Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirig‘i_amalda

🏗 Talabalar ishtirokida “og‘ir” mahallalar infratuzilmasi yangilanmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026 yil 23 yanvar kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselktor yig‘ilishida mamlakatimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yo‘nalishida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanayotgani, hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta “og‘ir” mahallaning bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoshlarimiz uchun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi bo‘lishi ta’kidlangan edi.

Mazkur tashabbus ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatidagi 114 ta “og‘ir” mahalla bosh rejalarini ishlab chiqish uchun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining arxitektura va qurilish yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3–4-bosqich talabalar, magistrantlar va doktorantlardan iborat 600 nafardan ortiq yosh mutaxassis saralab olingan va mahallalarga biriktirilgan.

Talabalar mahalla infratuzilmasi va ijtimoiy holatni o‘rganib, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, yashil hududlar, ijtimoiy obyektlar va kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqdilar.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/135670

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍9🥰2👏1😁1
Buxoroda xalqaro talabalar forumi o‘tkazildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Morfologiya va jarrohlik” mavzusida talabalar va yosh olimlarning xalqaro forumi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjuman tibbiyot sohasida tahsil olayotgan yoshlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qildi.

Forumda yurtimizning 10 dan ortiq oliygohlar hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan yetakchi universitet jamoalari ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etildi:
— Jarrohlik tugunlarini bog‘lash
— Jarrohlik asboblari
— Pirogov anatomiyasi
— Desmurgiya (bog‘lam va bint qo‘yish usullari)
— Simulyatorda endoskopiya
— Akusherlik
— Sun’iy qon aylanishi (AIK)
— Anesteziologiya va reanimatologiya nazariyasi
— Orotaxeal intubatsiya
— Shoshilinch ultratovush diagnostikasi

Forum doirasida ilmiy konferensiya va amaliy seminarlar ham o‘tkazilib, sohadagi so‘nggi yutuqlar, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tadqiqot natijalari muhokama qilindi. Talabalar simulyatsion uskunalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tab, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.


Yakunlovchi marosimda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib deb topilgan jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga kuboklar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, faol ishtirok etgan jamoalar ham alohida rag‘batlantirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3🔥3🤔1
#Olimlar_minbari
#16-22.02.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“
Hayotiy tashabbuslar va aniq natijalar” — To’lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;

“O‘zbekiston-AQSh: strategik ishonch va global diplomatiyaning yangi davri” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor;

“
Taraqqiyotimizning navbatdagi bosqichi” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori;

“Strategik sheriklikning muvaffaqiyatli odimlari” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Fargʻona davlat universiteti rektori, professor;

“
Oqibatdan sabablarga ko‘chayotgan kurash tamoyili” — Dildora BOZOROVA, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

“Yopiq akademik makondan ochiq intellektual maydonga aylanayotgan tizim” — Gulnoza JO‘RAYEVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti birinchi prorektori, professor;

“Istiqbolli loyihalarga yo‘l ochiq” — Zokir ZIKRIYAYEV, Renessans taʼlim universiteti prorektori, professor;

«
Перспективы совместных образовательных грантов» — Аброржон КУЧАРОВ, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

“Millatning genetik kodi va tarixiy xotirasi” — Saodat MUHAMMEDOVA, Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, professor;

«Стратегия доверия: Узбекистан усиливает международные связи» — Абдумухтор РАХМАНОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“TOP-1000” universitetlar: Jamiyat va iqtisodiyotning intellektual poydevori” — Abrorjon KUCHAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Qo‘shilgan qiymatga tayanuvchi iqtisodiy model” — Bahromjon TOPILDIYEV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

“Oʻzbekiston-AQSh: muloqot va sheriklik uchun ishonchli hamkor” — Shokir G‘AFFOROV, Samarqand davlat universiteti professori;

«Брак и семья – в центре социальных реформ» — Лейла БУРХАНОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Sohadagi muammolar hal qilinib, qator imtiyozlar joriy qilinmoqda” — Alisher Eshtayev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, DSc;

“Barqaror taraqqiyot, xavfsizlik va farovonlik sari” — Ibrohim Otamirzayev, Namangan davlat universiteti kafedra mudiri, PhD;

«Симбиоз культурного и технического в образовании» — Айпара КУРБАНОВА, заведующая кафедрой Чирчикского государственного педагогического университета, доцент;

«Диалог традиций и инноваций» — Лутфулла ХОЛИЯРОВ, доцент Узбекского государственного университета мировых языков.

“Tez qaytadigan va o‘zini oqlaydigan investitsiya” — Zoir KENJAYEV, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti;

«Инклюзивное образование - шаг к обществу равных возможностей» — Шахноза ХОЛМАТОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

«Новый Узбекистан на этапе построения интеллектуального фундамента третьего Ренессанса» — Гузалбегим РАХИМОВА, доцент “Diplomat University”, DSc;

“Dunyoni anglash kaliti” — Nargiza RASHIDOVA, Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori;

«Новая модель развития туризма: экономический рост без ущерба природе» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам Ташкентского государственного экономического университета;

«В фокусе внимания – учитель» — Гулбаданбегим КАСИМОВА, преподаватель Ташкентского государственного экономического университета;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20😁1
Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti boshlanadi.
—
Скоро в резиденции «Куксарой» начнется диалог Президента Шавката Мирзиёева с молодежью, посвященный дополнительным возможностям для поддержки ее инициатив.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍7🔥1
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

22 million yosh – ulkan salohiyat: taʼlim, kasb va innovatsiya orqali taraqqiyot sari


“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.

“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz”,

– dedi Prezidentimiz.

Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍7🔥2
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Jahon olimpiadalari, TOP universitetlar va startaplar: yangi avlod g‘alabalari

Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida so‘nggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.

Yangilikka intiluvchan yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.

Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘ldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏14👍4❤2
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Payshanba — “Yoshlar kuni”!


Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.

Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.

Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.

Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤4😁1
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi

Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.

Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.

Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.

Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤4
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Bitiruvchilar stajirovka dasturi orqali oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya oladi


Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi.

Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 million so‘mgacha, tadbirkorlik ko‘nikmasiga ega bo‘lib, o‘z biznesini boshlayotganlarga 300 million so‘mgacha, faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga 2 milliard so‘mgacha, kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda “Mening birinchi kasbim” dasturini boshlash topshirildi. Bunda stajirovka dasturi asosida oliygoh bitiruvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularga oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirkorlikni endi boshlayotgan yoshlarning 30 foizi biznes ko‘nikmasi yetishmagani uchun qiyinchilikka uchrayotgani qayd etildi.

Shu bois, har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi.

Mutasaddilarga yoshlar uchun qulay joylarni belgilab, bu yil Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent shahrida, kelgusi yilda qolgan hududlarda bunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍3