Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi oʻz ishini boshladi

Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” oʻz ishini boshladi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan, shuningdek Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan vazirlar, vazir oʻrinbosarlari hamda 300 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun, Kongressda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq vakillar, Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod ishtirokchilar, shuningdek Oʻzbekistondan 80 dan ortiq oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod vakillar qatnashmoqda.


Kongressning rasmiy ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Siradjev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar, Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek, Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Saidzoda Rahim Hamro, Polsha akademik oliy taʼlim muassasalari rektorlari konferensiyasi (CRASP) prezidenti Bogumila Kanevska hamda IREG Academic Ranking & Excellence Observatory prezidenti Valdemar Sivinski ishtirok etdi. Ular tomonidan taʼlim va ilm-fan sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga doir fikr va takliflar bildirildi.

#xalqaro_hamkorlik #kongress

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/152850

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👏4
Vazirlar Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari oʻrtasida hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qildilar

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida vazirlar ishtirokida panel sessiya tashkil etildi. Unda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari oʻrtasida hamkorlikning yangi yoʻnalishlari, strategik yondashuvlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.


“Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari oʻrtasida hamkorlikning yangi yoʻnalishlari” mavzusida oʻtgan mazkur sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Rahim Hamro Saidzoda, Qirgʻiz Respublikasi taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari Durus Kozuyev hamda Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim sohasi bosh direktori Marsin Iskra ishtirok etib, oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #kongress

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/152902

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍6👏2
#reyting #Ochiqlik_indeksi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Ochiqlik indeksi”da yashilda


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” eʼlon qilindi.

📊Unga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi faoliyati 88,4 ball bilan ijobiy baholanib, “yashil” toifadan joy oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi 2022-yildan boshlab har yili “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.

2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan bu yilgi baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi. Baholash jarayoni 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oshirildi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤7👏1😁1🎉1