Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#hemis

❗️HEMIS tizimida QR-kod orqali davomat qilish imkoniyati yaratildi

Endilikda dars jarayonida talabalar davomatini belgilash yanada tez va qulay bo‘ldi. HEMIS tizimiga QR-kod orqali avtomatik davomat qilish funksiyasi qo‘shildi.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣ Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasida:

QR davomat ustunidagi maxsus belgi ustiga bosiladi.

2️⃣ QR davomat sahifasida:

QR-kod talabalarga ko‘rinarli holatda ekranda katta qilib ochiladi.

3️⃣ Talabalar tomonidan:

Mobil telefonlari orqali HEMIS mobil ilovasidan foydalangan holda ekrandagi QR-kod o‘qitiladi.

4️⃣ Tizim tomonidan:

QR-kodni o‘qitgan talabalar avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va “kelganlar” soniga qo‘shiladi. Ro‘yxatda faqat kelmagan talabalar qoladi.

5️⃣ Yakunlash bosqichida:

Auditoriyadagi barcha talabalar QR-kodni o‘qitib bo‘lgach, o‘qituvchi dars mavzusini tanlaydi va kelmagan talabalar davomatini saqlaydi.

❕Muhim eslatma!

🔹Talabalar bir-biriga rasm yubormasligi uchun QR-kod har 8 soniyada yangilanadi.
🔹Ma’ruza mashg‘ulotlarida ro‘yxatda butun potokdagi barcha talabalar ko‘rsatiladi.
♦️QR-davomat bilan bir qatorda an’anaviy (qo‘lda belgilash) davomat funksiyasi ham o‘z kuchida qoladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19😁10❤9😱6🔥2
#Abituriyent2026 #JavoblarVaraqasi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

💾 Javoblar varaqasini yuklab olish.

👉 Fanlar majmuasi bu yerda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍2🤩1
#Abituriyent2026 #BaholashMezoni

☄️ 2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥6👍1🥰1
#Forum #xalqaro_hamkorlik #vazir

Oʻzbekiston va Tojikiston taʼlim vazirlari uchrashuvida hamkorlikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilindi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Rahim Saidzoda bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida Tojikistonda oʻzbek tilini oʻqitishni rivojlantirish, ikki davlatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish hamda akademik almashinuvni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/142519

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2🔥1
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMuhandislari #YoshMuhandislar

😅Muhandislikda iste’dod jins tanlamaydi


“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali faqat o‘g‘il bolalar uchun emas. Bugun qizlar ham tanlovlarda faol qatnashib, o‘z g‘oyalari va ishlanmalari bilan texnologiya sohasida o‘z o‘rnini topmoqda.

Ular robotlar yaratmoqda, innovatsion loyihalarni ishlab chiqmoqda va muhandislik orqali ertangi kunni barpo etishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Kelajakni kim quradi?
Albatta — Kelajak muhandislari. 🚀

👉Ro‘yxatdan o‘tish: https://km.edu.uz/uz

KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!


🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6😁2🔥1
#Forum #xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Tojikiston oliygohlari rektorlari pedagogik taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va raqamli texnologiyalar boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida bir qator muhim mavzularga bagʻishlangan seksion yigʻilishlar tashkil etildi. Ularda ikki mamlakat universitetlari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etib, taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Jumladan, pedagogik taʼlim va gumanitar fanlarga bagʻishlangan shoʻba yig'ilishida pedagog kadrlar tayyorlashni modernizatsiya qilish, qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish, til siyosati hamda akademik mobillikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu yoʻnalishda universitetlar oʻrtasida tajriba almashish va qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/142520

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍5🔥2👏1