Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Buxorodagi qator tarixiy obidalarni ziyorat qilmoqda.

Oliy martabali mehmon dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

#Oʻzbekiston_Tojikiston #tashrif #Buxoro #ziyorat

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Huquqlaringiz buzildimi? Jim qolmang!

Mamlakatimizda inson qadri ustuvor! Har bir fuqaroning insoniy huquq va manfaatlari, erkinligi kafolatli himoya qilinadi. Bu tamoyil oliy ta’lim tizimi uchun ham dasturulamal.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan tayyorlangan videorolikda talabalar yoki o‘qituvchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar va bunda to‘g‘ri harakat qilish tartibi aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, bunday holatlarda oliygohlarda tashkil etilgan registrator ofislari yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1006 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7🔥6❤3😁1
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Yoshlar akademiyasi startapchilari o‘z takliflari bilan qatnashdi

26-mart kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida startap ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident Administratsiyasining moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha departament rahbari Bobur Xodjaev hamda universitetning birinchi prorektori Bahodir Axmedov so‘zga chiqib, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’lim muassasalarining bu jarayondagi o‘rni haqida fikr bildirdi.


Uchrashuvda vazirlik va tashkilotlar vakillari, bank va sanoat sohasidagi yetakchi kompaniyalar hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi startapchilari ham faol qatnashib, startaplarni rivojlantirish, ularni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/view/146618

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍6🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo darajasidagi bilim va tajribaga ega pedagoglar tayyorlanmoqda

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ta’lim jarayonlarini xalqaro darajada transformatsiya qilish belgilab berilgan edi.

Shu asosda, universitetda Aniq fanlar oliy maktabi tashkil etilib, bu yerda yoshlarimiz Sun’iy intellekt hamda Axborot tizimlari va texnologiyalari kabi zamonaviy yoʻnalishlarda malakali professor-oʻqituvchilardan bilim olishmoqda.

Ushbu islohotlar yurtimiz ta’lim tizimining tayanchi hisoblangan yangi avlod pedagoglarining shakllanishiga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁9❤4🔥3🎉1🤩1
🗣27-mart – Butunjahon teatr kuni

Mazkur xalqaro kun 1961-yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, hozirda 100 dan ziyod mamlakatlarda teatr san’ati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan har yili oliy ta’lim tashkilotlari teatr jamoalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinadi. Quyida mazkur tanlovning 2025-yilgi final bosqichida ijro etilgan spektakllarni e’tiboringizga havola etamiz:

↪️“Urush odamlari” spektakli

↪️“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” spektakli

↪️“Qirqilgan kokillar” spektakli

↪️“Tobutdan tovush” komediyasi

↪️“Qora quyosh” spektakli

↪️“Orol bobo” spektakli

↪️“Xazon boʻlgan umrlar” spektakli

↪️“Yorug‘ yulduzlar” spektakli

↪️“Nodirabegim” tarixiy dramasi


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍4