Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida 40 ming nafardan oshiq yoshlar biznesga o‘rgatadi

Garvard, Stenford, London iqtisodiyot maktabi
kabi nufuzli oliygohlar ilg‘or tajribalar asosida yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitishda hamkorlik qilishga tayyor.

Yoshlar ishlari agentligiga ushbu xorijiy oliygohlar bilan kamida 40 ming yoshlarni biznesga o‘rgatadigan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini boshlash topshirildi.

Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshning loyihasiga uch yil muddatga 200 million so‘mgacha 7 foizli ssuda beriladi.

Har yili “Yosh tadbirkorlar” tanlovi o‘tkazilib, eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun “Yoshlar venchurs” jamg‘armasidan 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

Banklar bittadan konsalting kompaniya tashkil qilib, joriy yilda 50 ming yosh tadbirkorga biznes reja tayyorlashiga ko‘maklashib, ularning xarajatini qoplab beradi. Yirik savdo tarmoqlari vakillari va malakali mutaxassislar jalb qilinib, kamida 20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi.

Shu bilan birga, 1-martdan yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq davlat xizmatlarining xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan qoplab beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Eng yaxshi 40 ta startap loyihasi uchun 2 milliard so‘m
ajratiladi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligi “Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromgohini tashkil qilib, yoshlar tashabbusi asosida o‘ndan ziyod loyihalarni amalga oshirdi.

Endilikda ushbu loyihani har bir hududda o‘tkazib, 1 ming nafar yoshlarni qamrab olish, eng yaxshi loyihalarni taklif qilgan yoshlar ishtirokida Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohini tashkil qilish topshirildi.

“O‘sish va rivojlanish (Upshift)” startap loyihasi kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi.

Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤1
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanadi


O‘tgan yilda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida Kasbiy ta’lim kengashlari ish boshladi.

Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.

Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.

Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi.

“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi.

Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤5
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

O‘quv markazlari uyushmasi tashkil qilinadi

Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi. Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo bo‘ldi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.

Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.


Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍11👏7❤3
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Oliygohlarda zamonaviy o‘quv markazlari va dual ta’lim keng joriy etiladi


Qo‘qon universiteti
zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va laboratoriyaga ega 400 o‘rinli o‘quv markazini ishga tushirdi.

Universitet ehtiyojmand oilalar farzandlarini o‘quv markazida dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika bo‘yicha 6 oylik o‘quv kurslarida bepul o‘qitmoqchi. Birgina shu orqali yiliga 5 mingdan ziyod uyushmagan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratiladi.


Yoki Toshkent agrar universiteti mexanizatsiya va agromuhandislik yo‘nalishidagi talabalarini “dual” ta’lim asosida bevosita Chirchiqdagi agro-tex klasterida o‘qitmoqchi. Ular bir vaqtning o‘zida ishlab, maosh oladi.

Shuningdek, universitetda har biri 5 nafar talabadan iborat “Kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etiladi. Ushbu jamoalar o‘quv yili davomida 10 sotix yerni o‘zlashtirib, o‘zlari ekin ekadi. Ular yerning unumdorligini oshirish, serhosil va yuqori daromad olish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, kursdan kursga o‘tadi.


Qolgan barcha oliygohlar ushbu ijobiy tajribalardan namuna olishi zarurligi qayd etildi.

Endi joylarda mana shunday maskanlarni tashkil qilib, ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘ygan o‘quv markazlari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi budjetdan qoplab beriladi, o‘qituvchilarga to‘langan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq “keshbek” sifatida qaytariladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍6
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi


Bugun dunyo aholisining 10 foizdan ortig‘i volontyorlik bilan shug‘ullanmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatining huquqiy asosini yaratilgani, Volontyorlar maktabi, oliygohlarda markazlar tashkil qilinganining hisobiga bizda ham bunday yoshlar 5 karra ko‘paydi.

Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashish yo‘nalishidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oshdi.

Mana shunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol ko‘ngilli yoshlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha Vasiylik kengashini tashkil qilish taklif etildi.

Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadi. Ushbu jamg‘armaga har yili budjetdan 20 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi. Bunga qo‘shimcha viloyat hokimlari ham mahalliy budjetdan 3 milliard so‘mdan ajratadi.


Mazkur mablag‘lar hisobidan yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi. Ko‘ngilli yoshlarga “ijtimoiy faollik kartasi” ochilib, ekologiya, ijtimoiy himoya, tibbiyot, ta’lim, jamoat xavfsizligi kabi yo‘nalishlardagi ishtirokiga qarab, ball berib boriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤5🔥1
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Yosh oilalarga uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi

Har yili yurtimizda 270 mingga yaqin yangi oila paydo bo‘lmoqda.

“Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi”,

– dedi Prezidentimiz.

Axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.

Bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.


Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi.

Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi.


Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤6
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Jazo muddatini o‘tagan yoshlar intensiv kurslarda o‘qitiladi


Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy hayotga tez moslashishini ta’minlash muhim ekani ta’kidlandi.

Buning uchun “Ikkinchi imkon" loyihasi boshlanadi.

Bunday yoshlar 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa kasblar va xorijiy tillarga o‘qitilib, daromadli ishga ega bo‘ladi.

Mazkur tizim 1-iyundan Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida, kelasi yildan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari so‘zini yakunlagach, yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤8🔥1
Ta’lim sohasidagi hamkorlik allaqachon natija bermoqda

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi asosiy yutuq iqtisodiy sheriklik, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan diplomatik munosabatlar va xalqaro siyosiy ishonchdir. Ayniqsa, AQSH Prezidentining O‘zbekiston rahbari bilan oliy darajadagi uchrashuvga taklif qilishi, ko‘p tomonlama kelishuvlarni imzolashi, mavjud hamkorlikni kengaytirishi va xalqaro maydonlarda uni “do‘st” deb e’tirof etishi bu – O‘zbekiston davlatchiligi tarixidagi muhim, ramziy va amaliy yutuqlardan biridir.


“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Ta’lim sohasidagi hamkorlik allaqachon natija bermoqda” sarlavhali maqolasi chop etildi.

#maqola #vazir

👉 Maqolani o‘qish.

PDF shaklida yuklab olish 👈

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekistonda Yaponiya universitetini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi


23-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Yaponiyaning Kibi xalqaro universiteti prezidenti Yuki Kake bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda Yaponiya universitetini tashkil etish boʻyicha qoʻshma loyihaning amalga oshirish bosqichlari, uning huquqiy, tashkiliy va infratuzilmaviy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/136235

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3
#Prezident_topshirig‘i_amalda

Talabalar mahallalarning bosh rejasini ishlab chiqishda ishtirok etmoqda

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat texnika universitetida amaliy loyihalar boshlab yuborildi. Mazkur tashabbus doirasida mahallalarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi viloyat filiali va Qarshi tumani hokimligi hamkorligida Gulshan mahallasi seminar o‘tkazildi. Seminarda mahalla bosh rejasini ishlab chiqish, qishloq ko‘chalarini zamonaviy qiyofada qurish, qurilish va energetika tizimlari loyihalarini tatbiq etish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/130383

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4