Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Xalqaro anjumanda barqaror moliya yo‘nalishlari muhokama qilindi

Bugun, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Moliyani qayta tasavvur etish: barqaror va inklyuziv tizimlarga olib boruvchi yo‘llar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida Bank-moliya akademiyasi Turkiya, Qozog‘iston, Malayziya va boshqa davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

Kelishuvlar qo‘shma tadqiqotlar, akademik almashinuv va xalqaro treninglarni o‘z ichiga oladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥3👍2👏1
Kasbiy ta’lim tizimida o‘qitish yondashuvlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma seminar o‘tkazildi

27-oktabr kuni Professional ta’limni rivojlantirish instituti tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida xalqaro hamkorlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbir Helvetas Uzbekistan (VET4UZ), YUNESKO, DVV International, GIZ hamda ETF tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi — “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan tanishish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Seminar yakunida ishtirokchilar kasbiy ta’limda ilg‘or tajribalarni qo‘llash, o‘qitish sifatini oshirish va hamkorlikni kengaytirish borasida fikr almashdilar.

#xalqaro_anjuman #kasbiy_taʼlim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍5😱2
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 1–3-noyabr va 8–9-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 13:00 dan 14:30 ga qadar kiritiladi.

⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:30dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍8🎉1
#Dayjest #Qalqon

Oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan birgalikda turli tadbir va tanlovlar, shuningdek “Harbiy qismda bir kunim” loyihasi o‘tkazilmoqda.

▶️Guliston davlat pedagogika instituti;

▶️TATU Samarqand filiali;

▶️Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti;

▶️Innovatsion texnologiyalar universiteti;

▶️Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

▶️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

▶️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

▶️Andijon davlat texnika instituti;

▶️Samarqand davlat universiteti;

▶️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

▶️Urganch davlat universiteti;

▶️Guliston davlat universiteti;

▶️Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

▶️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;

▶️Termiz davlat universiteti;

▶️Fan va texnologiyalar universiteti;

▶️Qarshi davlat universiteti;

▶️Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

▶️Farg‘ona davlat texnika universiteti;

▶️Namangan davlat texnika universiteti;

▶️Buxoro davlat texnika universiteti;

▶️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;

▶️Farg‘ona davlat universiteti;

▶️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;

▶️Turan xalqaro universiteti;

▶️Samarqand davlat pedagogika instituti.


Bugungi kunda “Qalqon” jamoatchilik guruhlari tarkibida 6 070 nafar faol a’zo boʻlib, 2025-yilning oktyabr oyiga qadar butun respublika bo‘ylab 65 050 ta profilaktik tadbir o‘tkazildi. Bu esa yoshlar ongida intizom, mas’uliyat va huquqiy madaniyatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤10
#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’limni rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda


Shu maqsadda Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son (23.10.2025) Farmoni tasdiqlandi.

Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

Quyidagi tizim va ta’lim tashkilotlari Kasbiy ta’lim agentligiga o‘tkazish orqali qayta tashkil etiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining:
➖Professional ta’limni rivojlantirish instituti — Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti sifatida;
➖Oliy va professional ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi — Kasbiy ta’lim moddiy-texnika ta’minoti markazi sifatida;
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmalari sifatida;
➖Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi hamda texnikumlar.

Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi kasbiy ko‘nikmalar markazlari va ularning filiallari texnikumlar sifatida qayta tashkil etilib, Agentlik tizimiga o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍4