Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar #KorrupsiyagaQarshiKurash

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026-yil 22–23-yanvar kunlari oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirda 100 dan ortiq davlat, 70 dan ortiq nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining sohaga mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomasida belgilangan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid vazifa va topshiriqlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/123019

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍4
Oʻzbekiston Prezidenti Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaning Davos shahrida Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi.

Tinchlik kengashining tashkil etilishi Oʻzbekiston tashqi siyosatining tinchlikni taʼminlash borasidagi tashabbuslari va koʻp qirrali hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalariga mosdir. Yangi tuzilma BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan qoʻllab-quvvatlangan Gʻazo sektoridagi mojaroni tugatish boʻyicha kompleks rejani amalga oshirish doirasida shakllantirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤13🔥2🤔2