#rezidentlik_dasturi
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (ISLAB) va J-PAL O‘zbekistonda ijtimoiy himoya, rivojlanish iqtisodiyoti hamda davlat siyosati ta’sirini baholash yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish istagidagi tadqiqotchilarni rezidentlik dasturiga taklif etadi.
2026-yilgi guruh uchun 10 dan ortiq o‘rin ajratilgan. Arizalar kelib tushish tartibiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi, shu sababli hujjatlarni tezroq topshirish tavsiya etiladi.
Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
• ISLAB va J-PAL tadqiqotchilaridan bevosita mentorlik;
• MIT MicroMasters'ning “Ma’lumotlar, iqtisodiyot va rivojlanish siyosati (DEDP)” kurslarida o‘qish imkoniyati;
• Amaliy ijtimoiy siyosat tadqiqotlarida real tajriba;
• Mahalliy va xalqaro olimlar bilan professional netvorking;
• Kelajakdagi tadqiqotlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
• Tadqiqot akseleratori rezidenti sifatidagi rasmiy maqom.
👤 Kimlar topshirishi mumkin?
Iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, statistika yoki tegishli miqdoriy (kvantitativ) fanlar bo‘yicha ma’lumotga, tadqiqot tajribasi va kuchli tahliliy ko‘nikmalarga ega nomzodlar.
🗓 Oxirgi muddat: 2026-yil 14-aprel.
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: Dastur yo‘riqnomasi.
Dasturga mos keladigan hamkasb va do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yosh tadqiqotchilar diqqatiga: ISLAB va J-PAL hamkorligidagi 12 oylik Tadqiqot akseleratori dasturiga qabul ochildi

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍2
🔝 Startap g‘oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Unda ushbu onlayn seminar aynan siz uchun!
30-mart soat 20:00 da spiker – Azizbek Ilhomov bilan onlayn seminar bo‘lib o‘tadi. Unda startap loyihani birinchi qadamdan boshlab rivojlantirish bosqichlari tushuntiriladi.
Seminar davomida nimalarni bilib olasiz?
🗓 Sana: 30-mart
⏰ Vaqt: 20:00
💰Ishtirok etish: bepul
Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining Toshkent hamda Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari ikki xalqni bog‘lab turgan tarixiy yaqinlik, samimiy qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchni yangi bosqichga olib chiqdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍7👏1
Forwarded from Kontent markazi | Rasmiy
Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘z ishini boshladi.
Kontent markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:
• 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyatida;
• 13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyatida;
• 4-may – 8-may: Navoiy viloyatida;
• 11-may – 15-may: Buxoro viloyatida;
• 18-may – 22-may: Farg‘ona viloyatida;
• 25-may – 29-may: Namangan viloyatida;
• 1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyatida;
• 8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyatida;
• 15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22-iyun – 26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida haftalik voqelar dayjesti
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥2.28K👍274❤267🤩260👏4
#Barkamol_avlod #Taqdirlash
#Basketbol
Namangan viloyatida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalari doirasida o‘tkazilgan basketbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Respublika final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Bir necha kun davom etgan bellashuvlarda hududlardan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq akademik litsey hamda kasbiy ta’lim muassasalarining o‘quvchi-yoshlari yuqori saviyada o‘yin namoyish etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin – Toshkent shahri;
🥈 2-o‘rin – Buxoro viloyati;
🥉 3-o‘rin – Jizzax viloyati.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/146886
👉 На русском
👉 In English

1❤12👍3👏1🎉1
#Xalqaro_anjuman
Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish: dolzarb tendensiyalar va strategiyalar
Samarqand davlat pedagogika institutida 2026-yil 26–27-mart kunlari “Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish: dolzarb tendensiyalar va strategiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli anjumanda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qatorda Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa qator davlatlardan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq yetuk olimlar, ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Batafsil: https://samdpi.uz/

❤7