Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🔖 Erasmus+ haqida eng ko‘p so‘raladigan savollar

1️⃣ Erasmus+ nima?
Erasmus+ — bu Yevropa Ittifoqining ta’lim, trening, yoshlar va sport sohalarini qo‘llab-quvvatlovchi dasturidir. U orqali talaba, o‘qituvchi va xodimlar Yevropada o‘qish, dars berish yoki malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

2️⃣ O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi nima bilan shug‘ullanadi?
Erasmus+ dasturining O‘zbekistonda samarali amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi:
🔹Dastur haqida ma’lumot beradi
🔹Ariza topshiruvchilarga maslahat beradi
🔹Hamkorlar topishda ko‘maklashadi
🔹Higher Education Reform Expertlar (HEREs) faoliyatini muvofiqlashtiradi
🔹Turli tadbirlar (seminarlar, infodaylar va boshqalar) tashkil qiladi

3️⃣ Qachon ofisga kelib maslahat olish mumkin?
Milliy Erasmus+ Ofisi individual maslahat bermaydi. Ammo, onlayn muloqotlar, ochiq darslar va ta’lim yarmarkalarida ishtirok etadi. Savollaringiz bo‘lsa, ularni ✉️ neo@erasmusplus.uz manziliga yuborishingiz mumkin.


4️⃣ Bakalavriat talabalari uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
🔹Xalqaro kredit mobilligi (ICM) dasturi orqali siz:
3-12 oylik o‘qish mobilligida,
2-12 oylik amaliyot (traineeship) dasturlarida qatnashishingiz mumkin.
❗️Ariza topshirish uchun o‘qiyotgan oliygohingizdagi Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling.


5️⃣ Erasmus Mundus dasturlari ro‘yxatini qayerdan topsa bo‘ladi?
Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) katalogi:
🔗 https://www.eacea.ec.europa.eu/scholarships/erasmus-mundus-catalogue_en
Har bir dastur alohida vebsaytga ega va ariza muddati farq qiladi — yozda, kuzda yoki qishda ochilishi mumkin.


6️⃣ Erasmus+ dasturlariga qachon ariza topshiriladi?
Bu har bir dasturga bog‘liq. EMJM uchun odatda oktyabr-fevral oralig‘ida, ICM esa har bir universitet shartlariga ko‘ra farq qiladi. E’lonlarni diqqat bilan kuzatib borishingiz maslaxat beramiz!


Batafsil
: https://erasmus.uz/publications/565-erasmus-haqida-tez-tez-so-raladigan-savollar-faq

🔁 English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍10🤔1
Diqqat, e'lon!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 12-yanvar kuni poytaxtimizda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy boʻlinmalarining tantanali piyoda yurish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Harbiy boʻlinmalarning tantanali piyoda yurishlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan (Mo‘ljal: "Pushkin" metro bekati) soat 11.00 da boshlanadi va 13.00 ga qadar davom etadi.

Harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan "Parkent" va "Mustaqillik" ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi toʻxtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi. Shundan so‘ng bo‘linmalar "Mustaqillik" va "Temiryo‘l" ko‘chalari bo‘ylab manzilga qaytadilar.

12-yanvar kuni yuqorida keltirilgan ko‘chalarda soat 11.00 dan 13.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va barchani ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤36🔥13👍8🤩5👏2
#maqola

Bugun biz butunlay yangi davrda yashayapmiz: texnologiyalar shiddat bilan yangilanmoqda, kasblar mazmuni o‘zgarmoqda, mehnat bozori esa kechagi standartlarni qabul qilmay qo‘ydi. Shunday sharoitda oliy va kasbiy ta’lim tizimi ham an’anaviy qoliplar doirasidan chiqib, mutlaqo yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, O‘zbekistonda ta’lim sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida shakllanib boryapti. 2025-yil natijalari esa bu yo‘nalishdagi islohotlar tizimli, keng qamrovli va strategik maqsadlarga qaratilganini yaqqol ko‘rsatdi.


“Xalq so‘zi” gazetasining navbatdagi sonida sarlavhali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning “Ta'limda zamonaviy arxitektura shakllanmoqda” maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👏5👍1😱1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Talabalarning buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorligi tashkil etiladi


Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

✅ Nizom bakalavriat yo‘nalishida 2- va undan yuqori kursda o‘qiyotgan talabalarning o‘qishi uchun shartnoma to‘lovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish hamda ularning ta’limi yakunlangach ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

📝 Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari hamda talabalar o‘rtasida 3 tomonlama shartnomalar tuzishda ishchilar soni 50 nafardan ortiq yoki qiymati kamida 1 mln AQSH dollari bo‘lgan investitsiya loyihalariga ega vazirlik, idora hamda tashkilotlar buyurtmachi sifatida ishtirok etishi mumkin.

🗒 Talabalar har yili 20-sentyabrgacha saralashda ishtirok etish uchun oliy ta’lim tashkilotiga elektron ariza topshiradi. Bunda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinadi.

✔️ Talabalar o‘qishni bitirganidan so‘ng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan ariza topshiradi.

📌 Ariza topshirish va saralab olishda ishtirok etuvchi talabgorlarning joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish GPA ko‘rsatkichi 3 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

🔎 Tanlov komissiyasi har yili 15-oktyabrgacha oliy ta’lim tashkilotida talabgorlarni suhbat asosida saralab olishdan o‘tkazadi.

📑 Talabgorlarni saralab olishda buyurtmachi vakili xulosasi asosiy mezon hisoblanadi.

☑️ 3 tomonlama shartnoma tuzgan va ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar o‘qishini bitirganidan keyin buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍8🔥3🎉1
#e’lon

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida 13-yanvar kuni soat 10:30 da harbiy parad va bayram tadbiri o‘tkaziladi.

Harbiy parad Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda Toshkent shahridagi OTMlarning “Qalqon” guruhi a’zolari ishtirokida Beruniy metro bekatidan boshlanib, Universitet ko‘chasi bo‘ylab Oʻzbekiston Milliy universitetining asosiy binosi oldida davom etadi.

⏺Barcha yurtdoshlarimizni, talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilarni ushbu bayram tadbiriga taklif etamiz.

📍Manzil: Talabalar shaharchasi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍4👏2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida
ishtirok eting!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovda o'zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 15-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99894 324-20-04

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍5🔥4🎉4👏3
Namangan davlat texnika universitetida Huawei bilan hamkorlikda sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev viloyat delegatsiyasi tarkibida Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Huaweiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitetda “Smart University” konsepsiyasi asosida taʼlim va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda zamonaviy innovatsion taʼlim muhitini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, oʻquv jarayonlarini Learning Management System (LMS) platformalari orqali boshqarish, sunʼiy intellekt asosida taʼlim berish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, taʼlim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik yechimlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.


Hamkorlik doirasida universitetda sunʼiy intellektga asoslangan “Xavfsiz universitet” tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤17🔥5👏3🎉1
🎙Media olamida yirik kontent yaratuvchiga aylaning: "Debyut" sizni kutmoqda!

❗️Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!


Darslarni media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar interaktiv tarzda olib bormoqda.

📢 Hali kech emas! "Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim",- deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilishingiz va professional bilimlar poydevorini qurishingiz mumkin.


📌Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:

➡️18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️Toshkent shahrida istiqomat qiladigan yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.

☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.


🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq @debyutuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.

“Debyut” — bu nafaqat boshlanish, bu sizning kashfiyotingiz!


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14😁9👍5
Edu.uz pinned a photo
#Olimlar_minbari
#05-11.01.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Ta’limda zamonaviy arxitektura shakllanmoqda” — Sardor RADJABOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;

“Yoshlar – mamlakat tayanchi” — Maqsudjon YO‘LDOSHEV, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

“Ilmiy salohiyat istiqbolli loyihalar poydevori” — Rasul TO‘RAYEV, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor;

“Yangi O‘zbekiston kelajagini bugun, birgalikda yaratamiz” — Mirzayusuf RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i;

“Ma’naviyat – mafkuraviy xurujlarga qarshi qalqon” — Komila KARIMOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori;

“Huquqiy tafakkur, bilim va barqaror yuksalish” — Axtam YAKUBOV, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, professor;

«Махалля — уникальная модель гражданского общества» — Дилором КАРАХОДЖАЕВА, профессор кафедры Ташкентского государственного юридического университета;

“Xorazm – Qoraqalpog‘iston” turizm halqasi” — Qonaqbay TURDIBAYEV, Qoraqalpoq davlat universiteti professori;

«Ключевая опора устойчивого развития» — Икромжон РАХМОНОВ, заведующий кафедрой Ташкентского государственного технического университета, профессор;

«Технологии ИИ: повышая конкурентоспособность и стимулируя всеобщий прогресс» — Шахноза АСКАРОВА, доцент Ферганского государственного университета;

«Новый Узбекистан: единство государства и общества в достижении устойчивого прогресса» — Кудратбек МАХМУДОВ, доцент Чирчикского государственного педагогического университета;

“Vatan muhabbati burch va sadoqatni haqiqiy mudofaa kuchiga aylantiradi” — Shuhrat HOTAMOV, Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤9😁3😱3👏2
#harbiy_parad #Vatan_himoyachilari 

Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir Yangi Oʻzbekistonda milliy armiya nufuzini yanada oshirish, harbiy xizmatning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyatini keng yoritish, shuningdek, yoshlar orasida vatanparvarlik, fidoyilik hamda fuqarolik masʼuliyatini mustahkamlashga qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/119401

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍6🔥2