Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Olimlar_minbari
#16-29.03.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Muazzam koshona” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;

“Samodagi Samarqand: Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga tashrifidan keyingi o‘ylar” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“O‘zbekiston va Tojikiston: Mushtarak maqsadlar sari dadil qadamlar” — Sadritdin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

“Ta’lim integratsiyasi – mintaqaviy o‘sish va barqarorlik qalqoni” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;

“Ishlab chiqarishdagi innovatsiya – taraqqiyot poydevori” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

“Maqsad – sifatli ta’lim berish” — Berdiyor JOLLIBEKOV, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, professor;

“O‘zbekiston muammolarni samarali yengib o‘tish uchun ssenariylarni to‘g‘ri tanlayapti” — Mash’al SAIDOV, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Ta’lim, fan va ishlab chiqarish uyg‘unlashuvi” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

“Iqtisodiy yuksalish va ijtimoiy farovonlik asosi” — To‘lqin ESHNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Yashil” pedagogika: uni o‘z vaqtida takomillashtirish davr talabi” — Bekzod XO‘JAYEV, pedagogika fanlari doktori, professor;

«Рожденный в день Навруза» — Гульнора МАНСУРОВА, профессор Ташкентского университета информационных технологий;

«Молодежь – стратегический ресурс страны» — Лейла БУРХАНОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Davlat boshqaruvi va mahalla transformatsiyalashuvining o‘zaro uyg‘unligi” — Eshmuhammad QODIROV, yuridik fanlar doktori, professor;

“Yoshlar uchun bilim – imkoniyat, tarbiya – mas’uliyat” — Naim OBLOMURODOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Yashirin iqtisodiyot: faqat nazorat va jazoga tayangan islohot natija bermaydi” — Durbek HUSANOV, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;

«Стратегический поворот в промышленности Нового Узбекистана: медный кластер и современное инженерное мышление» — Суннатилла ГАИБНАЗАРОВ, декан Ташкентского государственного технического университета;

“Mis klasteri va zamonaviy muhandislik tafakkuri” — Sunnatilla G‘OYIBNAZAROV, Toshkent davlat texnika universiteti dekani;

«С Шекспиром, но без Гёте и Мольера» — Умида ИМОМОВА, доцент Термезского государственного университета;

«Молодежь — ключевой ресурс социально-экономического развития Узбекистана» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам Ташкентского государственного экономического университета;

«Усиление защиты женщин и детей — основа стабильности государства и общества» — Дилфуза АБДУЛЛАЕВА, доцент ТГЮУ;

«Центр созидательной работы, взаимопомощи и единства» — Зиёда ХУДОЯРОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

“Shaffoflik, adolat va raqamli islohotlar” — Bobur TURSUNOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra mudiri, professor;

«Символ обновления, мира и благополучия» — Зумрад РАХМОНКУЛОВА, заведующая кафедрой Национального университета Узбекистана.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati takomillashtiriladi ✅ “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–135-son, 11.04.2026-y.) qabul…
#Qonunchilik_yangiliklari

☑️Yangi agronomlarni tayyorlash jamg‘armasi tashkil etiladi


Qarorga ko‘ra 2026/2027 o‘quv yilidan:

➡️ Universitet tomonidan belgilanadigan mos ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqqan holda:

➡️1-kurs bitiruvchilariga “A”, “B”, “C” va “D” toifalaridagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi;

➡️2-kurs bitiruvchilariga (“A”, “B”, “C” va “D” toifasidagi traktorchi-mashinist guvohnomasi mavjud) “E” va “F” toifalaridagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi belgilangan tartibda beriladi.

✅Universitet huzurida Yangi agronomlarni tayyorlash jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etiladi.

⚫️ Yoshlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston yosh fermerlar kengashi tomonidan “Yosh fermerlar savdo maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.

✅Universitet talabalarini agrar sohada amaliy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida tayyorlash maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “kelajak fermerlari” tashabbusi joriy etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6🎉1
Samarqand davlat pedagogika institutida haftaning har dushanba kuni sport kuni etib belgilandi

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur tashabbus yo‘lga qo‘yildi.


Dushanba — sport kuni munosabati bilan bugun Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi institut rektori, professor Shahzoda Negmatova boshchiligida Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida “5000 qadam” yurish aksiyasini o‘tkazdi.

“Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam” shiori ostida tashkil etilgan ushbu aksiyada institutning 500 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.

Batafsil: https://samdpi.uz/uz/news/content/1193/

#Sogʻlom_hayot_uchun_besh_ming_qadam

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6😁3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #kongress

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi ochilish marosimidan video lavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11
#xalqaro_hamkorlik #kongress #MO_YI

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi: yangi bosqich, yangi imkoniyatlar


Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Polsha Respublikasi Fan va oliy taʼlim vazirligi oʻrtasida “Oʻzaro niyatlar toʻgʻrisidagi bayonot” (Letter of Intent) imzolandi.

Mazkur hujjat ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan boʻlib, qoʻshma ilmiy markazlar tashkil etish, universitetlar oʻrtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, akademik mobillikni kengaytirish hamda Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kabi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab oladi.


Anjuman davomida 50 dan ortiq oʻzaro anglashuv memorandumlari va hamkorlik shartnomalarini imzolanishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu hujjatlar turli sohalarni qamrab olgan holda, qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish hamda akademik almashinuv dasturlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍7😁1🤔1😱1