Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazir Qoraqalpoq davlat universitetida tashkil etilgan Navroʻz saylida ishtirok etdi


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlash!” shiori ostida katta bayram sayli, teatrlashtirilgan konsert dasturi va “Talabalar bahori” festivali boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbirida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi mutasaddilari, milliy madaniy markazlar faollari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda minglab talaba-yoshlar jam boʻlishdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/149826

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤8
#xizmat_safari #Nukus

Vazir Pearson oʻquv dasturi asosida faoliyat yuritayotgan Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Nukus shahridagi 1-son texnikumida boʻlib, oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari hamda taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida zamonaviy laboratoriya va ustaxonalarda yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirilib, oʻquv jarayonining amaliyot bilan uygʻunligi alohida eʼtirof etildi.

Shuningdek, uchrashuvlarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va taʼlim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish masalalari muhokama qilindi. Texnikumda Pearson xalqaro taʼlim dasturlari asosida 5 ta mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanayotgani qayd etildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/149824

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍5