahridagi M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialida 2025/2026 akademik yildan boshlab davlat boshqaruviga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishidagi yangi dastur siyosiy jarayonlarni tushunish va davlat boshqaruvi sohasida samarali faoliyat yuritish qobiliyatiga ega mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/61164

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤25🔥10👍5🤔2😱1
#Dayjest #Respublika_tanlovlari
#Taqdirlash_marosimi

“Bu aziz Vatan barchamizniki” shiori
ostida o‘tkazilgan talabalar festivali doirasida respublika tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi!

✅ “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari:

1-o‘rin – Buxoro davlat tibbiyot instituti va Qarshi xalqaro universiteti (40 mln so‘m)

2-o‘rin – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va SamDU Urgut filiali (25 mln so‘m)

3-o‘rin – Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Toshkent davlat yuridik universiteti (20 mln so‘m)

✅“Munozara” respublika turniri g‘oliblari:

1-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Kritics” jamoasi (30 mln so‘m)

2-o‘rin – Termiz davlat universiteti “Gumata” jamoasi (20 mln so‘m)

3-o‘rin – Navoiy davlat universiteti “Sitseron” jamoasi (15 mln so‘m)

Shuningdek, eng faol spikerlar alohida nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

✅“Navoiy ziyosi” audioinsholar tanlovi g‘oliblari:

1-o‘rin – Barchinoy To‘rayeva – Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi;

2-o‘rin –Ruxshona Olimova – Navoiy davlat universiteti talabasi;

3-o‘rin – Sarvinoz Qurbonova – Urganch davlat pedagogika instituti talabasi.

✅ “Vatanni madh etib” videoroliklar tanlovi g‘oliblari:

1-o‘rin: Erkinova Zuhra – Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi;

2-o‘rin: “Milliy bolalar jamoasi” – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalasi;

3-o‘rin: Abdullayev Rahim – Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabasi.


✅“Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” insholar tanlovi g‘oliblari:

1-o‘rin – Dilnura Rustamova (UrDU talabasi) – 8 mln so‘m;

2-o‘rin – Aygul Komilova (AIFU talabasi), Hilola Bahromjonova (TPTI talabasi) – 6 mln so‘m;

3-o‘rin – Shaxnoza Ravshanova (ATMU talabasi), Farangiz Xurramova (QarDU talabasi) – 4 mln so‘m.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2🔥1🥰1
#dolzarb_90_kun
#Kibersport

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika turnirining Farg‘ona davlat texnika universiteti bosqichiga start berildi


🔹Yoshlar orasida raqamli texnologiyalarga qiziqishni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va talabalar o‘rtasida kibersportni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqani universitet rektori O‘ktam Salomov ochib berdi.

Turnir davomida talabalar jamoalari “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fijital raqs bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

👉 Tanlov nizomi
◀️ Batafsil
▶️ Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍8👏4🔥1