Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
INNO Innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki
Aziz talabalar, oʻquvchi-yoshlar siz poytaxtimizning talabalar shaharchasida texnopark borligini bilasizmi? U yerdagi imkoniyatlardan xabardormisiz?
Texnoparkadagi barcha imkoniyatlar siz yoshlar uchun, gʻoyalaringizni sinovdan oʻtkazish, amaliyotga joriy etishga koʻmaklashish uchun yaratilgan.
Video “Kelajak soati”ning navbatdagi darsi uchun tayyorlandi. Men darslarimiz oʻquvchi-talabalarga mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot beradigan mana shunday kontentlar bilan boyitilayotganidan xursandman.
Yana qanday mazmundagi ma’lumotlar sizlar uchun qiziq? Takliflaringizni, albatta, yozing, yuboring, jamoa a’zolari har bir fikrni oʻqib, loyihani rivojlantirib borishga tayyor!
@hilola_umarova

❤29👍18🔥12😁5🤔3
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston delegatsiyasi “Bett UK – 2026” xalqaro ta’lim texnologiyalari ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bett UK – 2026” — ta’lim texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda.
Xizmat safari doirasida delegatsiya tomonidan bir qator xorijiy davlatlarning ta’lim tashkilotlari hamda yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va ularni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/122831
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤22👍5
DARE TO DREAM: Missions to Space
24-yanvar kuni AQShning kosmik missiyalar bo‘yicha muhandisi, NASA Jet Propulsion Laboratory tizim muhandisi va Mars 2020 Perseverance Rover missiyasi rahbari Nagin Cox bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Bu ma’ruza kosmos haqidagi orzu qanday qilib kasbga aylanishi, murakkab sayyoralararo missiyalar esa butun dunyo bo‘ylab jamoalar tomonidan qanday yaratilishi haqida. Nagin Cox Galileo, Mars Curiosity Rover, Perseverance, Europa Clipper va MOXIE kabi afsonaviy kosmik loyihalarning ichki jarayonlari bilan bo‘lishadi.
Sessiya mavzulari
— insoniyat Yer chegaralaridan tashqarida kosmosni qanday tadqiq qilmoqda
— Mars va undan uzoqroqqa yo‘naltirilgan missiyalar qanday loyihalanadi, uchiriladi va boshqariladi
— eng yirik kosmik kashfiyotlar ortidagi insonlar haqidagi real hikoyalar
Spiker
Nagin Cox — NASA JPL muhandisi, NASA Exceptional Service Medal va NASA Exceptional Achievement Medal sohibasi, AQSh Harbiy-havo kuchlari va NORAD’ning sobiq ofitseri, TED-spiker, STEM elchisi va so‘nggi o‘n yilliklarning asosiy sayyoralararo missiyalari ishtirokchisi.
📍 Tadbir tafsilotlari
📅 Sana: 24-yanvar 2026
🕚 Vaqt: 11:00–12:00
📌 Manzil: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Ya.G'ulomov ko'chasi, 70
🗣 Til: ingliz tili
Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish
Kosmos, ilm-fan va o‘zingizning imkoniyatlaringizga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan bir soat.

❤9👍3
4 ta oliygoh fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 roʻyxatida!
Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education” reyting tashkiloti 2026-yil uchun “World University Rankings 2026 by Subject” – fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Roʻyxatdan 4 ta O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi, jumladan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilk marotaba fan reytingidan joy oldi.
📊Reytingga kirgan OTMlar va natijalar:
➖ TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 301-400, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 401-500;
➖ O‘zbekiston milliy universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika fanlari boʻyicha – 801-1000;
➖ Toshkent davlat texnika universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 501-600, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 801-1000;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ta’lim – 601-800, muhandislik – 801-1000, kompyuter ilmlari va dasturlash fanlari boʻyicha – 1001+.
Ma’lumot uchun, “Times Higher Education” fanlar bo‘yicha jahon universitetlarini 11 ta asosiy yo‘nalish, 148 ta fan kesimida baholaydi.
Bu natijalar so‘nggi yillarda muhandislik, axborot texnologiyalari, aniq va tabiiy fanlar rivojiga qaratilgan tizimli e’tiborning amaliy samarasi bo‘lib, O‘zbekiston oliy ta’limi xalqaro maydonda tobora mustahkam o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi.
#THE_2026 #GlobalRanking #IlmFan

👍27❤21🤔2🔥1
#vazir #jarayon #xizmat_safari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qarshi davlat texnika universitetida bo‘lib, qurib bitkazilayotgan Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (fab-lab) binosining tayyorgarlik darajasini koʻzdan kechirdi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov mazkur markazning asosiy maqsad-vazifalari, yoʻnalishlari, tashkil qilinadigan ilmiy laboratoriyalar, kichik ishlab chiqarish sexlari boʻyicha maʼlumot berdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/122982

👍17❤13🔥1👏1