Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat bozori va taʼlim integratsiyasiga bagʻishlangan Xalqaro ish beruvchilar forumi boʻlib oʻtdi
Toshkent shahrida “2026-yilda mehnat bozori: ish beruvchilar talablari va kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi” mavzusida Xalqaro ish beruvchilar forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti hamda Oʻzbekiston ish beruvchilar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
#Forum
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/149740
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Forumni Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov ochib berib, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish, taʼlim sifati va mehnat bozori talablari oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni taʼminlash bugungi kundagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri ekanini taʼkidladi.
#Forum
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/149740
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_uchun
“Impuls” filmini suratga olish ishlari boshlandi
Yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning zamonaviy ilm-fanga boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish maqsadida “Impuls” nomli yangi badiiy filmni suratga olish ishlari boshlandi.
Mazkur loyiha Bolalar kontentini rivojlantirish markazi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Film rejissyori — Sardor Faxriddinov. Suratga olish ishlari “Art film makers” studiyasi tomonidan olib borilmoqda.

Film robototexnikaga qiziquvchi iqtidorli bolalar hayoti, ularning orzu-intilishlari va izlanishlari haqida hikoya qiladi.
“Impuls” yoshlarni ilm-fanga, ayniqsa, robototexnika va innovatsion texnologiyalarga qiziqtirishga qaratilgan motivatsion loyiha sifatida ahamiyatga ega. Unda zamonaviy bilim va kreativ fikrlash orqali katta natijalarga erishish mumkinligi yorqin misollar orqali ochib beriladi.
Film rejissyori — Sardor Faxriddinov. Suratga olish ishlari “Art film makers” studiyasi tomonidan olib borilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥2❤1
#sayyor_qabul #vazir
Vazir Qoraqalpog’iston Respublikasida sayyor qabul oʻtkazdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov sayyor qabul oʻtkazib, fuqarolar, taʼlim tizimi xodimlari va jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqotda boʻldi.
Dastlab vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov vazirlik tomonidan 2026-yil 1-choragida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari hamda Hukumat hujjatlarida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
So‘ng fuqarolar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Sayyor qabul davomida o‘qishni tiklash va ko‘chirish, diplom olish, kontrakt to‘lovi, ilmiy innovatsion va startap loyihalar, oʻquv reja, fan dasturlari va oʻquv-uslubiy adabiyotlar, ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash ochish, Mahmud az-Zamaxshariy nomidagi davlat nomdor stipendiyasini joriy qilish va boshqa masalalarda fuqarolar murojaati tinglandi.
Har bir masala yuzasidan mutaxassislar ishtirokida aniq tushuntirishlar berildi, tegishli mutasaddilarga topshiriqlar yuklatildi va hal etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/149842

👍13❤5🔥2👏1
#Qonunchilik_yangiliklari
💠 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 99-son buyrugʻi bilan Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.
📅 Mazkur me’yoriy hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprel kuni 3807-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
✔️ Nizom oliy taʼlim jarayoni va tizimini tashkil etish, uning moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini, oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari va xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
🚫 Ushbu nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
📝 Hujjat Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladi.
♻️ Nizom qoidalari nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tavsiyaviy xarakterga ega.
➡️ Batafsil
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
✴️ Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi yangi nizom tasdiqlandi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏6🔥1
#Qonunchilik_yangiliklari
📝 Nizomda:
↗️ Oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash Milliy malakalar ramkasining tegishli darajalariga muvofiqlashtirildi:
🟢 6-malaka darajasi (bakalavriat);
🟢 7-malaka darajasi (magistratura);
🟢 8-malaka darajasi (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim).
🔄 Endilikda OTMlar:
🟢 xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini (ikkita diplom beruvchi dasturlar) amalga oshirishi;
🟢 qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda yangi qoʻshma oliy taʼlim tashkilotlarini yaratishi;
🟢 integratsiyalashtirilgan taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashi mustahkamlab qoʻyildi.
☑️ Xorijlik talabalar va xalqaro almashinuv yo‘nalishida:
🟢 chet el fuqarolarini Oʻzbekistonda oʻqitish va malakasini oshirish;
🟢 oʻzbekistonlik talabalar va professor-oʻqituvchilarning xorijda oʻqishi yoki ilmiy-tadqiqot olib borishi faqatgina davlatlararo, idoralararo yoki oliygohlar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
📨 Shuningdek, ilmiy-ishlab chiqarish integratsiyasi OTMlarga nafaqat taʼlim berish, balki xorijiy tashkilotlar, korxonalar va boshqa taʼlim dargohlari bilan birgalikda ilmiy-ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish (tijoratlashtirish) vakolati kengaytirildi.
➡️ Batafsil
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗ Qo‘shma diplomlar va yangi imkoniyatlar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍3🎉1
Darband o‘quv-amaliyot bazasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda
Termiz davlat universitetiga qarashli Darband o‘quv-amaliyot bazasida bugungi kunda keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda hududning boy tabiiy resurslari va mavjud infratuzilmasidan samarali foydalanish asosida 10 dan ortiq yo‘nalishda “spin-off” biznes loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha maskan qurilish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/149818
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍12❤7🔥2🥰1👏1