This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yurtimiz fuqarolari, xorijiy mehmonlar, shuningdek rassomlar, animatorlar va mazkur yo‘nalishdagi ijodkorlarni ijodiy tanlovda ishtirok etishga chorlaydi.
Tanlov doirasida taqdim etiladigan ishlar yuqori badiiy saviya, mazmun va estetik talablarga mos bo‘lishi lozim.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

❗️Eslatma:
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarda:
Ichki ishlar xodimlari kiyimida mavjud bo‘lmagan rang va belgilarni qo‘llash,
salbiy hissiyot uyg‘otuvchi elementlardan foydalanish qat’iyan man etiladi.
Tanlov shartlariga rioya etilgan holda yaratilgan eng yaxshi ijodiy ishlar munosib taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliygohlar psixologlari uchun amaliy tajriba almashinuvi tashkil etildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirayotgan oliy taʼlim muassasalari psixologlari Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdilar.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro fikr almashuv boʻlib oʻtdi, amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirayotgan oliy taʼlim muassasalari psixologlari Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad — ishtirokchilarni universitetning ilgʻor tajribasi, zamonaviy infratuzilmasi hamda psixologik xizmatlarni tashkil etish yoʻnalishidagi amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi. Shu maqsadda mehmonlar simulyatsion markaz, universitet muzeyi va kutubxona faoliyati bilan tanishdilar.
Tadbirning amaliy qismida universitetning Ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish markazi rahbari R.B. Polvonov hamda markaz psixologlari ishtirokida “Oliy taʼlim muassasasi psixologlarining bugungi faoliyati, vazifalari va innovatsion rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda oliy taʼlim tizimida psixologik xizmatlarni takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion usullarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro fikr almashuv boʻlib oʻtdi, amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤10🔥3😱1
Forwarded from Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi - Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤9🔥1
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍6❤5
#qonunchilik_yangiliklari
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarori bilan magistratura mutaxassisligi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari Bilim va malakalarni baholash agentligida (hududlar bo‘yicha) maxsus test sinovlarini topshirishlari belgilandi.
Bunda:
➖ test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballining quyi chegarasi to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizi hisoblanadi;
➖ to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan past ball to‘plagan, shuningdek, test sinovlariga qatnashmagan talabgorlar Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmaydi;
➖ baholash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlarni shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha 5 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi;
➖ Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning (magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha) hujjatlari va erishgan natijalari mazkur qaror bilan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi;
➖ talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “HEMIS” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lgan talabalarga muayyan ta’lim bosqichida nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qayta ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.

❤34🤔16👍11😱9🔥2
Oʻzbekiston yoshlari uchun Shvetsiyada magistraturada oʻqish imkoniyati yaratildi
Nomzodlar grant olish uchun 2026-yil 15-yanvarga qadar ariza topshirishlari lozim.
Oʻzbekiston Swedish Institute Scholarships for Global Professionals (SISGP) dasturi doirasida Shvetsiyada nufuzli magistratura dasturlarida bepul taʼlim olish huquqiga ega mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi.
SISGP stipendiya dasturi rivojlanayotgan mamlakatlardan boʻlgan, barqaror rivojlanishga hissa qoʻshishni maqsad qilgan kelajak liderlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Tanlov qoidalariga muvofiq, oʻqish dasturini tanlash nomzod ixtiyorida qoladi. Shu bilan birga, odatda barqaror rivojlanish ustuvor yoʻnalishlariga mos keladigan hamda olingan bilimlarni nomzodning oʻz mamlakatida amaliy qoʻllash imkoniyatini koʻrsatib beradigan arizalarga ustunlik beriladi.
Shvetsiya instituti — Shvetsiya haqida global miqyosda axborot tarqatish, shuningdek, madaniyat, taʼlim, fan, demokratiya va barqaror rivojlanish sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi davlat tashkilotidir.

Dastur Shvetsiyaning 29 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ingliz tilidagi magistratura dasturlarini qamrab oladi. Ular orasida Yevropa top-universitetlari qatoriga kiruvchi KTH, Lund University, Uppsala University, Karolinska Institute, Chalmers University va boshqalar mavjud.
Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shved universitetlarining magistratura dasturlariga hujjat topshirishlari mumkin:✅ davlat boshqaruvi;✅ tibbiyot;✅ tadbirkorlik va innovatsiyalar;✅ STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika).
Tanlov qoidalariga muvofiq, oʻqish dasturini tanlash nomzod ixtiyorida qoladi. Shu bilan birga, odatda barqaror rivojlanish ustuvor yoʻnalishlariga mos keladigan hamda olingan bilimlarni nomzodning oʻz mamlakatida amaliy qoʻllash imkoniyatini koʻrsatib beradigan arizalarga ustunlik beriladi.
Ariza topshirish tartibi ikki parallel bosqichdan iborat:✅ nomzod tomonidan magistratura dasturini tanlash (quyidagi havola orqali:
https://si.se/en/apply/scholarships/swedish-institute-scholarships-for-global-professionals/), bunda birinchi tanlov sifatida eng maqbul universitet koʻrsatilishi muhim;✅ tanlangan magistratura dasturlari boʻyicha universitetlarga markazlashgan platforma orqali hujjat topshirish
(www.universityadmissions.se) — 2026-yil 15-yanvargacha;✅ Shvetsiya instituti stipendiyasi uchun ariza topshirish — 2026-yil 9–25-fevral kunlari.
Nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar:✅ tugallangan oliy maʼlumot (kamida bakalavr darajasi);✅ ingliz tilini belgilangan darajada bilish;✅ tasdiqlangan professional tajriba (oʻqish yoʻnalishiga mos ish tajribasi — kamida 1 yil);✅ liderlik sifatlari va olingan bilimlarni Oʻzbekistonda amalga oshirish salohiyatini namoyon etuvchi motivatsion xat.
Shvetsiya instituti — Shvetsiya haqida global miqyosda axborot tarqatish, shuningdek, madaniyat, taʼlim, fan, demokratiya va barqaror rivojlanish sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi davlat tashkilotidir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤48👍10🔥1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Akkreditatsiya mezonlari va indikatorlari nima?
Davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda ta’lim tashkilotlari belgilangan mezon va indikatorlar asosida baholanadi.
Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan indikatorlar haqida batafsil:
➖Oliy ta’lim tashkilotlari
➖Kasbiy ta’lim tashkilotlari
Kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan indikatorlar haqida batafsil:

❤17🔥4👏3😁1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida
Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.
Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16🔥2👍1
#bilasizmi
❓Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qachondan qabul qilinadi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilgan.
Endi ariza topshirish muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) amalga oshiriladi.
2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim tashkilotidan ikkinchisiga o’qishni ko’chirish yoki o’qishni tiklash bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
➖akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
➖o‘qishni ko‘chirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.
Muhim eslatmalar:
❗️Bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga “o‘qishni ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.
❗️ Ariza topshirish jarayonida kiritilayotgan maʼlumotlar va yuklanadigan hujjatlarni yuborishdan oldin diqqat bilan tekshirib chiqish soʻraladi. Sababi ariza yuborilgandan soʻng uni tahrirlash imkoni mavjud emas.
Arizalar belgilangan tartibda oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga ma’lum qilinadi.

❤34👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob #turizm
📹 2025-yilda oliy ta’lim muassasalari tomonidan turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/118273
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/118273
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍8🥰1👏1
#Erasmus
Erasmus+ grant g‘oliblari tajribasiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Erasmus+ Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs), Milliy Erasmus+ ofisi (NEO) hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Erasmus+ Session: Useful Tips from the Experience of Grant Holders from Uzbekistan” mavzusida sessiya tashkil etildi.
Sessiya davomida oliy ta’lim muassasalarining ma’muriy va akademik xodimlari, shuningdek, soha mutaxassislari Erasmus+ loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashib, CBHE (Capacity Building in Higher Education) loyihalarining eng yaxshi amaliyotlarini muhokama qildilar.

👍16❤9🔥4🤔4
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra nomli davlat stipendiyalarga talabgorlar uchun axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillar boʻyicha maxsus test sinovlari joriy etilgani munosabati bilan talabalar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.
📌Shu oʻrinda quyidagilarni maʼlum qilamiz.
❗️ Mazkur qaror bilan Prezident va nomli davlat stipendiyalarini tayinlashning yangi tartibi joriy etilgan boʻlib, ushbu tartib 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab belgilangan talab va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
🔥Joriy oʻquv yili uchun nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining oliy taʼlim muassasasi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, hujjatlari belgilangan tartibda respublika bosqichiga yuborilgan talabalarga nisbatan maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra nomli davlat stipendiyalarga talabgorlar uchun axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillar boʻyicha maxsus test sinovlari joriy etilgani munosabati bilan talabalar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.
📌Shu oʻrinda quyidagilarni maʼlum qilamiz.
🔥Joriy oʻquv yili uchun nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining oliy taʼlim muassasasi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, hujjatlari belgilangan tartibda respublika bosqichiga yuborilgan talabalarga nisbatan maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤92🤩27👍25👏12🔥6
#e'tirof #YoshlarTarbiyasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Alisher Islomov Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.
🏅 Ushbu yuksak eʼtirof — maʼnaviy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan izchil va fidokorona mehnatning munosib natijasidir.
Alisher Mansurovichni ushbu mukofot bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatida yangi yutuqlar tilaymiz!

👏98❤28🤔12😁7😱6