Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Forum #xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Tojikiston oliygohlari rektorlari pedagogik taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va raqamli texnologiyalar boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida bir qator muhim mavzularga bagʻishlangan seksion yigʻilishlar tashkil etildi. Ularda ikki mamlakat universitetlari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etib, taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Jumladan, pedagogik taʼlim va gumanitar fanlarga bagʻishlangan shoʻba yig'ilishida pedagog kadrlar tayyorlashni modernizatsiya qilish, qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish, til siyosati hamda akademik mobillikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu yoʻnalishda universitetlar oʻrtasida tajriba almashish va qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/142520

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍5🔥2👏1
#Talabaga_qulaylik #yangi_laboratoriya

Farg‘ona davlat texnika universiteti qoshida o‘quv, ilmiy-innovatsion laboratoriya tashkil etildi

O‘nga yaqin kimyo laboratoriyalarini o‘zida mujassam etgan ushbu ilmiy markaz talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

“Markazlashgan o‘quv, ilmiy-innovatsion laboratoriya” quyidagi zamonaviy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

— Analitik, fizik-kolloid kimyo ilmiy laboratoriyasi – Nano texnologiya va Nano kimyo hamda turli moddalarning tarkibini zamonaviy analitik usullar yordamida aniqlash va kimyoviy tahlillar o‘tkazishga mo‘ljallangan.

— Zamonaviy neft va gazni tahlil qilish laboratoriyasi –
neft va gaz mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari, tarkibi va texnologik xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganish imkonini beradi.

— Ekologiya va biotexnologiya laboratoriyasi –
atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik monitoringni tadqiq qilish va zamonaviy biotexnologiya, gen muhandisligi kabi ilmiy yo'nalishlarga xizmat qiladi.

— Oziq-ovqat xavfsizligi ilmiy labaratoriyasi –
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati, xavfsizligi va standartlarga muvofiqligini xalqaro talablar asosida baholashga yo‘naltirilgan.

— Oziq-ovqat texnologiyasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘quv-ilmiy laboratoriyasi –
organik oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlar yetishtirish, biologik faol moddalar va biokimyoviy jarayonlarni chuqur o‘rganish uchun mo‘ljallangan.

— Noorganik moddalar va alternativ energiya manbalari ilmiy laboratoriyasi –
noorganik birikmalar sintezi, ularning fizik-kimyoviy xossalari va amaliy qo‘llanilishini hamda yangi avlod batareyalari, quyosh, shamol kabi muqobil energiya manbalarini tadqiq qiladi.

— Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar o‘quv laboratoriyasi –
sanoatda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar va uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

— Metrologik baholash, standartlashtirish va kolibrlash laboratoriyasi – o‘lchashlar ishonchliligi, standart talablarga muvofiqlik va kalibrlash aniqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan laboratoriyadir.


Laboratoriyalar zamonaviy texnologiyalar va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar va yosh tadqiqotchilarga yangi loyihalar ustida ishlash, ilmiy izlanishlar olib borish hamda o‘z innovatsion g‘oyalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatini yaratadi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍8🔥1
#Biz_tayyormiz_sizchi #Umumxalq_xayriya_hashari

2026-yil 13–14-mart kunlari respublika bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

➖ Buxoro davlat texnika universiteti

➖ Buxoro davlat universiteti

➖
Qarshi davlat universiteti

➖
Buxoro davlat pedagogika instituti

➖
Namangan davlat universiteti

➖
Urganch davlat universiteti

➖
Jizzax davlat pedagogika universiteti

➖
Urganch davlat tibbiyot instituti

➖
Termiz davlat universiteti

➖
O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

➖
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

➖
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

➖
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

➖
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

➖
Jizzax politexnika instituti

➖
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

➖
Nukus davlat texnika universiteti

➖
Guliston davlat universiteti

➖ Andijon davlat universiteti

➖
Samarqand davlat pedagogika instituti

➖
Namangan davlat texnika universiteti

➖
O'zbekiston Milliy universiteti

➖
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

➖ O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

➖ Andijon davlat pedagogika instituti

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali

➖ Farg'ona davlat universiteti

➖ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

➖ Qoʻqon davlat universiteti

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti

➖
Nukus davlat pedagogika instituti

➖
Andijon davlat texnika instituti

➖“Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti

➖Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti

➖ Guliston davlat pedagogika instituti


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👏7🔥3👍2