Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
❗️Kasbiy ta’lim: yangi tizim, yangi vazifalar

Prezidentning PF-190-son Farmoni bilan Kasbiy ta’lim agentligining asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan, Agentlik tomonidan,

Kasbiy ta’limni muvofiqlashtirish bo‘yicha:
– texnikumlar faoliyati metodik jihatdan muvofiqlashtiriladi va boshqariladi;
– direktor va ularning o‘rinbosarlari tanlov asosida tayinlanadi;
– mehnat bozori ehtiyojidan kelib chiqib, o‘quvchilarni qabul qilish rejasi tasdiqlanadi;
– – mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha texnikumlar uchun majburiy bo‘lgan kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha beriladigan malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash tartibi va texnikumlarning o‘quv-metodik bazasiga qo‘yiladigan yagona talablar belgilanadi.

Ta’lim mazmuni va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha:
– tabaqalashtirilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinadi;
– texnikum va korxonalar o‘rtasida hamkorlik kengaytirilib, dual ta’lim tizimi rivojlantiriladi;
– hayot davomida o‘qish tamoyili tatbiq etilib, aholining turli toifalari uchun kasbga o‘qitish imkoniyatlari yaratiladi;
– o‘quv jarayonida interaktiv, raqamli va innovatsion o‘qitish texnologiyalari joriy etiladi;
– texnikumlar o‘quv-uslubiy materiallar va adabiyotlar bilan ta’minlanadi.

Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha:
– o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkil qilinadi;
– pedagoglar attestatsiyadan o‘tkazilib, ularga malaka toifalari beriladi;
– pedagoglar faoliyatini samarali baholash va rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha:
– texnikumlarning laboratoriya va ustaxonalari zamonaviy texnika, asbob-uskuna va sarflovchi materiallar bilan ta’minlanadi;
– kasbiy ta’limda davlat-xususiy sheriklik rivojlantiriladi.


Xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha:
– qo‘shma va xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
– xorijiy mutaxassislar ta’lim jarayoniga jalb etiladi, mahalliy o‘qituvchilar chet elda malaka oshirishga yuboriladi;
– kasbiy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga ko‘maklashiladi.

Ushbu yo‘nalishlar kasbiy ta’lim tizimini zamon talablari darajasida rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12😁1
❗️Kasbga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish tartibi joriy etiladi

Prezidentning PF–190-son Farmoni ijrosi doirasida kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi.

Endilikda davlat organlari va tashkilotlariga kasbga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalarni davlat texnikumlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish va moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.

Bu tartibga ko‘ra:

– buyurtma asosida to‘langan mablag‘lar texnikumlarning byudjetdan tashqari hisob raqamlariga o‘tkaziladi;

– davlat texnikumlari ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib mustaqil belgilaydi;

– mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur yangilik kasbiy ta’lim tizimida iqtisodiy mustaqillikni kengaytirish, o‘quv jarayonining sifatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍6
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni kutib olish marosimi o‘tkazildi.
—
В резиденции «Куксарой» состоялась церемония встречи Президента Республики Сербия Александра Вучича, прибывшего с официальным визитом по приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

#Mirziyoyev #marosim #Serbiya #kutibolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤16👍4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
—
Cостоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича с участием официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍12❤6👏2