Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dolzarb90kun #TopshiriqIjrosi #Vazir

Yoshlar uchun yoz – imkoniyatlar mavsumi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Mirobod tumanidagi 110-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mirobod tumanida hozirda 6 ta umumtaʼlim maktabi qoshida kunduzgi oromgohlar va 12 ta maktabda yozgi sogʻlomlashtirish maydonchalari faoliyat yuritmoqda. Oromgohlarda 2400 nafardan ziyod oʻquvchi qamrab olingan. Ularda yoshlarning yozgi taʼtil paytidagi vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, bilim va koʻnikmalarini boyitish maqsadida Toshkent davlat transport universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etilgan xorijiy tillar boʻyicha toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/61074

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6😱6🔥4
O‘zbekiston ShHT doirasida fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirmoqda

12-iyun kuni Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlarning fan va texnologiyalar sohasiga mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlarining To‘qqizinchi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Yig‘ilishda vaziri o‘rinbosari ShHT doirasida ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi amaliy loyihalarni birgalikda yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi.

Kun davomida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Shuningdek, dastur doirasida Sian neft universiteti prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi va ilg‘or muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolarini Xitoyda tayyorlashga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi.

#XalqaroAnjuman #Xitoy #ShHT #OliyTaʼlim #Innovatsiya

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍5😱2🔥1
O‘quvchilar bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazmoqda?: vazir o‘rinbosari Ohangarondagi to‘garaklar faoliyatini ko‘zdan kechirdi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

13-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘i Nasiba Kulbekova Ohangaron tumanidagi 1- va 2-son politexnikumlarda bo‘lib, tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur ikki ta’lim muassasasida 15 tadan jami 30 ta to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, ularga 500 ga yaqin o‘quvchi jalb etilgan.

#Dolzarb90kun #Politexnikum #Toʻgaraklar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤6😁3🔥1🤔1