Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Samarqandda oliy va kasbiy taʼlim masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xusen Toʻxtayev ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni kuchaytirish, xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish hamda kasbiy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.


Yigʻilishda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda “oliygoh–korxona–hudud” tamoyili asosida ish olib borish, yoshlar bandligini taʼminlash va ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish muhim vazifa sifatida qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/129312

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegramь
❤17👍12🤔4😁3
#taqdirlash_marosimi #Buxoro

🗣Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi

Buxoro viloyatida 4-6-fevral kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarning taqdirlash tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar doirasida “Yilning eng faol o‘quvchisi” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi tashkil etildi. Shuningdek, “Islohotlar bilimdoni”, “Yilning eng faol talabasi”, “Til bilimdonlari”, “Kitobxon yoshlar ligasi”, Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid “Huquq bilimdonlari” bilimlar bellashuvi, “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovlarining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, “Mushoira” klubining eng faol koordinatorlari maxsus statuetka, I, II va III darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


📘 Tantanali taqdirlash marosimi Buxoro davlat universitetida tashkil etildi. Tadbirni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ochib berdi. G‘oliblarga sovrinlarni Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari topshirdi.

🎙Shuningdek, ishtirokchilar Buxoro bo‘ylab sayohat qilib, Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasi, Labi Hovuz ansambli va Ark qo‘rg‘oniga tashrif buyurdilar.

Tadbir davomida estrada yulduzi Sevinch Ismoilova, Milliy musiqa san’ati instituti dotsenti Avazbek Shomurodov hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati bo‘linmasi xonandalari tomonidan kuylangan go‘zal taronalar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

➡️Barcha fotolavhalarni ko‘rish
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍8🔥1🎉1