Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Yilning eng yirik innovatsion haftaligi – InnoWeek-2025 sizni kutmoqda!


9–11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida o‘tadigan ushbu xalqaro haftalik mamlakatimizda ilm-fan va innovatsion faoliyatdagi yutuqlarni namoyish etadi.

Ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar va boshqa tadbirlar haftalik doirasida tashkil etiladi.

InnoWeek — mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari, investorlar, olimlar, startaperlar va ekspertlarni birlashtiruvchi platforma.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍3🔥2😱1
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi👈

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍1
#talabaga_qulaylik

Qoraqalpoq davlat universitetida 200 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi


Tantanali tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi apparat rahbari Jumatdin Idiyatullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Bayrambay O‘temuratov, Chimboy tumani hokimi Aybek Tajetdinov, universitet jamoasi, nuroniylar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Universitet rektori, akademik Axmed Reymov mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib ta’lim olishi, yashashi va har tomonlama yetuk inson bo‘lib shakllanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Ushbu 200 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kapital ta’mirlandi, unda yotoqxonalar, o‘quv xonalari, kutubxona, oshxona, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar mavjud.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍3🔥1🎉1
📣 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy sahifalarida ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar, foydali ma’lumotlar va e’lonlarni kuzatib boring!

🔹 https://t.me/eduuz
🔹 instagram.com/eduuzofficial
🔹 facebook.com/eduuzofficial
🔹 http://youtube.com/c/eduuz

📌 QR kodni skaner qiling yoki yuqoridagi sahifalarga tashrif buyuring.

Shuningdek, vazirlikning @EduuzUniversalBot orqali foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🎯 Rasmiy manbalardan xabardor bo‘ling!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25😱2👍1🔥1
Edu.uz pinned a photo
#Xalqaro_hamkorlik #Xitoy

“TIQXMMI” MTU va Beijing texnologiya universiteti hamkorligida “Intellektual elektromobillar qo‘shma laboratoriyasi” tashkil etiladi


O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Xitoyga qilgan xizmat safari davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti prorektori Shuhrat Shokirov bilan birga Beijing texnologiya universiteti (BIT) vitse-prezidenti Van Bentsun boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Beijing texnologiya universiteti hamkorligida “Intellektual elektromobillar qoʻshma laboratoriyasi” tashkil etish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi. Laboratoriya zamonaviy elektromobillar va zaryadlash texnologiyalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar, qoʻshma taʼlim dasturlari, yosh olimlar va oʻqituvchilar uchun stajirovkalarni qamrab oladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83712

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤13🔥1🎉1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

QABUL YOPILISHIGA 10 KUN QOLDI!


Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkil etilayotgan Britaniya dasturlariga qabul yakunlanishiga 10 kun qoldi.

Yo'nalishlar:
Bakalavr bosqichi:
- Biznes boshqaruvi
- AT (Axborot texnologiyalari)
Magistratura bosqichi:
- MBA

❗️Texnikum bitiruvchilari, xorijiy va mahalliy oliygohlardan o'qishini ko'chirishni istagan hamda magistratura bosqichida o'qimoqchi bo'lgan talabgorlar 2-bosqichga yoki magistraturaga qabul tartibi to'g'risida ba'tafsil ma'lumot olish uchun qabul bo'limiga bog'lanishlari so'raladi.

Ba'tafsil ma'lumot uchun:
📞 +998712002024 |✈️@iqacuz_bot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27👍3🔥1
#xizmat_safari

4-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi Quva tuman politeхnikumida faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir o‘rinbosari boshchiligidagi mas’ullari ushbu muassasada olib borilayotgan qurilish, joriy va qayta ta’mirlash ishlarini bevosita ko‘zdan kechirdi.

Quva tuman politeхnikumida Axborot texnologiyalari (AT) yo‘nalishi bilan bir qatorda 7 ta zamonaviy kasb va xorijiy tillarni o‘qitish uchun yangi binolar qurilmoqda.

Jumladan, logistika markazi, AT laboratoriyalari, robototexnika, mobilografiya bo‘yicha amaliyot xonalari, quyosh panellarini o‘rnatish va ta’mirlash ustaxonasi, tikuvchilik ustaxonalari tashkil etilmoqda.

Sarvarxon Buzrukxonov amalga oshirilayotgan jarayonlarni batafsil o‘rganib, mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2👏1🤔1